Page 39
Biz nimani aytishimizdan ko’ra uni qanday aytishimizni yaxshilab o’ylab olishimiz
kerak.
Auditoriya oldida chiqish qilishga taklif qilishganda, albatta, sizni tanishtiradi.
Odatda nutq so’zlashdan oldin sizni taklik qilishgandan avval o’zingiz haqingizdagi
ma’lumotlarni yuborishni so’rashadi yoki qong’iroq qilib bir nechta savolar berishadi.
Nima bo’lganda ham siz hamma aytadigan gaplar to’g’ri bo’lishiga umid qilib qolasiz.
Ammo buning boshqa bir uslubi ham bor. Sizni tanishtiryotganda o’zingizga
ishonishingiz uchun quidagi ikkita qoidani bilib olishingiz kerak. Bizinchidan sizni kim
tanishtirishini biling va chiqish qishidan ikki kun oldin o’sha odamga o’zingiz
haqingizda zaruriy ma’lumotlarni bering. Ikkinchidan tanishtiruvga oid ma’lumotni
o’zingiz yo’zishingiz maqul.
Sizning libos va tashqi ko’rinishingiz ijtimoiy kelib chiqishingizni, o’zingiz
haqingizdagi fikirni va boshqalar biz haqimizda nima deb o’ylashlari keraklini bildiradi.
Muammo shundaki bazan bu muhim sharoitlar etiborga olinmaydi yoki notog’ri talqin
qilinadi. Ko’pincha esa bizning libosimiz shunchaki voqelikka, vaziyatga mos
kelmaydi. Agar siz kimligingizni, qayerda ekanligingizni, kim bo’lishni
hohlayotganingizni, qayerga bo’rmoqchilingizni bilmasangiz yuqoridagi ikki fikr bir-
biriga also zid emasligini tushunasiz. Bunday tushuncha bilan siz maqsad sari olib
boradigan yo’lning yarmini bosib o’tgan bo’lasiz. Agar tortinchoq bo’lmasangiz,
o’zingizni erkin his qilsangiz, siz uchun har qanday libos qulay hisoblanadi. Mobodo
yoshroq yoki kattaroq ko’rinishni istasangiz, kimgadur o’xshashni xohlasangiz,
o’zingizni ham, atrofdagilarni ham noqulay holatga solasiz. Tashqi ko’rinishingizga
qanchalik sinchikovlik bilan e’tibor qaratsangiz, atrofdagilarni qiziqtirishingiz
shunchalik aniq bo’ladi. Agar o’zingizga nima yarashishini bilmasangiz, buni bilishga,
o’rganishga harakat qiling.
Tabassum samimiy va tabiiy bo’lishi zarur. O’ttiz soniyalik ma’lumotingizga ozgina
xazil qo’shib, qiziqarli biron narsa haqida so’zlang. Agar kulgili biron narsa yoki hodisa
haqida gapirb tabassum qilsangiz, tinglovchining 90 foiz xolatlarda sizga ham xuddi shu
tarzida javob beradi. O’ttiz soniyalik ma’lumot boshlashingizdagi tabbasumingiz
uzingiz haqingingizda yaxshi tasurot uygotish uchun yaxshi kayfiyatdagi muxitni
yaratadi. Oxirida hamma gapni aytib qoygandan keyin ham jilmayib qo’ying. Tabassum
qilganda siz yana ham jozibali ko’rinasiz. Shu sababli kulib, chilmayib qoyish
tinglovchiga o’zingizni taklif qilish va diqqat-e’tibor qilingani uchun minnadorlik
bildirishingiz eng maqul yol. Ko’zning ko’zga tushishi ham muxim noverbal
ma’lumotlarni beradi. To’g’ridan-to’gri aloqa oz pozisiyangizni yetkazish hamda
samimiy ekaningizni ko’rsatishning eng yaxshi usulidir. Sizning yuzingiz quvonchini,
xursandchilikni, hayratni, hayronlikni, umuman olganda butun insoniy xis-tuyg’ularni
ifodalaydi. Xis-tuyg’ularning har biri taassurotlarni va sizning o’ttiz noniyalik