Международный
научный
журнал
№
3 (100),
часть
1
«
Новости
образования
:
исследование
в
XXI
веке
»
октябрь
, 2022
г
229
QATAG'ONLIK SIYOSATI VA UNING OQIBATLARI HAQIDA
Xujanova Lobar Raimkulovna
Guliston Davlat Universiteti stajyor- tadqiqotchisi
Annotasiya:
Ushbu maqolada Qatagʻon qurbonlarini nima sababdan bunday
qilinganliklari haqida soʻz boʻradi . Oʻsha mashum voqealarni tarixini oʻrganamiz.
Kalit soʻzlar:
Qatagʻon siyosati, Sovet Ittifoqi, siyosat , qurbonlar, ziyolilar,
siyosatshunoshlar , yozuvchilar.
XX asrning 30 yillariga kelib jahon xaritasida mutlaqo qayd etilmagan "Gulag" lagerlari
tashkil topdi. Uning fuqarolari haq-huquqsiz
Sovet Ittifoqi Qahramonlari, mashhur fan-
arboblari, mohir diplomat,
shoir va yozuvchi, rassom yoki nomlari hech kimga ma`lum
bo`lmagan ishchi, kolxozchilar edi.
Bu albatta sovet davlatining qatag`onlik siyosati natijasi edi. Turkiston ozodligi uchun
kurashganlarni «Bosmachi» tamg`asi bilan yo`q qilinib tashlandi. So`ng aholini mehnat qilib
biror narsa orttirgan o`rta hol qismi bu baloga giriftor etildi.
Alohida hech qanday g`ayri qonuniy harakatlar sodir qilmagan partiyaning ichki
muholiflari 20-yillarning 2-yarmidan boshlaboq qamoqqa olindi va surgun qilindi. Shundan
keyin qatag`onlar ko`payib, ularning sabablari esa soxtalashtirildi. Bu birinchi galda jadid
maktablarining mutaxassislari: olimlar,
injenerlar, agronomlar, iqtisodchilar va ziyolilar
guruhiga ta`lluqli edi. Ularning ko`pchiligini josuslar «qo`poruvchilar» «xalq dushmani» deb
e`lon qilinib, turli xil jazolarga (qamoq, surgun, otuv va h.k.) hukm qilindi.
Kishloq xo`jaligini yoppasiga kollektivlashtirish davrida
dexqonlarning anchagina
qatlamlari qatag`on qilindi. Yangi qurlishlardagi yosh ishchilar, qishloqlarda naridan beri
o`qitilgan mexanizatorlar ko`pincha texnika buzilishida aybdor bo`lib qoladilar.
Bu ham
keyinroq sinfiy dushman qo`poruvchiligi sifatida baholanadigan bo`ldi.
«Sinfiy dushman unsurlar»ga qarshi ishlarni 1929 yildan e`tiboran «uchlik» deb
ataluvchi komissiyalar ko`rib chiqa boshladilar. Uning tarkibi quyidagicha bo`lar edi: ya`ni,
Raykomning birinchi sekretari, Rayon ijroiya komiteti raisi, Rayon GPUsining boshlig`idan
iborat bo`lar edi. Mahkum etilganlar shimolga GULag Arxipelaglariga tushar edilar.
Qatag`onlar 30-yillar boshigacha asosiy sinfiy dushman unsurlar-«quloqlar», «burjua
mutaxassislari»ga qarshi kurash ostida olib borildi.1934 yildan boshlab qatag`onlar
partiyaning avvalgidan ham kengroq ko`lamda ya`ni, «Fashizm agenti», «Kapitalistik burjua
davlat tarafdori», «Antisovet markaz tashkilotchisi», «Ko`poruvchi», «Shpion» kabi
aybnomalar ostida boshlanib ketdi. Bunga MK siyosiy byurosining a`zosi,
partiya MK va
Leningrad shahar komitetining sekretari S.M.Kirovning 1934 yilning 1 dekabrida o`ldirilishi
bahona bo`ldi. Bu ishning shaxsan uyushtiruvchisi Stalin edi, ammo bu ishdan xabardor
bo`lgan barcha guvohlar yo`qotildi.