Keywords:
appearance, speech, smile, hook, conclusion.
ASOSIY QISIM
Suxbatdoshingizni e’tiborini qozonishni xohlaysizmi? Unda fikringizni o’ttiz
soniyaga sig’dirishingiz kerak. O’ttiz daqiqadan iborat ma’lumotni tuzishga
o’rganganingizda siz fikirlaringizni jamlashni, nutq tuzishni, o’zingizga kerakli soxada
suxbatlashishni, har qanday munosabat shakliga tayyor turishni, fikringizni mantiqli va
qisqa ifodalshni, intervyu va maflislarni qisqartirishni, tushunarli gapirishni, suxbat va
SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 4
ǀ
ISSUE 2
ǀ
2023
ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016)
Passport:
http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 38
ko’rgazmalarga ko’proq e’tibor berishni, intervyu va majlislarga tasirliroq gapirishni,
o’zingizga ishonchni, ishda va shaxsiy hayotingizda yaxshi natijalarga erishingizni
o’rganasiz. Sizning o’ttiz soniyalik ma’lumotingiz aytmoqchi bo’lgan fikringizni
tushuntirishi va izoxlashi kerak. Shu maqsadda sizning senariyingiz o’z ichiga mashxur
mo’rmulani – nima?, kim?, qayerda?, qachon?, nega? va qanday? degan savollarni
butunicha yoki qisman olishi kerak. Syujet qanday ishlanadi. Birinchi qadam
maqsadingizni aniq qilib bilib oling. Suxbatdoshingiz haqida ma’lumotga ega bo’ling.
Shaxsiy yondashuvingizni biling. Ikkinchi qadam o’zingizga quidagi savollarni bering:
Suxbat predmenti nima? Ishtirokchi kim? Siz qayerdasiz? Suxbat qachon o’tkaziladi?
Bularning hammasi nega kerak? Men o’zimni qanday tutushim kerak? Uchinchi qadam
quidagi mezonlar asosida o’zingizni sinab ko’ring: Maqsadingiz o’zingizga
tushunarlimi? Maqsadingiz tinglivchilarga ham tushunarli bola oladimi? Siz ularni
istalgan kambinatsiyada va istalgan tartibda qollashingiz mumkin. O’ttiz soniyalik
ma’lmot berish usullarini har doim va hamma joyda qollash mumkin. Bu asosiy qurol
bo’lishi kerak. Ish qurolingizni o’tkirlashtirsangiz, u sizning ikkinchi tabiatingizga
aylanadi. Qutol bu butunlay yangi idrok xazinasini yaratadi. U fikirlash tarzingizni,
odamlar bilan munosabatingizni o’zgartiradi va siz undan g’ayriixtiyoriy ravishta
foydalanaverasiz. Vaqtimiz faqat bir necha so’z aytishga yetadi, demak tanlagan so’zlar
aniq bo’lishi shart. Bundan bir necha yillar oldingi bir soatimiz xozirgi o’ttiz soniyaga
teng bo’lib qolgan. Ko’pchilik odam o’z bilimlarini ko’rsatish uchun uzundan-uzoq
so’zlarni, texnik terminlarni va murakkab qurulmali gaplardan foydalanish kerak deb
o’ylaydi. Aslida esa hammasi aksincha bo’lishi kerak. Kimda-kim o’z faning moxir
bilimdoni bo’lsa, o’sha odam haqiqatan nima istayotganini oddiy va tushunarli tilda
ifodalaydi.
Siz istayotgan narsani berishga imkoni bor odamni to’gri tanlab, so’ng unga murojat
qiling. Kim bilan suxbatlashmoqchi bo’lgan odamingizni yaqindan bilib olishga harakat
qiling. Siz gaplashmoqchi bo’lgan odam haqida iloji boricha ko’proq ma’lumot
toplashga va kirmoqchi bo’lgan korxoanangiz haqida ham ma’lumotlarini yig’ib bilib
oling. O’zingizni tinglovchining o’rniga qoyib ko’ring. U sizdan nima ma’lumotni
kutayapdi? Bundan tashqari unga nimalar hammadan yoqimli bo’lishi mumkin?
Ko’pincha birinchi taassurot yodda qoladi. Agar ilk taassurot yaxshi bolmasa, u xolda
boshqa hech qachon qaytarilmaydigan birdan-bir imkoniyatni boy berdim deb
xisoblayvering. Agar tinglovchi qalbiga kira olsangiz, u sizning so’zlaringizda ko’proq
va kuchliroq tasirlanadi. Xayriya har doim xis-tuyg’uga yordam beradi. Toza va sof
xissiy sezgilar tufayli chek yozib berganingizni yoki hayr-exson qilishingizni eslang.
Boshqalarga mehr ko’rsatganda o’zingizni qanchalar yaxshi his qilgansiz. Xuddi
shuningdek xissiy yondashuvni o’ttiz soniyalik ma’lumotingizda qo’llashingiz mumkin.
SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 4
Dostları ilə paylaş: |