Issn 171-381x innovations in technology and science education volume issue 7



Yüklə 458,7 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix07.05.2023
ölçüsü458,7 Kb.
#109126
1   2   3   4   5   6
272-277

ISSN
2171-381X 
INNOVATIONS IN TECHNOLOGY AND 
SCIENCE EDUCATION 
 
VOLUME 2 
ISSUE 7 
 
modasida “Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi uning jinoyat sodir 
etishda aybdorligi qonunda nazarda tutilgan tartibda isbotlangunga va qonuniy kuchga 
kirgan sud hukmi bilan aniqlangunga qadar aybsiz hisoblanadi. Gumon qilinuvchi
ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o‘zining aybsizligini isbotlab berishi shart emas. 
Aybdorlikka oid barcha shubhalar, basharti ularni bartaraf etish imkoniyatlari tugagan 
bo‘lsa, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining foydasiga hal qilinishi 
lozim. Qonun qo‘llanilayotganda kelib chiqadigan shubhalar ham gumon 
qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining foydasiga hal qilinishi kerak” deb 
belgilab qo`yilgan. Aybsizlik prezumpsiyasi jinoyat protsessining muhim demokratik 
prinsiplaridan biri bo`lib, u shaxs huquqlarining himoyalanishini ta`minlaydi, asossiz 
ayblash va hukm qilishni istisno etadi. Uning aybi qat`iy isbotlanishi va bartaraf 
etilishi mumkin bo`lmagan shubhalarni ayblanuvchining foydasiga hal qilinishi 
haqidagi talab davlat organlarini ish holatlarini xolisona, haqqoniy aniqlashga undaydi, 
busiz ish sudda asosli va adolatli hal etilishi mumkin emas. Aybsizlik 
prezumpsiyasidan ozgina bo`lsada chetga chiqish odil sudlovda qonuniylikning 
buzilishiga hamda fuqarolarning huquq va manfaatlari kamsitilishiga olib keladi. 
Aybsizlik prezumpsiyasidan “har qanday shubha ayblanuvchi”ning foydasiga hal 
etiladi(in dubio pro reo)
2
degan juda muhim bir qoida kelib chiqadi. Bu agar jinoyat 
ishini tergov qilish yoki hal qilishda qaysi bir holatlar shubha tug`dirsa yoki ular 
turlicha talqin etilishi va tushuntirilishi mumkin bo`lsa hamda dalillar haqiqatligiga 
to`liq ishonch hosil bo`lmasa, ushbu shubhalar ayblanuvchining foydasiga hal qilinishi 
kerakligini bildiradi. Aybsizlik prezumpsiyasiga isbotlash haqidagi masala ham 
bevosita bog`liqdir. Bu ish uchun muhim bo`lgan faktlarni kim isbotlashi lozimligini 
bildiradi. Aybsizlik prezumpsiyasi qoidalaridan ko`rinib turibdiki prezumpsiya 
ayblanuvchining isbotlash majburiyatini istisno etadi, ya`ni ayblanuvchi o`zining 
aybsizligini isbotlashi shart emas. Mashhur tergovchi Lev Sheynenning 
“Tergovchining esdaliklari”(“Записки следователя”) asarida bo`lajak tergovchilarga 
shunday maslahat beradi “ Butun hayoting va ish faoliyating davomida quyidagilarni 
2
Строгович М.С. Материальная истина и судебные доказательства в уголовным процессе. С. 211. 


WWW.HUMOSCIENCE.COM
275 

Yüklə 458,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin