часть
1
«
Новости
образования
:
исследование
в
XXI
веке
»
январрь
, 202
3
г
492
tavsiyanomalar nashr etiladi, radio va televideniya orqali ko’plab pedagogik maslahatlar
berib boriladi. Yaponiya oilalaridagi uy partalari diqqatga sazovordir. U mukammal, yon
tomonidan muhofazalangan qurilma bo’llib, parta ustida kitob javoni, yoritkich, soat,
qalam, qog’oz, mikrokalkulyator va boshqa zaruruy ashyolar, shuningdek kerak bo’lib
qolgan taqdirda ota-onalarini chaqiradigan signal tugmachalarigacha o’rnatilgan. Yaponiya
o’rta maktablarining saviyasi AQSH o’rta maktablari saviyasidan bir muncha yuqori turadi.
Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki yaponiyada ta’lim tizimi ham shaklan, ham mazmunan
yuksak uyg’unlik kasb etgan. Ibrat olsa, o’rgansa arziydigan jihatlari ko’p. E’tiborli yana bir
tomoni – Yaponiyada faqat milliy an’analar bilan cheklanib qolmay jahondagi AQSH,
Fransiya, Germaniya kabi taraqqiy etgan mamlakatlarning ilg’or pedagogik ish tajribalari
ham ijodiy o’zlashtiril-gan. Bunday tajribalar Respublikamiz ta’lim tizimini yanada yuqori
pog’onaga ko’tarishda qo’l kelishi shubhasiz. Amerika Qo’shma Shtatlari ta’lim tizimi:
Amerikada o’rta ta’lim 12 yil bo’lib boshlang’ich o’rta va quyi maktablarga bo’linadi.
Aksariyat qismi davlat maktablaridan iborat va ularda o’quvchilarning 88 foizi o’qiydi.Ta’lim
muassasalarini davlat va shahar buyudjetlari moliyalashtiradi, Qo`shma shtatlarda yalpi
ichki mahsulotning 7.5 foizi har yili ta’limga sarflanadi. 12foiz o’quvchilar xususiy
maktablarga boradi, ularning moddiy resurslari ota-onalar, turli mablag’lar va xayriya
mablag’lari hisobidan shakllantiriladi. Mamalakatlarda ta’lim maskanlari raqamlarga ega
emas, ammo ular hududlar bo`yicha yoki mashhur kishilar nomi bilan ataladi. Odatda har
bir sinf xonasi televizor va kompyuterga ega. Kompyuter sinflari yuqori tezlikdagi
internetga ulangan. Amerikada nusxa ko’chirish uskunalari juda ko’p joylashtirilgan. Chunki
o’qituvchi
tomonidan
o’quvchlarga
deyarli
barcha
vazifalar
bosma
shaklda
beriladi.Boshlang’ich maktabda har yil sinf o‘qituvchisi o’zgaradi. Boshlang’ich sinflarda
matematik bilimlarning hajmi Rossiya va Angliya maktablari darajasiga nisbatan biroz
yengilroq.Ko’paytirish jadvali 3-sinfdan boshlanadi. Amerika maktablaridagi o’ziga xos
usullaridan biri har bir o’quvchining, , Hisobot kartasi”yuritilishidir. Unda o’quvchi 10 xil
xatti -harakati bo’yicha baholanadi. Ota-onalar ushbu karta bilan tanishib borar ekan,
farzandlariga oqsayotgan tomonlarini aniqlab, uni tuzatishga harakat qilishadi. Amerika
pedagoglari haftasiga bir marta 1-3-sinf o’quvchilari uchun “Sevimli o’yinchoq” metodini
qo’llashadi. Bu metodda bolalar o’yinchog`ini tariflaydi. Mazkur metodni qo’llashdan
maqsad bolani uyatchanlikdan xalos bo`lishga, sinfdoshlari orasida erkin gapirishga
o’rgatishdir. Amerikada ta’limni haddan ziyod demokratlashuvi talabalar bilimining
puxtaligini tekshirish va nazorat qilishda qiyinchiliklar tug’diradi. Shu sababli boy moddiy
baza va tajribaga ega bo’lgan davlatda butunlay savodsiz bo’lgan bolalar ham topiladi.
AQSH da ta’lim tizimining maqbul tomonlarining ijobiy qo’llanishi muhim ahamiyat kasb
etadi. Germaniya ta’lim tizimi: Germaniya jahon ma’rifat va madaniyat o’choqlaridan biri.
Ushbu davlatda har bir fuqaro o’z shaxsini erkin rivojlantirish, o’z iqtidori moyilligi va
qobiliyatiga qarab maktab, o’qish joyi va kasb tanlash huquqiga ega. Maktab ta’lim tizimi
boshlang’ich va o’rta ta’lim muassalaridan iborat. Barcha davlat maktablarida o’qish bepul.