часть
2
«
Новости
образования
:
исследование
в
XXI
веке
»
май
, 2023
809
kashfiyotdir deyishyapti).Yaxshilab o‘ylab fikirlasak har bir me’yordan ortiqcha iste’mol
qilingan narsani zararli tomonlari bor, hattoki o‘limga ham olib kelishi mumkin. Ming u
100% ta’biiy mahsulot bo‘lsa ham. Misol uchun: Britaniyalik Jaklin Xensen 2 soat ichida 4
litr suv ichib, miya shishishidan vafot etgan. Ishdan kelgan bu ayol televizor tomosha qilib
o‘zi bilmagan holda yonidagi idishda turgan 4 litr suvni ho‘plab 2 soat ichida ichadi va o‘zini
yomon his qila boshlaydi. Boshi og‘riydi va qayt qiladi. Qisqa vaqt ichida hushidan ketadi.
Tanadagi suv miqdori ko‘paygani sababli yuqoridagi tashxis bilan vafot etadi. Yana bir
misol, Olma urug‘larining zarari ularning haddan tashqari ko‘p iste’mol qilish tufayli yuzaga
kelishi mumkin. Kuniga iste’mol qilinadigan urug‘lar soni 10 donadan oshmasligi kerak va
ba’zi mutaxassislarning fikriga ko‘ra, u 7 donagacha bo‘lishi kerak deyishadi. Ushbu
ko‘rsatkichdan oshib ketish tananing sanik kislota bilan zaharlanishiga olib kelishi mumkin.
Keyinchalik, bosh aylanishi, qusish, ba’zi organlarning yomonlashishi yoki ishlamay qolishi
mumkin. Shunday ekan azizlarim sizlarga yaxshi maslahatim, o‘z salomatligini o‘ylagan har
bir inson me’yordan ortiqcha narsalarni iste’mol qilmasligi lozim. Hohlaymizmi yo‘qmi juda
ko‘p mahsulotlarda GMO mavjud. Insonlar kundan kunga ko‘payib bormoqdaligi va oziq
ovqat yetishmovchiligi sabab shunday. Shu sababli iste’mol qilishimizdan avval mahsulot
tarkibini ko‘rib chiqaylik va bu mahsulotlarni me’yorida iste’mol qilaylik, shunda hech
qanday havf bizga yaqinlasha olmaydi. Tarkibida bizga allergik reaksiya beradigan mahsulot
bo‘lsa uni iste’mol qilmasligimiz kerak, agarda o‘z sog‘lig‘imizni o‘ylasak. Misol uchun:
Olimlar soyaning chidamli va mahsuldor bo‘lishi uchun uning geniga brazil yong‘og‘ining
genini ko‘chirib o‘tkazishgan. Natijada soya tarkibida ana shu yong‘oq oqsili sintezlanadi.
Agar odamda avvaldan brazil yong‘og‘iga nisbatan allergiya mavjud bo‘lgan bo‘lsa, bu holat
endi soya yoki soya qo‘shilgan boshqa mahsulotlar iste’mol qilinganda ham ro‘y beradi.
Shu sababli soya qo‘shilgan mahsulotlarni brazil yong‘og‘iga allergiyasi bor insonlar iste’mol
qilmasliklari kerak. Savol tug‘iladi biz mahsulot tarkibiga qo‘shilgan geni o‘zgartirlgan
mahsulot tarkibiga kiritilgan genni qaysi mahsulotdan olinganini qayerdan bilamiz? Buni
hozirgi payitda mahsulotning tarkibi yozilgan yorlig‘idan bila olmaymiz. O‘zimiz izlanib
internetdan qidirib topishimiz kerak. Meni fikrimcha ishlab chiqarayotgan korxonalarni
davlat o‘z nazoratiga olib, GMO mahsulotlar tarkibiga qaysi mahsulotning geni ko‘chirib
o‘tqazilganligini yozib qo‘yishlarini majburiy qilib qo‘yishlari kerak. Shunda allergiyasi bor
insonlar bilmay bu mahsulotlarni iste’mol qilib aziyat chekishmagan bo‘lishar edi.
Yevropada, mahsulotlarning tarkibida 0,9%, Yaponiyada 9%, AQShda 10% gacha ruxsat
berilgan miqdordagina qo‘shib ishlatish mumkin GMO mahsulotlarni. Bazi davlatlarda
texnik jihozlar yetarli emasligi va GMO mahsulotlarining tarkibida me’yoridan ortiqcha
qo‘shib ishlatilayotganligini nazorat qilish tizimi ishlab chiqilmaganligi, biologik sohadagi
ilmiy tadqiqotlar uchun keng qamrovli qonunchilik bazasi yo‘qligi va davlat tomonidan
qo‘llab-quvvatlanmaganligini ko‘rishimiz mumkun. Shu sababli GMO mahsulotlarining turli
xil zararli oqibatlari paydo bo‘lmoqda. Me’yordan ortiqcha ishlatilgan narsalarning zararli
oqibatlari albatta bo‘ladi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST) qayd etishicha,
genetik modifikatsiyalangan oziq-ovqat mahsulotlari «odam salomatligi uchun xavf