WWW.HUMOSCIENCE.COM
272
ISSN
2171-381X
INNOVATIONS IN TECHNOLOGY AND
SCIENCE EDUCATION
VOLUME 2
ISSUE 7
AYBSIZLIK PREZUMPSIYASINING HUQUQIY AHAMIYATI
Qilichev Nosirbek Jasur o’g’li
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
yuridik fakulteti 3-bosqich talabasi
Toshpulatov Abdumumin Komil o’g’li
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
yuridik fakulteti 3-bosqich talabasi
Annotatsiya: Ushbu maqolada jinoyat-protsessual
qonunchiligining shoh
qoidalaridan biri bo`lgan “Aybsizlik prezumpsiyasi”ning vujudga kelish tarixi, uning
mohiyati, turli davlatlar qonunchiligida uyg`unlashuvi, shuningdek prezumpsiyaning
huquqiy ahamiyati va inson huquqlarini muhofaza qilishdagi o`rni
haqida atroflicha
to`xtalib o`tiladi.
Kalit so`zlar: jinoyat, gumon qilinuchi,
ayblanuvchi, sudlanuvchi, aybsizlik
prezumpsiyasi, prinsip, ayb.
Davlat va jamiyat hayotidagi eng muhim vazifa bu shubhasiz inson huquqlari va
erkinliklarini muhofaza qilishdir. Aybsizlik prezumpsiyasi
ana shunday huquq va
erkinliklarni himoya qilishga qaratilgan vositalardan biri hisoblanadi. Huquqiy
prezumpsiya – nazarda tutilayotgan va mavjud bo`lgan faktlar
orasidagi aloqalarga
asoslangan holda muayyan faktlarning mavjudligi yoki mavjud emasligi to’g’risidagi
farazdir
1
. Prezumpsiya lotincha “praesumtio” so`zidan olingan bo`lib, taxminga
asoslangan “faraz” degan ma`noni anglatadi. Jinoyat
protsessida aybsizlik
prezumpsiyasi birinchi marta 1789-yil 26-avgustda Fransiyada qabul qilingan “Inson
va fuqaro huquqlari deklaratsiyasi”da aks ettirilgan. Ushbu deklaratsiyaning 9-
moddasida: “Har bir inson sudda aybdor deb e`lon qilinmaguncha aybsiz deb
hisoblanganligi tufayli, uni hibsga olish zarur bo`lgan
taqdirda uning huquqini
1
Davlat va huquq nazariyasi: darslik. – Toshkent: TDYU, 2020. – 187-bet