Международный
научный
журнал
№
4 (100),
часть
1
«
Новости
образования
:
исследование
в
XXI
веке
»
ноябрь
, 2022
г
23
ILK YOSHDAGI BOLALARNING NUTQINI RIVOJLANTIRISHNING SAMARALI
METODLARI
Rustamova Malika Ne’matovna
Guliston davlat universiteti magistranti
Annotatsiya:
Ushbu maqolada hozirgi kunda bolalarni maktabgacha ta’lim
tashkilotida tarbiyalash, maktab ta’limiga tayyorlash jarayonida aynan ilk yoshdagi
bolalar va ularning nutqini rivojlantirish, yanada takomillashtirish, eng asosiysi nutqida
nuqsoni bor bolalar bilan samarali ishlar olib borishning ahamiyati va afzalliklari yoritib
berilgan.
Tayanch
tushunchalar
:
Psixolingvistik
adabiyotlar,
yarim
tillilik, ijtimoiy
kutish, kommunikativ yo‘naltirilganlik, ijtimoiy vaziyat, emotsional kechinmalar, ermak
o‘yinlar, diksiya, emotsional ekspressiya, empatiya.
Bog’cha yoshidagi bolalar eng avvalo ko’rgazmali
ifodalangan yoki ularning
faoliyatlargia
jalb
etilgan
predmetlar,
hodisalar,
sifatlar,
xususiyatlar,
munosabatlarning nomlanishini o’zlashtiradi. Buni bola tafakkurining ko’rgazmali-
harakat va ko’rgazmali-obrazli harakterda ekanligi bilan tushimtirish mumkin. Shu
tufayli ham, bog’cha yoshidagi bolalar lug’atida abstrakt (mavhum) tushunchalar
deyarli uchramaydi. Bolalar nutqidagi bu hususiyatni ham mashg’ulotlar jarayonida
hisobga olish zarur. Bolalarning nutqlari kattalarning nutqlaridan keskin farq qilinadi:
Masalan: “r” o’rniga “l” yoki “y”, “sh” o’rniga “s” tovushlarini ishlatishlari kuzatiladi.
Nutqi to’liq rivojlanmagan maktabgacha yoshdagi bolalar uchun pedagogik
mahorat
alohida ahamiyatga ega. Maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarda dastlabki ma’naviy –
ahloqiy tushunchalarni shakllantirish bolaning dastlabki rivojlanish bosqichlaridayoq
amalga oshirilishi lozim bo’lgan pedagogik talablardan biri bo’lsa, ma’naviy sifatlar:
mehribonlik, to’g’rilik, vatanparvarlik,
insonparvarlik, intiluvchanlik, tashabbuskorlik,
milliy
qadriyatlarga hurmat, milliy g’urur kabi va ahloq – odobga oid sifatlar: ota –
onaga hurmat, salomlashish odobi, kiyinish va ovqatlanish odobi,
mehnatsevarlik,
uyda va jamoat joylarda o’zini tutish kabi fazilatlarni tarbiyalash jarayoni ham
bolalarda nutq zahirasining yetarlicha rivojlanishini talab etadi.
Maktabgacha ta’lim mazmunini tashkil etishda bolalar nutqini rivojlantiruvchi
noan’anaviy usullardan foydalanish; ularda mashg’ulotlarga qiziqishni yanada orttirish
uchun har- xil integrasiyalashgan xususiyatga ega bo’lgan ko’rgazmalardan
foydalanish; maktabgacha yoshdagi bolalarga mashg’ulotlarni
tashkil etishda doimo
bolalarning tafakkur xususiyatini(ko’rgazmali obrazli, ko’rgazmali harakatli,
emotsonal) hisobga olish; ta’lim jarayoni bola yoshiga mos bo’lishi yoki
imkoniyatlarini hisobga olgan holda metodlarni tanlash bilan bog’liq bo’lishi; bolalarga
yondashuvda logoped, difektolog,
psixolog, tarbiyachi, ota – onalar o’zaro