24
Nargiza MUSULMANOVA
Matnga doir – ko‘pincha mantiqiy o‘tishlar bilan bog‘langan
ko‘chirmalardan tashkil topadi;
Erkin – ko‘chirmalar, ba’zan tezislar aralashmasidan iborat
bo‘ladi;
Tematik – matnning butun mazmunini aks ettirmaydi, faqat
muayyan,
aniq mavzuni ishlaydi, qo‘yilgan savolga javob beradi;
Xronologik – hodisalarning o‘zini ko‘rsatish asosida ularning
xronologik izchilligini aks ettiradi;
Tahliliy – ko‘pincha bir necha manbadan foydalanib aniq
mavzuni ochib beradi.
Bugungi kunda O‘zbekistonda Oliy o‘quv yurtalarida talaba
mustaqil ishlari, ko‘pincha, referat holida qabul qilinadi. Referat o‘zi
nima,
uni yozishning tartibi qanday, unda nimalar aks etishi lozim,
uning talaba bilimi uchun qanchalik amaliy ahamiyati mavjud? Shu
va shunga o‘xshash ko‘plab savollar talabalarga bu topshiriqni be-
rayotgan o‘qituvchining oldida ham kun tartibida turishi kerak. Bi-
ror mavzuni ko‘r-ko‘rona ko‘chirib kelib, uni topshirib qutilib ketgan
bilan talabaning bilimiga bilim qo‘shilib qolmaydi, faqat kafedrada
“makalatura” yig‘iladi, xolos.
Referat (lot. refero – axborot beryapman) – biror ilmiy asar,
maqola, o‘qilgan kitob va sh.k. mazmunining qisqacha yozma va
og‘zaki bayoni; o‘rganilgan ilmiy masalaning natijasi haqida axborot,
tegishli adabiyot va boshqa manbalarning qisqartirilgan shahrli
tahlilini o‘z ichiga olgan ma’lum mavzudagi ma’ruza. Referat, odat-
da, ilmiy axborot vazifasini o‘taydi. Unda muayyan mavzu yoritilishi
bilan birga,
tegishli ilmiy nazariyalar, ilmiy xulosalar tahlil etilishi
va tanqid qilinishi mumkin. O‘zbekistonda referat ilmiy tadqiqot
muassasalarida, oliy o‘quv yurtlari, akademik litseylar, kasb-hunar
kollejlari, umumiy ta’lim maktablarida ko‘p qo‘llanadigan
didaktik
vositadir. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, aka-
demik litseylar o‘quvchilari hamda oliy o‘quv yurtlari talabalarining
fakultativ mashg‘ulotlardagi maxsus axborotlari ham referat deyila-
di. Dissertatsiya yuzasidan tayyorlanadigan referat (avtoreferat)da
dissertatsiyaning asosiy mazmuni va xulosalari ifodalanadi [OʻzME
2000].
Referatning o‘ziga xosligi:
• keng miqyosli dalillar, qiyoslashlar, mushohadalar,
baholar-
ga ega bo‘lmaydi;
• matnda qanday yangi, muhim jihat bor, degan savolga javob
beradi.
Referat diqqat-e’tiborni yangi ma’lumotlarga qaratadi va
25
Talaba-yoshlarda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish ko‘nikmasini shakllantirish
boshlang‘ich matnga murojaat etishning maqsadga muvofiqligini
belgilaydi.
Referat materialning shunchaki
bir oddiy takrorlanishi, bir
yoki bir necha manbalardagi materialni o‘zlashtirib olishdan ibo-
rat bo‘lib qolmasligi, ya’ni ko‘chirmachilik va kompilyatsiya mahsu-
li bo‘lmasligi kerak. Unda referent tanlagan mavzuga oid va ishlab
chiqilgan adabiyotlarda mavjud bo‘lgan jamiki material tahlil qilib
chiqilishi lozim [Xodiev, Golish 2010, 97].
Ko‘plab talaba-yoshlar oliygohlarda ta’lim olish bilan birga
o‘zini ilmiy izlanishlari bilan ham nazarga tushishni xohlashadi,
albatta. Bu borada ular maqola va tezislarni yozish hamda ularni
nashr ettirish uchun bir qancha qiyinchiliklarga duch kelishadi.
Avvalo, maqolaning nima ekanligini, ilmiy maqola va tezisning bir-
biridan farqini, ularni yozish uchun
birinchi navbatda ahamiyat
beriladigan jihatlar haqida ularga batafsil ma’lumotlar kerak bo‘ladi.
Biz o‘z amaliyotimiz va mehnat faoliyatimiz davomida talabalarning
maqolalarini to‘plam yoki jurnallarda nashr ettirishlaridan oldin
o‘qib ko‘rganmiz. Ammo, ko‘pining talabga javob bermasligini,
maqolada konkret nima demoqchi ekanligini va u nima maqsadda
yozilayotganini o‘zlari ham anglab yetmaganliklarining guvohi
bo‘lganmiz. Ko‘plab iqtidorli talabalar ustozlarining oldiga “Ma-
qola yozishni o‘rgating” degan iltimoslar bilan kelishadi. Bizning
nazdimizda, shunday paytlarda o‘sha talabalarga avval birorta chop
etilgan maqolani o‘qittirib, tahlil qildirib, unga
Abstrakt yozdirish,
maqolaning mohiyati, xato va kamchiliklari bilan uning yutuqlarini
ham o‘zlariga tahlil qildirish lozim. 4-5ta maqolani ana shunday tar-
tibda tahlil qilib o‘rgangan talaba maqolaning nima ekanligini, uni
qanday yozish kerakligi haqida tasavvurga ega bo‘ladi. Biz “Ilmiy va
ijodiy ish yozish asoslari” darslarimizning amaliy mashg‘ulotlarida
aynan shunday tajribalarni ko‘p bora takrorladik. Natijada, talaba-
lar maqolaning nima ekanligini, unga qo‘yiladigan asosiy talablar,
uni tayyorlash bosqichlari, maqola uchun har qanday materialni
analiz va sintez qilib chiqib, keyin yozish zarurligini, adabiyotlar va
qo‘shimcha ma’lumot manbalari bilan ishlash
va ularni tartiblash
jarayonini o‘rganib borishdi. Bir qancha talabalarimiz konferensi-
yalarda o‘zlarining maqola va tezislari bilan ishtirok etishdi.
Maqolalarga yoziladigan Abstrakt va taqrizlarning ham
bir-biridan farqi, ahamiyati, tuzilishi va zarurati haqida ham talaba-
larga zarur ma’lumotlarni berib borish lozim.
Talaba-yoshlarda nafaqat yozma ijodkorlik, balki axborotlar-
ni og‘zaki shaklda yetkazish ko‘nikmasini ham shakllantirish zarur.