23
Talaba-yoshlarda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish ko‘nikmasini shakllantirish
• Gap nima haqida;
• Nima ta’kidlanayapti;
• Qanday dalillanayapti.
Dars, ya’ni ma’ruza vaqtida, o‘qituvchining birinchi so‘zlari-
danoq qo‘lga ruchkani olib birdan yozib ketish yaramaydi. Aytilayot-
gan gaplarni avtomatik tarzda emas, balki ma’lumotni filtrlab, zarur
joylarini yozib olish lozim. Eng ma’quli, oldin ma’ruzachini yaxshilab
tinglab, keyin asosiy fikrlarni yozib qo‘yishdir. Ma’ruzachining ba’zi
fikrlariga munosabat bildirib ketish ham mumkin. Masalan, qavs
ichida yoki satr yonida turli belgilarni (markirovkalarni) qo‘yib
ketish, dars oxirida esa ma’ruzachidan ularni so‘rab olish yoki mus-
taqil holda ularga javobni izlab topish mumkin. Mavzu, sarlavha va
shunga o‘xshash ma’ruza qismlarini, albatta, ajratib (boshqa rangli
ruchkada, ostiga chizib, marker bilan belgilab, qandaydir belgilarni
qo‘yib) ketish maqsadga muvofiq. Shunda zarur holatlarda ularni
izlab topish ancha oson bo‘ladi. Qoidalar, formulalar, sitata va ata-
malarni ramkaga olib ketish ham mumkin. Yaxshiroq eslab qolish
uchun ma’lumotlarni nafaqat yozib olish, balki chizib qo‘yish ham
mumkin. Chunki rasmlar va suratlar so‘z va gaplardan ko‘ra xotirada
yaxshiroq o‘rnashib qoladi hamda zarur ma’lumotlarni eslash, foy-
dalanish yoki tahlil qilish uchun qulay sharoit yaratib beradi.
Konspekt uchun zarur qisqartmalarni ham o‘ylab topish va
o‘zi uchun ishlatish mumkin. Bu yozish jarayonini ancha qisqartiradi
va tinglovchi ma’ruzachining nutqidan ortda qolib ketmasligiga yax-
shi imkoniyat yaratib beradi. Bunda matematik va boshqa belgilar
(simvollar) ancha yordam beradi.
Eng asosiysi, yozuv qurollarining to‘g‘ri tanlanishidir. Kons-
pekt yozish uchun qulay bo‘lgan varaqlardan iborat, yaxshi tikilgan
daftar, bloknotlardan foydalanish lozim. Yaxshi yelimlanmagan yoki
tikilmagan daftar varaqlari tez orada ajralib ketishi va noqulayliklar
tug‘dirishi mumkin. Daftar tanlayotganda varaqlarning chetida
hoshiyasi bori tanlansa, u yerga mavzu yuzasidan zarur belgilarni,
yangi yoki izoh talab qiladigan atamalarni yozib qo‘yish mumkin.
Shu bilan birgalikda, yozuv moslamasi, ya’ni turli rangdagi ruchka-
lar, qora qalam, marker va shu kabilarni ham har kim o‘ziga mosini
tanlab olishi, doim yonida olib yurishi, har doim ulardan foydalan-
ishi lozim. Konspektlarni markirovkalash ham xuddi adabiyotlarni
markirovkalash kabi amalga oshirilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: