Международный
научный
журнал
№
3 (100),
часть
1
«
Новости
образования
:
исследование
в
XXI
веке
»
октябрь
, 2022
г
1065
INKLYUZIV TA’LIMDA INDIVIDUAL XUSUSIYATLAR
Alimova Gulnora Hamzayevna
Navoiy viloyati Karmana tumani 14-“Bulbulcha” nomli
Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti defektologi
Annotatsiya:
Mazkur maqolada zamonaviy jamiyatning muhim vazifalaridan biri –
bu alohida ehtiyojli bolalarga g‘amxo‘rlik qilish va ularga birinchi navbatda inklyuziv
ta’limni joriy etish orqali sifatli ta’lim olishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish
to’g’risida keng va mazmunli fikrlar yoritib o’tilgan.
Kalit so’zlar:
xotira, idrok, tafakkur, tasavvur, diqqat-e’tibor, nutq. Inklyuziv ta’lim –
ta’lim tashkilotlari uchun barcha bolalarga ta’lim berish
Imkoniyatidir. Ushbu ta’lim insonning asosiy huquqi sifatida tushunishga asoslanadi.
Inklyuziya keng ma’noda ham, tor ma’noda ham qo‘llaniladi. Keng ma’noda – u urush
qurboni bo‘lgan alohida ehtiyojli bolalar, qochoq bo‘lgan bolalar, kam ta’minlangan
oilalarning farzandlari, ijtimoiy zaif oilalarning bolalari, iste’dodli bolalar, sog‘ligida
muammolari bo‘lgan bolalar va shqalarni o‘z ichiga oladi.Qo‘llanmaning ushbu bobidagi
metodik tavsiyalar sog‘ligida muammolari bo‘lgan vanogironligi tufayli alohida ehtiyojli
bolalar uchun inklyuziv ta’lim berishga taalluqlidir.Inklyuziv ta’lim g‘oyalari ijtimoiy-
madaniy nazariyalarga asoslanadi. Psixolog L.Vыgotskiy (1896-1934) inklyuziv ta’lim
g‘oyasining asoschisi bo‘lib, uning ijtimoiy konstruktivizm nazariyasi orqali bolalar ijtimoiy
muhitda eng samarali bilim oladilar. L.Vыgoskiy oliy aqliy funksiyalarning rivojlanishi
ijtimoiy hamkorlikdan boshlanadi va keyin shaxsiy bo‘ladi deb aytib o‘tgan. Shunday qilib,
bu ijtimoiy hamkorlik har doim rivojlanish va o‘rganishning asosiy usuli hisoblanadi.
Shuningdek, u ta’lim rivojlanishdan oldin ekanligiga ishongan.
Kattalar bolaning “bevosita rivojlanish zonasida” bo‘lgan ko‘nikma yoki bilimlariga
e’tibor berib, o‘rganishni rag‘batlantirishlari mumkin. Vigoskiy “bunday rivojlanish
zonasi”ni bolaning biladigan yoki qila oladigan va qobiliyatli odam yordamida nima
qilishlari yoki tushunishlari mumkin bo‘lgan maydon yoki makon sifatida aniqladi.
Vыgotskiyning ijtimoiy-madaniy rivojlanish nazariyasi pedagogning rolini aniq
belgilaydi. Biz farzandlarimizni yaxshi bilishimiz va ularning “yaqin rivojlanish markazi”
doirasida o‘quv faoliyatini aniqlash uchun ular bilan faol muloqotda bo‘lishimiz kerak. Agar
bolalar birinchi navbatda ijtimoiy hamkorlik orqali o‘rgansalar, biz pedagoglar bolaning
boshqa bolalar va kattalar bilan o‘zaro aloqada bo‘lgan vaqtini maksimallashtirishimiz
kerak. Maktabgacha yoshdagi bolalarning shovqinli (lekin baland bo‘lmagan), band (lekin
tartibsiz bo‘lmagan) guruhi –bu normal o‘quv muhitidir.
Ko‘pgina mamlakatlarda inklyuziv ta’lim amaliyoti bu nazariyaning to‘g‘riligini
ko‘rsatib berdi. Tadqiqotlarga ko‘ra, alohida ehtiyojli bolalar o‘z tengdoshlari bilan birga
Международный
научный
журнал
№
3 (100),
Dostları ilə paylaş: |