Международный научный журнал
№
6
(100),
часть
1
«
Новостиобразования
:
исследование
в
XXI
веке
»
январь
, 202
3
г
1298
TEXNOLOGIYA DARSLARIDA QO`L MEHNATIDAN FOYDALANISH
Xayrullayeva Sarvinoz Tolibovna
Buxoro viloyati, Vobkent tumani 25- umumiy o`rta ta`lim maktabining texnologiya
fani o`qituvchisi
Annotatsiya:
ushbu maqolada texnologiya darslarining maqsadi va uni o`qitishning
turli sinflarga xos xususiyati haqida bayon etilgan bo`lib, qo`l mehnatidan foydalanish
borasida ham fikr mulohazalar yuritilgan. Qo`l mehnatining texnologiya darslarida
foydalanilishi ham muhim jihat hisoblanadi.
Kalit so`zlar
:
texnologiya fani, xavfsizlik texnikasi, qo`l mehnati, mehnat madaniyati.
Mehnatga o’rgatishda bolaning
imkoniyatlarini nazarda tutib, hissiy bilish jarayonini
takomillashtirish zarur. Bundan tashqari bolaning xotirasini o’stirish ham alohida
ahamiyatga ega. Texnologiya fani bo’yicha o’quv materiallarni
eslab qolish boshqa
predmetlarga nisbatan o’ziga xos xususiyatlarga ega. Barcha yangi asboblar, materiallarni,
operatsiyalarning nomini boshlang’ich sinf o’quvchilari so’z nomini, predmetini ko’rib idrok
etish bilan fikran biriktirib, tinglab fahmlaydilar, tushunib oladilar.
O’qituvchi texnologiya darslarida
faqat tushuntiribgina qolmay, balki asosan
materiallar va buyumlar namunasini, asboblarni materialga
ishlov berish usullarini, ish
bosqichlarini izchilligini ko’rsatadi. Shuning uchun texnologiya ta’limida eshitish, ko’rish
xotirasi va harakatlanuvchi xotira muhim rol o’ynaydi. O’quvchilarda texnologiya darsidan
yangidan-yangi bilim va ko’nikmalar mujassamlashib boradi, ularni esa anglash va xotiralab
qolish kerak.
Qo’l mehnatiga o’rgatishda boshqa fanlarni o’rgatishda bo’lganidek, o’qitishning
xilma-xil usullarini qo’llab, ular yordamida o’quvchilarning bilim, malaka va ko’nikmalarini
egallab olishlariga, shuningdek bilish qobiliyatlarini rivojlanishiga erishiladi.
O’quvchilar bayon etilayotgan aynan
buyumni emas, balki o’z so’zlari bilan buyumni
bajarilishini eslashlari talab etiladi. Biroq, asosiy o’rinni hali ham namuna, tayyor ko’rgazma
bo’yicha ishlash egallaydi. Hozirgi zamon maktabi darsning zamonaviyligini oshirdi,
takomillashtirishda va unga sayqal berdi. O’qituvchi darsga tayyorlanar ekan, har bir tayyor
mavzu mazkur dars uchun uning maqsad va vazifalariga muvofiq keladigan ishni usul va
ko’rgazmali qurollarni tayyorlaydi.
Qo’l mexnati darslarida odatda bir yoki
ikki asbobdan foydalaniladi, ularni esa
navbatchilar tarqatadi. Stolning ustida diqqatni chalgi`tadigan hech qanday ortiqcha narsa
bo`lmasligi kerak.
Ish xonasida o`quvchilarga asboblarni ishlatish va saqlash qoidalarini eslatib turuvchi
plakat – eslatmalar osig`lik bo`lishi kerak. Xavfsizlik texnikasi qoidalariga to`liq rioya qilish
baxtsiz hodisalarning oldini oluvchi ishonchli garovidir. Asboblarni ishlatish qoidalarini