часть
1
«
Новости
образования
:
исследование
в
XXI
веке
»
январрь
, 202
3
г
491
munosib tarzda yangilashda qo’shimcha boy manbalarga ega bo’lamiz. Yurtboshimiz
mamlakatda kadrlar muammosi mavjudligini barcha sohalarga islohotlar sur’atiga mos
zamonaviy mutaxassislar kerakligini aytgan edi. Shu maqsadda butun ta’lim tizimi
takomillashtirilmoqda. Maktabgacha ta’lim rivojlantirilayotganini maktab saboqlariga puxta
zamin bo’lmoqda. Umumiy o’rta ta’lim sifati ilg’or xalqaro tajriba va zamon talablari
asosida yuksaltirilmoqda. Yurtboshimiz Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim
masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda,
dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni
hammadan ham ko‘proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z davrining talablari
bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘
zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o‘zligiga sodiq
qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat
tarbiya hisobidan. Shunday ekan biz xorijiy davlatlarning tarjibasini o’zlashtirib yangi
zamonaviy ta’lim tizimini isloh qilish qilishimiz kerak.
Bugungi kunda har qaysi xalq davlat va jamiyatning taraqqiyot darajasi, avvalambor
uning inson kapitaliga, inson rivojida berayotgan e’tibori bu yo’ldagi say harakatlari bilan
o’lchanadi. Yaponiya ta’lim tizimi Yaponiya ta`limida “iqtidorli o`quvchi” tushunchasi yo`q.
chunki har bir o`quvchi alohida iqtidor sohibidir. Ilg’or mamlakatlar ichida Yaponiya ta’limi
o’ziga xos yo’nalishi yetakchi o’rinni egallaydi. Jumladan, Yaponiya ta’lim tizimining tarkibi
quyidagicha: maktabgacha ta’lim , boshlang’ich maktab , kichik o’rta maktab, yuqori o’rta
maktab, oiliy ta’lim tizimlariga kiruvchi oliy o’quv yurtlari. Boshlang’ich maktabda
o’qituvchilar bolalarni tanqidga, ya’ni o’z xulqining yomon jihatlarini, maktabdagi
kamchiliklarni tanqid qilishga o’rgatishadi. Bundan ko’rinib turibdiki, o’qituvchi faqat ta’lim
berish bilan cheklanib qolmay, bolaning har tomonlama rivojlanishiga tasir etadi. Yaponiya
rivojlangan davlatlar ichida o’qituvchining maoshi davlat rahbarlari orasida ham yuqori
bo’lgan yagona davlat. Majburiy ta’lim muhiti. Ta’limning bu pog’onasi 6 yoshdan 15
yoshgacha bo’lgan bolalarni o’z ichiga oladi. Muhtoj oilalarning bolalariga moddiy yordam
ko’rsatiladi. Yuqori o’rta maktab 10-11-12-sinflarni o’z ichiga oladi, bunday maktablarning
kunduzgi, sirtqi, kechki bo’limlari mavjud. Yuqori bosqich o’rta maktablarda butun o’quv
jarayonida o’quvchilar 80 ta sinov topshirishadi. O’quvchilar majburiy asosiy fanlardan
tashqari o’z xohishlariga ko’ra ingliz tili, texnik ta’lim va maxsus sinovlarga jalb etiladi.
Universitetlariga yuqori va o’rta maktabning yoki 12 yillik oddiy maktabni bitirgan
o’quvchilari qabul qilinadi. Universitetlarga qabul qilinish 2 bosqichga bo’linadi: 1-bosqich
turar joyda o’tkaziladi, buning uchun yapon tili, matematika, fizika, kimyo,
jamiyatshunoslik, tarix bo’yicha test sinovlaridan o’tkaziladi. Yaponiyada oliy ta’lim
majburiy hisoblanadi va u kasb ta’limi bilan uzviy bog’liqdir. Yaponiyada bolalar tarbiyasida
onalarning roli va mas’uliyati ayniqsa kattadir. Ular farzandlarining aqlli, dono va
mehnatsevar bo’lib o’sishlari uchun oila sulolasi va davlat oldida o’zlarini ma’sul deb
hisoblaydi. Yaponiyada oilaviy tarbiya xususida ko’plab metodik qo’llanmalar va