SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 4
ǀ
ISSUE 4
ǀ
2023
ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016)
Passport:
http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 17
BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA SO‘Z YASALISHINING O‘QITILISHI
Sh. Ganiyeva
N. Mirzakarimova
FarDU dotsenti
FarDU talabasi
ANNOTATSIYA
Bugungi kunda boshlang‘ich sinflardanoq bolaning lugʻat boyligi va gapirish, o‘z
fikrini mustaqil bayon etish uchun boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari asosiy o‘rinni
egallaydilar. Shu bois, ushbu maqolada so‘z yasalishining affiksatsiya usuli va yasash
bosqichlari haqida fikr yuritiladi.
Kalit so‘zlar:
qonuniyatlar,
affiksal morfema, tizim, tayyorgarlik bosqichi,
umumiylik
.
ABSTRACT
Today, from elementary grades, primary school teachers occupy the main place in
order for the child's ability
to know words and speak, to independently express his
opinion. Therefore, this article provides an idea of
the affixing method of Word
formation and the stages of making.
Keywords:
regularities, affixal morpheme, system, preparatory stage, generality.
KIRISH
Ma’lumki, milliy mustaqilligimiz uchun kurash o‘zbek tiliga – millatning asosiy
atributi hisoblanmish ona tilimizga davlat tili maqomi berilishi bilan boshlandi.
Bugungi kunda boshlang‘ich sinflardanoq bolaning so‘z bilish qobiliyati va
gapirish, o‘z fikrini mustaqil bayon etish uchun boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari asosiy
o‘rinni egallaydilar. Boshlang‘ich sinflar ona tili dasturiga muvofiq so‘zning morfemik
tarkibi 3-sinfda o‘rganiladi. 4-sinfda so‘z turkumlarini o‘rganish bilan bog‘liq
holda
so‘zning tarkibi haqidagi bilimlarni takomillashtirish ko‘zda tutiladi[1]. So‘z yasalishi
tilda mavjud bo‘lgan so‘z
yasalishi tarkibini, so‘z yasash usullarini o‘rganadi. Bularni
o‘rganish hozirgi o‘zbek adabiy tilidagi so‘z yasalishi me’yorini
belgilash, uning
qonuniyatlarini to‘g‘ri tushunish imkoniyatini beradi. So‘z
yasalishi tizimi morfemika
bilan uzviy bog‘langan. Chunki so‘zning ma’noli qismlari – morfemalar (o‘zak
morfema va affiksal morfema) tilda yangi so‘z hosil qilishning eng muhim elementlari
hisoblanadi.
Hozirgi o‘zbek adabiy tilida morfemika bo‘limidan tashqari so‘z yasalishi ham
alohida soha sifatida o‘rganib kelinmoqda. So‘z yasalishiga
oid asosiy tushunchalarni
to‘la va to‘g‘ri belgilash, ulardan har birining mohiyatini to‘g‘ri aniqlash so‘z yasalishi
tizimi bilan bog‘liq barcha hodisalarning mohiyatini to‘laligicha, to‘g‘ri yoritish