#6, 2021 PEDAGOGIK MAHORAT*ПЕДАГОГИЧЕСКОЕ МАСТЕРСТВО*PEDAGOGICAL SKILL 134
Laylo OCHILOVA Lobar RAJABOVA Buxoro davlat universitetining pedagogika
instituti oʻqituvchisi Buxoro davlat universiteti
maktabgacha ta’lim kafedrasi oʻqituvchisi
MENTAL ARIFMETIKA – MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA OGʻZAKI SANASHGA OʻRGATISHNING NOAN’ANAVIY USULI Maqolada mental arifmetikaning tarixi, kelib chiqishi haqida soʻz boradi. Mental arifmetika - bu yuqori sifatli dastur boʻlib, matematik amalni miyada kalkulyatordan ham tezroq hisoblashni oʻrgatadi. Mental hisoblashning bugungi kunda maktabgacha yoshdagi bolalarning ogʻzaki hisoblash malakalarini rivojlanishidagi oʻrni haqida ham ma’lumot berilagan. Kalit soʻzlar: ogʻzaki hisob, mental arifmetika, matematik amal, abakus, kalkulyator, mantiq, ijodiy fikrlash, tasviriy xotira. В статье рассматриваются история и происхождение ментальной арифметики. Ментальная арифметика - это высококачественная программа, которая учит вас выполнять математические вычисления быстрее, чем калькулятор. Сообщается также о роли ментальной арифметики в развитии словесных арифметических навыков у детей дошкольного возраста. Ключевые слова: словесная арифметика, ментальная арифметика, математические операции, счеты, калькулятор, логика, творческое мышление, зрительная память. The article examines the history and origins of mental arithmetic. Mental Arithmetic is a high quality program that teaches you how to perform math calculations faster than a calculator. The role of mental arithmetic in the development of verbal arithmetic skills in preschool children is also reported. Key words: verbal arithmetic, mental arithmetic, mathematical operations, abacus, calculator, logic, creative thinking, visual memory. Kirish. Koʻpchilik odamlar daholar aynan daho boʻlib tugʻiladi, deb hisoblaydi. Amaliyot esa aksini
koʻrsatadi. Yangilik dasturlarida aqliy salohiyati yuqori boʻlgan bolalar haqidagi xabarlar tez-tez paydo
boʻlmoqda. Buning hech qanday hayratlanarli joyi yoʻq. Agar miyasining har ikkala yarimsharini rivojlantirsa,
har qanday bola oʻqish yo ijodiyotda aqlbovar qilmas yutuqlarga erishishi mumkin. Bunda unga qiyosi yoʻq
fan - mental arifmetika yordam beradi.