часть
1
«
Новости
образования
:
исследование
в
XXI
веке
»
октябрь
, 2022
г
1070
qanday qilib ular ma’lum bir vazifani bajarishda o‘z qobiliyatlarini baholaydilar,
shuningdek,biror ishni bajarish uchun kattalardan ruxsat olishi, kattalarga yordam berishi
kabilar. Bolalar guruhga har xil ishonch bilan yoki o‘z-o‘zini yaxshi his qilib keladilar. Ba’zilar
o‘zlarini ojiz hisoblaydilar, boshqalar esa o‘zlarini o‘ta qobiliyatli hisoblaydilar. Ba’zilari bu
ikki toifa o‘rtasida bo‘ladilar. O‘z-o‘ziga juda ishonish yoki vazifani bajarishda o‘ziga yuksak
baho berish ishonch yo‘qligi kabi muammoli vaziyatlarga olib keladi. Pedagoglar bolalarga
o‘zo‘zini haqiqiy hissiy rivojlantirishga, ular muayyan vazifalarni o‘zlari bajarishlari uchun
juda qiyin ekanligini aniqlash mumkin bo‘lsa, ularning muammolarini (o‘z
samaradorligining muhim qismi) hal qilishda, resurslarni topishga yordam berishi mumkin.
Ishonchni oshirish bolalarning izzat-nafsiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bolalarning maktabgacha
ta’lim tashkilotida bo‘lgan faoliyatini rejalashtirish ularga o‘ziga bo‘lgan ishonchni
rivojlantirishga yordam berishning bir usulidir.
Alohida ehtiyojli bolalar rivojlanishi
Yuqorida sanab o‘tilgan individual xususiyatlarga qo‘shimcha ravishda, bizning
guruhimizda pedagoglarning maxsus qo‘llab-quvvatlashini talab qiladigan alohida ehtiyojli
bolalar bo‘lishi mumkin, ularni atrof-muhitda muayyan o‘zgarishlarni, resurslarni, alternativ
aloqa usullarini va zarur moslashuv hamda o‘zgartirishlarni ta’minlash orqali guruh
hayotiga to‘liq kiritish mumkin. Bolaning individual xususiyatlarini rivojlantirish uning
qaerda, qanday sharoitda, kim tomonidan va qachon tarbiyalanishiga bog‘liq. Demak,
bolaning rivojlanishi kattalar va tengdoshlariga aloqador. Har bir bola o‘z shaxsiyatiga xos
va noyobdir. Ta’lim va tarbiya jarayonida, eng avvalo, har bir bolaning individualligi va
o‘ziga xosligini hisobga olishimiz kerak.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim jarayoni har bir bolaning o‘ziga xos
xususiyatlarini hisobga olgan holda faoliyat yuritishi kerak. Individuallashtirish har bir
bolaning individual rivojlanish darajasini hisobga olish va tegishli faoliyatni rejalashtirish
orqali erishiladi. Bu har bir bolaga muvaffaqiyatga erishish imkoniyatini beradi. Guruhning
faol faoliyat jadvalida ham, dam olish vaqtida ham har bir bolaning ehtiyojlari hisobga
olinadi. Guruhdagi barcha materiallar va jihozlar, o‘quv muhiti bolalarning har birining
rivojlanishiga, ta’limni individuallashtirishga yordam beradi.
Maktabgacha ta’limning asosiy vazifasi –ilk va maktabgacha tarbiya yoshidagi
bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablaridan kelib chiqqan holda va davlat o‘quv
dasturiga muvofiq bolaning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda har tomonlama va
barkamol rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishdan iborat. Maktabgacha ta’lim
dasturi bolaning rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, uning shaxsiy rivojlanishi
uchun imkoniyatlar ochish, kattalar va tengdoshlari bilan hamkorlikka asoslangan
tashabbuskorlik va ijodiy qobiliyatlarni rivojlantiruvchi ta’lim muhitini yaratishga
qaratilgan. Bu esa, o‘z navbatida, bolalarning ijtimoiylashuvi va individuallashuvining
shartidir.
Ma’lumki, bolalar xulq-atvori bilan bir-biridan farq qiladi. Har kimning o‘z