часть
1
«
Новостиобразования
:
исследование
в
XXI
веке
»
январь
, 202
3
г
1178
o`rgatishda fonematik
2
eshitish qobiliyatlarini o`stirishga, ya’ni tovushni aniq talaffuz
qilishga, boshqa tovushlardan farqlashga o`rgatish, bo`g`in yoki so`zdan o`sha tovushni
ajrata olish ko`nikmasini o`stirish muhim sanaladi.
Doskada yozib ko'rsatilayotgan har bir harf barcha bolalarga aniq ko'rinib turishi
shart, uni bola ko’raolmasa , qaytadan takrorlab ko'rsatish lozim. Ayniqsa, yangi harf yoki
ularning bog'lanishini ko'rsatish, vaqtida qayta-qayta takrorlash juda muhimdir.Fonematik
eshitish imloviy malakani hosil qilishning muhim shartidir. Shu bois savodxonlikka o`rgatish
davrida tarbiyalanuvchilar eshitish idrokini o`stirish uchun ham maxsus xilma-xil mashqlar,
ta’limiy o`yinlar, qiziqarli topshiriqlarni qo`llash maqsadga muvofiqdir.
Yozuv jarayonida bolalar ruchka (qalam)ni to`g`ri ushlashni, daftarni to`g`ri
qo`yishni, harfni yozishda daftar chiziqlari, ular bo`ylab qo`lni harakatlantirishni esda
saqlashi, harfni mo`ljallangan katakga bosma harfda yozishi lozim. Bu jarayon bolalarni
aqlan va jismonan charchatadi, ayniqsa, ularning barmoq va yelka muskullari toliqadi.
Shuning uchun ham mashg`ulotda jismoniy daqiqalar o`tkazilishi ahamiyatlidir.Jismoniy
daqiqalar she’r orqali amalga oshirilsa yanada maroqli aks etadi.
Bir ikki uch birdam
charchab qolmasin qo’lcham,
o’ng barmoqlar dam olsin
chaplari o’ynay qolsin.
Yozish jarayonida bola ruchka(qalam)ni qog`oz ustida asta sekinlik bilan,
ishonchsizlik bilan qimirlatadi, bir harfni yozib to`xtaydi va namuna bilan solishtiradi, ba’zan
chiziqdan chiqib ketadi, noto`g`rilarini bo`yab, to`g`rirlab tarbiyachiga har daqiqada
murojaat qiladi.Bolaning qo`li va boshi yozishda birgalikda harakat qiladi. Yozuv jarayoni
tarbiyalanuvchilarning ongli ravishda harakat qilishlarini ham talab etadi. Shu sababli
tarbiyachi guruhdagi har bir bolaning yozuv jarayoniga va uningxatti-harakatlariga sabr-
qanoat bilan katta e’tibor qaratishi juda muhim hisoblanadi.
Tarbiyachi tomonidan savodga tayyorlash mashg’ulotlari davomida har bir harf yoki
harflarning bog'lanishi, og'zaki yoki doskada tushuntirish orqali, qo'lni qayerga qo'yish
kerakligi, qayerda qo'l harakatining burilishi va qayerda bu harakat uzilishi talab etilishi,
harflarning
baland-pastligi
qay
darajadaligi
kabilar
ko'rsatmalar
orqali
tushuntiriladi
.
Yozishga o’rgatish bir qancha mashqlarni bajarish bilan shakllantirilib
boriladi.Xususan: naqshni davom,ettir,namunaga qarab chiz, tasvirni yakunla, nuqtalarni
birlashtir va boshqa h.k.Ushbu mashqlar tartibli yozuv va bolani bosma harflarni yizishga
o’rgatadi.Harflarni noodatiy tarzda qum, to’kilgan don dun,terlagan oyna, asvalt ustida bo’r
yoki barmoq bo’yoqlari bilan qog’ozda yozishga, harflarni ko’pik, plastilindan va poliz
ekinlarining urug’laridan hosil qilishni o’rgatish mumkin.
2
Tekshiruv davomida nutq terapevti bolani rasmni diqqat bilan o'rganib chiqishga va har bir rasmning orqasida
joylashgan unga mos keladigan vazifani bajarishga taklif qiladi. Ijro natijalari imtihon bayonnomasida yoki bolaning
nutq kartasida qayd etiladi.