часть
1
«
Новостиобразования
:
исследование
в
XXI
веке
»
январь
, 202
3
г
1177
o‘ymakorlik va hunarmandchilikni yaxshi ko‘rgan bolalar yozish ko‘nikmalarini
o‘zlashtirishda ancha oson va samaraliroq bo‘ladi. Shuning uchun, bolangiz maktabda o'zini
qulay his qilishi uchun uning motorli ko'nikmalarini maktabgacha yoshdan boshlab
rivojlantiring.
Eng oddiy mashqlardan boshlashi misol uchun boladan munchoqlarni ipga bog'lashni,
plastilindan biror narsa yasashni so'rang; qog'ozdan barcha turdagi raqamlarni kesib oling
va ularni yopishtiring. Mozaik va konstruktor kabi maxsus o'yinlar qo'llarni juda yaxshi
mustahkamlaydi.
Mashg‘ulotlar ishlanmasida mavzuning maqsad-vazifalari, kutilayotgan natijalar,
kerakli jihozlar, mashg‘ulotning borishi to‘liq yoritiladi. Mashg‘ulot mavzulari bolalar uchun
tushunarli, amaliy ishlar va turli interfaol o‘yinlar bolalar yoshiga mos, qiziqarli va turli
bo‘lishi lozim. Mashg‘ulotlar davomida bolalar barmoq mashqlarini tetiklashtiruvchi
daqiqalarda bajaradilar, harflar bilan maxsus o‘yinlar, (yig‘ish, terish), amaliy ishlarni
bajarib, alifbeni bilib, bo‘g‘inlarni o‘qiy olish ko‘nikmalari mustahkamlanib boradi. Har bir
mashg‘ulotning oxirida bolalarning bilimlarini aniqlash va mustahkamlash uchun savollar
berilgan. yozish ham murakkab nutq faoliyati hisoblanadi. Bu jarayonlar maktabgacha
yoshdagi bolalarning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda ularning xotirasi, diqqati,
nutqi, tafakkuri va idrokini tartiblash muhim omil hisoblanadi. Shu bois maktabgacha
yoshdagi bolalarni o`qishga o`rgatishda tarbiyachilar quyidagilarga e’tibor qaratishlari
lozim;
Bola o`qish paytida bitta harfni ko`radi, uni bilish uchun rasmlarni ko`z oldiga
keltiradi, rasmlarni yoki boshqa harflarni eslaydi, esga tushirgach, uni aytishga oshiqadi,
biroq tarbiyachi aytishga yo`1 qo`ymaydi, undan bo`g`inni aytishni talab qiladi.
Tarbiyalanuvchi ikkinchi harfni eslab olguncha, birinchisi esdan chiqib qoladi yoki ularni
qo`shib bo`g`in, bo`g`indan so`z hosil qilguncha, o`qish jarayoni sustlashadi.
Ko`pincha bola o`qiyotgan qatorni yo`qotib qo`yadi, harfni, bo`g`inni, so`zni qayta
o`qishiga to`g`ri keladi. Tarbiyalanuvchining diqqati kengaygan sari bo`g`in va so`zni
butunligicha idrok eta boshlaydi.O`qishni endi o`rganayotgan bola o`qiyotgan matn
mazmunini o`zlashtirmaydi, chunki u so`zni qanday o`qishga ko`p kuch beradi.MTT
tarbiyachining mashg’ulot davomidagi savollari, ko`rgazmali vositalari, multimedia
materiallari va didaktik o`yinlar ularning ongli o`qishlarini ta’minlaydi.
Tajribasiz
kitobxon bola so`zni birinchi bo`g`iniga yoki rasmga qarab topishga odatlanib qolad,bu esa
xato o`qishga olib keladi. Bunday xatoning oldini olish uchun so`z bo`g`inlab o`qitiladi,
so`zni bo`g`in-tovush tomondan tahlil qilishga, tovush-harf tomondan analiz va sintez
qilishga diqqat qaratiladi.
O`qishni muvaffaqiyatli egallashlari uchun maktabgacha yoshdagi bolalarning idroki,
xotirasi, tafakkuri va nutqini o`stirishga katta e’tibor berish kerak. Savodxonlikka