часть
1
«
Новости
образования
:
исследование
в
XXI
веке
»
октябрь
, 2022
г
232
Ana shunday qatag`on qilinganlardan yana biri Nazir To`raqulov bo`lib, u 1892 yilda
Qo`qon shahrida o`ziga to`q oilada dunyoga kelgan. Uning otasi o`z davrining ziyoli, rus tilini
yaxshi biladigan kishilardan edi.Rus-tuzem maktabini tamomlagan Nazir To`raqulov,
keyinchalik savdo bilim yurtida o`qidi. 1913 yili To`raqulov savdo institutiga o`qishga kirdi. U
birinchi jahon imperialistik urushida, bolsheviklar inqilobi g`alabasiga ham o`zining munosib
hissasini qo`shdi.1918 yil oktabrida Ko`qon Soveti ijroko`mi kotibi To`raqulov bolsheviklar
partiyasi safiga kirdi. 1919 yil 15 avgustda Farg`ona viloyat musulmonlar organi bo`lgan
"Yangi Sharq" gazetasi muharriri etib tayinlandi.1919 yil sentabrida Nazir To`raqulov MIK
raisi etib saylandi. 1920 yil iyunida Turkkompartiyasi o`lka musulmonlari byurosi va chet el
kommunistlarining tashkilotlari birlashdi va unga rahbarlik qilish Kuybishevning taklifiga
ko`ra To`raqulov rais etib saylandi.
1922 yil iyulida To`raqulov Samarqand viloyat partiya tashkilotlaridan bolsheviklarning
Butun Rossiya XII konferensiyasiga delegat qilib saylandi. Konferensiya tugagach, Moskvada
SSSR xalqlari Markaziy nashriyot boshqarmasi raisi etib saylandi. O`z ustida tinmay ishlashi
natijasida To`rakulov ko`p tillarni o`rganadi. Shuning uchun ham 1928 yilda diplomatik ishga
o`tkazilib Saudiya Arabstonidagi «Hijoz» viloyatiga konsul qilib tayinlanadi. Bu yerda 4 yil
ishlagach, 1932 yildan Sovet Ittifoqining Saudiya Arabistonidagi muxtor elchisi sifatida
faoliyat yuritadi.
1936 yilda SSSRga qaytib kelgach, Sharq xalqlari tillari va adabiyotida ilmiy xodim
bo`lib ishlagan davrda u ko`pgina nazariy maqolalar va qiziqarli materiallar chop ettardi.
Ammo u davrda Stalin shaxsiga sig`inish siyosati avj olayotgan bo`lib, mamlakatda
zo`ravonlik tobora kuchayib borayotganligi sababli N. Turaqulov ham tinch ijodiy ish bilan
shug`ullanish imkoniyatidan mahrum bo`ladi. Asossiz ayblar, tuhmatlar asosida hibsga
olingan va ho`rlangan Nazir Turaqulov 1939 yilda qatag`on siyosatining qurboni bo`ldi.
Ilg`or fikrli yozuvchi va shoirlarning qatag`on qilinishi. XX asrning 20-40 yillarda
Cho`lpon, Fitrat, Botu, Abdulla Qodiriy, Usmon Nosir, Otajon Hoshim, Abdulla Alvoniy,
Elbek, Rafiq Mo`min singari bir-biridan iste`dodli adiblar ma`rifat targ`ibotchilarini ham
qatag`on to`lqini o`ziga tortdi. Shuningdek, o`zbek romanchilarining otasi Abdulla Qodiriy,
talantli yozuvchi Oybek, Shuhrat, Mirzakalon Ismoiliy, Sayid Ahmad, Shukurullo «Xalq
dushmani» deb e`lon qilindi. Ularning asarlari man qilinib o`zlari qamoqqa olinib stalincha
lagerlarga jo`natildi.
Bundan tashqari chet elda bo`lib kelgan bir qancha ziyolilarimiz Sattor Jabbor, Solih
Muhammad, Maryam Sultonmurodova, Xayriniso Majidxonova va boshqalar ham asossiz
qatag`on siyosatining qurboni bo`ldilar. Ularning ko`plari shu siyosatdan bezib, chet ellarda
Vatandan yiroqda qolib ketdilar.
O`zbekistonda qatag`on siyosati minglab ziyolilarimizni o`z domiga torgan edi.
Shundaylardan yana biri Munavvarqori Abdurashidxonovdir. U nafaqat Toshkent jadidlari,
balki Turkiston va Rossiya musulmonlari orasida ham obro` qozonadi. U fevral inqilobidan
keyin siyosiy hayotda faol ishtirok etish bilan birga «Najot», «Kengash» ro`znomalarini