cademic Research in Educational Sciences \ Vol. 1 No. 2, 2020 ISSN 2181-1385 muammolarga sabab bo‘lishi mumkin. Bunday vaziyatlardan saqlanish uchun komillikka erishish lozim. Xalq hamisha komillikka intilib, yaxshi niyatlar bilan yashaydi. El-yurtga naf keltirishni oilasini mustahkam, o ‘z turmushini obod qilishdan boshlaydi. Bu ezgu yo ‘lda milliy qarashlar va an’analarga suyanadi, bobomeros qudratdan kuch oladi. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA Tarixiy yondashuv, tizimlilik, vorisiylik va qiyosiy tipologik tahlil tadqiqotning metodologik asosini tashkil etadi. Komillik, komil inson g'oyalarining dastlabki kurtaklari tasavvuf tariqatlariga borib taqaladi.Unga ko‘ra inson shariat, ma’rifat, tariqat va haqiqat orqali komillikka erishadi. Tasavvuf tariqatlari insonlarni ruhan poklanishga, halolikka, haqiqat y o ‘lidan yurishga, undovchi insoniy, axloqiy tamoyillarni shakllantiruvchi yo ‘ldir. Tarixdan ma’lumki, ushbu y o ‘l asosida yashagan, insonlarni to‘g'ri yashashga chorlagan, insonlar hayotini, faoliyatini, yengillashtirgan, ularga naf keltirgan ne-ne buyuk siymolar mavjud. Ularning hayot faoliyati ibrat maktabi vazifasini o ‘taydi. Bu kabi ajdodlarga misol qilib buyuk sarkarda, Temuriylar davlati asoschisi - Amir Temur xazratlarini, o ‘z davrida valiy darajasida ulug'langan xazrat Xoja Ubaydulloh Axrorni, g'azal mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy hazratlarini keltirish mumkin. Tasavvuf tariqatlari tarixiga nazar solinsa, undagi g'oyalar, ta’limotlar necha asrlar davomida axloq singari zamon o ‘zgargani sayin u ham