Page 18
imkonini beradi[2]. Bu tushunchalardan har birini aniq belgilash va mohiyatini to‘g‘ri
yoritish boshqasining ham shunday muvaffaqiyatli hal etilishiga yo‘l ochadi. Shuning
uchun ham ularni ma’lum tartib asosida bayon etish lozim.
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI O‘zbek tilida so‘z yasalishi hodisasi mustaqil so‘z turkumlariga, mustaqil so‘z
turkumlaridan ham, asosan, ot, sifat va fe’l turkumiga xos hodisadir. Son, olmosh va
ravish turkumlarida haqiqiy ma’nodagi, tizim sifatidagi so‘z yasalishi kuzatilmaydi.
Masalan, son turkumida “so‘z yasalishi” deb qaralayotgan hodisa, aslida, forma (shakl)
yasalishidir, ya’ni, masalan, -ta, -(i)nchi qo‘shimchasi bilan yasaluvchi oltita, oltinchi
kabilar so‘z (son) yasalishi emas, balki sonning ma’lum grammatik ma’noli (dona, tartib
ma’noli) shaklidir. O‘zbek tiliga oid adabiyotlarda so‘z yasalish tizimida, asosan, asosga
qo‘shimcha qo‘shish yoki so‘zga so‘zni qo‘shish usullari faol hisoblanadi.
Affiksatsiya usulida so‘z yasalishida asos so‘zga yasovchi qo‘shimcha qo‘shish
yordamida yangi ma’noli so‘z hosil qilish tushuniladi. Masalan, gul so‘zi asosiga -chi
yasovchi qo‘shimchasini qo‘shish bilan yangi soha mutaxassisi ma’nosini ifodalovchi
gulchi leksemasi yasaladi.
TADQIQOT NATIJALARI VA MUHOKAMA So‘zning morfemik tarkibiga tatbiq qilganda, so‘z yasalishiga oid va grammatik
bilimlarni o‘zlashtirish tushuniladi. So‘z tarkibi bosqichlari quyidagilardir[3]:
Birinchi bosqich - so‘z yasalishini o‘rganishga tayyorgarlik bosqichi. Bu
bosqichning vazifasi o‘quvchilarni bir xil o‘zakli so‘zlarning ma’no va tuzilishiga ko‘ra
bog‘lanishini tushunishga tayyorlash. Bunday vazifaning qo‘yilishiga sabab,
birinchidan, so‘zning ma’no va tuzilishi jihatidan bog‘lanishini tushunish, o‘zining
lingvistik mohiyatiga ko‘ra, bir xil o‘zakli so‘zlarni va so‘z yasalishini o‘zlashtirishga
asos hisoblanadi. Haqiqatan ham, yasalgan va yasashga asos bo‘lgan so‘zlar bir-biri
bilan ma’no va tuzilishi jihatidan bog‘lanadi: ish - ishchi, g‘alla - g‘allakor. 1-sinfda
kuzatish o‘rganiladigan materialning mazmuni va ayrim so‘zlaning ma’nosini,
yozilishini tushuntirish bilan uzviy bog‘lanadi.
1-sinfda kim?, nima? so‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘zlarni o‘rganish jarayonida
o‘qituvchi va o‘quvchilaning “Nima uchun u yoki bu narsa shunday nomlangan?”
savoliga birgalikda javob topishi ularni bir xil o‘zakli so‘zlar o‘rtasidagi munosabatni
tushunishga tayyorlashda anchagina mos va qiziqarli usul hisoblanadi. Bu savolga javob
topish bilan o‘quvchilar “Nega so‘zlar o‘zakdosh hisoblanadi?”, “Bir so‘zdan boshqa
so‘z qanday hosil bo‘ldi?” savollariga javob berishga tayyorlanadilar.
Ikkinchi bosqich - bir xil o‘zakli so‘zlarning xususiyatlari va barcha
morfemalarning mohiyati bilan tanishtirish. Bu bosqichning asosiy o‘quv vazifasi -
so‘zlarning ma’noli qismlari sifatida o‘zak, so‘z yasovchi va shakl yasovchi
qo‘shimchalar bilan tanishtirish, “o‘zakdosh so‘zlar” tushunchasini shakllantirish, bir xil