ISSN 2171-381X INNOVATIONS IN TECHNOLOGY AND SCIENCE EDUCATION VOLUME 2 ISSUE 7 boshlanmagan jinoyat ishi haqida telejurnalist o’zi chiqargan «hukm»ni o’qiydi. Lekin
so’z va matbuot erkinligini suiiste’mol qilib, sudlanayotgan shaxsning aybdorligi
haqida aytish, yozish adolatdan emas. Balki g’ayriqonuniy va g’ayriinsoniydir. Negaki,
sud hukmi chiqib, u qonuniy kuchga kirmaguncha, shaxsni matbuotda aybdor deb
aytish mumkin emas. Aybsizlik prezumpsiyasining buzilishi, tergovning bir
tomonlama, ya`ni faqat ayblov tomonidan olib borilganligi naqadar mudhish
oqibatlarga olib kelishi mumkinligi haqiqa O`zbekiston Respublikasi sud va
prokuratura organlari uzoq yillardavomida faoliyat olib borgan tajribali huquqshunos,
taniqli yozuvchi Komil Sindarovning “Qimmatga tushgan xato” deb nomlangan asari
yaqqol misol bo`la oladi.
Xulosa shuki, aybsizlik prezumpsiyasi insonga yetkazilishi mumkin bo`lgan
ehtimoliy nohaqliklarni oldini olishga qaratilgan. To’g’ri, aybsizlik prezumpsiyasi
qo’llanganda ayrim aybdorlar jazosiz qolishlari mumkin. Lekin ayblilik
prezumpsiyasida begunohlarning jazoga tutilib qolish xavfi bo’ladi. Davlat barcha
aybdorlarni jazolashga erishish uchun aybsizlar hayotini xavfga qo’ymasligi kerak.
Aksincha, uning bosh maqsadi aybdorlar ichiga kirib qolishi mumkin bo’lgan
aybsizlarni topib, ularni himoya qilish bo’lmog’i lozim. Shu bois ham aybsizlik
prezumpsiyasi har bir shaxsning daxlsiz huquqi hisoblanadi.
4
Aybsizlik
prezumpsiyasiga qat`iy amal qilinishiga erishish esa ustuvor vazifalardan biri
hisoblanadi. Yunon faylasufi Sofokl aytganidek:”Olamda ajoyib narsalar juda ko`p,
lekin eng ajoyibi insonning o`zidir”
5
Zero, kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etishni o`z
oldiga maqsad qilib qo`ygan mamlakatimizda inson huquqlari va qonuniy
manfaatlarini ta`minlash ustuvor hisoblanadi.