GMONING AFZALLIKLARI HOZIRGI paytda hosil qilingan juda ko‘plab transgen o‘simlik va hayvon turlari
mavjud. Ularning zararkunandalarga, qurg‘oqchilikka, turli salbiy tabiiy va antropogen
omillarga chidamliligi tufayli yildan-yilga yo‘qotiladigan oziq-ovqat mahsulotlari miqdori
kamayib bormoqda. Jumladan, 2014-yilda o‘tkazilgan 147 ta metaanaliz tadqiqotlarining
natijalariga ko‘ra, butun dunyoda qishloq xo‘jaligi ekinlari orasidagi GMO hosildorligining
zararkunandalar tufayli yo‘qotilishi oddiy o‘simliklarnikiga qaraganda 21,6 foizga past
bo‘lgan, shu tufayli pestitsidlarga 36,9 foiz kam xarajat ketadi. Umumiy chiqim 39,2 foizga
oz, kirim esa 68,2 foizga yuqori bo‘lgan. GMO mahsulotlarining eng muhim
xususiyatlaridan yana biri ularni yetishtirish oson, arzon va qulay. Shu bilan birga GMO
o‘simlik mahsulotlarini boshqa o‘simliklarga qaraganda yilning istalgan vaqtida topish
imkoni mavjud. Ularni saqlashda maxsus talablar mavjud emasligi bilan ham ajralib turadi.
GMO deganda faqatgina yeyiladigan mahsulotlarni tushunishimiz xato bo‘ladi, ular faqat
oziq-ovqat uchun ishlatilmaydi. Ular ilmiy tadqiqotlarda, tibbiyotda, farmatsevtika
sanoatida, qishloq xo‘jaligida, atrof-muhitni tozalashda ham qo‘llaniladi. Ilmiy
tadqiqotlarda esa GMO organizmlardan ko‘plab kasalliklar qanday yuzaga kelishini
aniqlashda keng foydalaniladi. Misol uchun, saraton kabi kasalliklarning qanday yuzaga
kelishi aynan shunday organizmlarda o‘rganish orqali aniqlandi. Hozirgi payitdagi rasmiy
statistikaga ko‘ra, Yer yuzida 415 million kishi qandli diabet kasalligi bilan og‘riydi. 2040-
yilga borib, ularning soni 642 million nafarga yetishi aytiladi. Mana shu kasallarning ko‘pi
kuniga insulin qabul qilishga majbur, aks holda ahvoli tezda yomonlashadi. Dastlab bu
gormon buqa va cho‘chqa oshqozon osti bezidan ajratib olib tayyorlangan, lekin bu usulni
sanoat miqyosida qo‘llab bo‘lmaydi. Hozirda aynan insulin gormonining geni maxsus
bakteriyalar genomiga kiritilib GMO bakteriyalar hosil qilingan. Ular o‘z faoliyati natijasida
insulin hosil qiladi. Mana shu bakteriyalar 415 million aholining salomatligini bir maromda
ushlab turish uchun xizmat qilmoqda. Qonning qon tomirlari ichida ivib qolishi natijasida
yuzaga keladigan tromboz kasalligini davolashda qo‘llaniladigan dori preparatlari ham
aynan GMO echkilar suti tarkibidagi oqsil asosida yaratilgan ekan. 33 turdagi transgen
o‘simliklar (GMO) odamlar tomonidan oziq-ovqat sifatida keng qo‘llanilmoqda: kartoshka,