__________________________________________________________________________________ 11
haqiqatda ham tripletli xarakterga ega, degan xulosaga kelgan. ХХ asrning 2-yarmida ko’plab mamlakatlarda
o’limga sababchi bo’lgan turli yuqumli kasalliklar (vabo, o’lat, chechak) yo’qotildi. Ammo keyingi vaqtda
yuqumli kasalliklar kamaygan bo’lsa, rak, yurak-qon tomir sistemalarining jarohatlanishi, moddalar almashinuvi,
ruhiy va nasliy (irsiy) kabi kasalliklar juda ham ko’payib bormoqda. Тirik sistemalarning strukturaviy tuzilishi,
funksiyasi mukammal o’rganilgandagina, kasalliklarning tabiati to’g’ri aniqlanib, davolanadi hamda kasalliklarn-
ing oldini olish mumkin bo’ladi.
Nuklein kislotalar yuqori molekulali birikmalardir. Nuklein kislotalar boshqa polimerlarga xos boimagan
qator muhim biologik funksiyalarni bajaradilar, ulaming asosiylari quyidagilar: irsiy axborotning saqlanishi va
o‘tkazilishini ta’minlash, hujayra-barcha oqsillari sintezini programmalash orqali axborotni o'tkazish mexaniz-
mida bevosita ishtirok etadi. Nuklein kislotalami Struktur tarkibiy qismlari kofaktor, allosterik effektor vazifasini
bajarib, kofermentlar tarkibida, modda almashinuvida, energiyani hosil boiishi, o‘tkazilishida, saqlanishida
bevosita ishtirok etadi. Ikki xil nuklein kislota - DNK I(dezoksiribonuklein) va RNK (ribonuklein) tafovut qilinadi.
Odam hujayralaridagi DNK molekulalarining uzunligi bir necha santimetrdir. Har bir xromosoma DNKsi nihoyat
darajada katta bo’lgan bir molekuladan yoki kamgina sondagi shunday molekulalardan iborat bo’lishi mumkin.
Odamning 23 juft xromosomalaridagi DNKning umumiy uzunligi taxminan 1,5 mga teng. RNK molekulalari kal-
taroqdir: ulaming uzunligi odatda O.01 mmdan ortmaydi.
DNK asosan hujayra yadrosida, xromatin tarkibida bo'ladi. Mitoxondriyalarda DNK oz miqdorda bo'ladi.
RNK hujayraning hamma qismlarida bo'ladi va u hujayra umumiy massasini 5-10% ini tashkil etadi. Nuklein
kislotaiar nukleotidlaming polimerlaridir. Nukleotidlar uch tarkibiy qismdan - pirimidin yoki purin asosi, pentoza
va fosfat kislotadan tuzilgan. Purin va pirimidin tuzilishining asosida 2 ta aromatik geterotsiklik birikmalar - purin
va pirimidin yotadi. Purin molekulasi ikkita kondensirlangan halqa - pirimidin va imidazoldan tarkib topgan. Aso-
siy pirimidin asoslaridan tashqari nuklein kislotalar tarkibida minor pirimidin asoslar: metil- va oksimetilsitozin,
digidrouronil, psevdouridin, 1-metiluronil va boshqalar uchraydi. TRNK tnolekulasida 10% gacha minor asoslar
uchraydi, ular fiziologik ahamiyatga ega
bo’lib, RNK molekulasini - gidrolitik fermentlar ta’siridan himoya qiladi. DNK va RNK makromolekulas-
ining fazoviy tuzilishida nukleotidlarning ketma-ket joylashishi 1-lamchi strukturani hosil qiladi. Ularning spiral
hosil qilishi 2-lamchi va 3-lamchi strukturasiga bog’liq.
DNK tarkibidagi nukleotidlarning o’zaro munosabati ma’lum qonuniyatlarga bo’ysunadi. Bu qonuni-
yatlarni dastlab amerikalik olim Chargaff aniqlagan bolib, Chargaff qoidasi deb ataladi. Bu qoida quyidagicha:
Adeninning molyar miqdori timinning molyar miqdoriga yoki ularning nisbati 1 ga teng:
A = Т yoki A/Т = 1
2. DNK tarkibidagi guaninning molyar miqdori sitozinning molyar miqdoriga yoki ularning nisbati 1 ga
teng:
G=S yoki G/S = 1
3. DNKdagi purin asoslarining yig’indisi pirimidin asoslari yig’indisiga teng:
A+G= Т+S yoki A+G/Т+S=1
4. Purin va pirimidin asoslarining oltinchi uglerod atomidagi amin va keto gruppalari bir-biriga teng:
G+S = A+S yoki G+Т/A+S = 1
5. DNK tarkibidagi guanin va sitozinning molyar konsentratsiyasi yig’indisining adenin va timinning
molyar konsentratsiyasi yig’indisiga nisbatan G+S/ A+Т o’zgaruvchan bo’ladi. Hayvonlar, o’simliklar va mikroor-
ganizmlar DNK sidagi bu nisbat har xil bo’lganligi uchun u tur spetsifikligi koeffitsienti deb ataladi.
Ba’zi turlar DNK sidagi adenin bilan timinning yig’indisi guanin va sitozinning yig’indisidan ortiq yoki
spetsifiklik koeffitsienti 1 dan kichik bo’ladi. Bunday DNK AТ tipga kiradi. Boshqa turga kiradigan organizmlarda
esa aksincha, guanin va sitozinning yig’indisi adenin bilan timinning yig’indisidan ortiq yoki spetsifiklik koeffitsi-
enti 1 dan katta boladi. Bunday DNK GS tipga mansub boladi. Bazi nukleotidlar soni teng bolgan DNKlar ham
uchraydi.
AТ tipdagi DNK barcha hayvonlarga, o’simliklar va ko’pchilik mikroorganizmlarga xos. GS tipdagi DNK
hayvonlar bilan yuksak o’simliklarda butunlay uchramaydi, ammo mikroorganizmlarda, ayniqsa bakteriyalarda
keng tarqalgan.
Тurli sistematik gruppalarga mansub bolgan organizmlar DNKsining nukleotidli tarkibi ozgarib turadi. Suv
otlar, zamburuglar, ayniqsa bakteriyalarda spetsifiklik koeffitsienti 0,45 dan 1,80 gacha ozgaradi. DNKning spetsi-
fiklik koeffitsienti sistematik belgilaridan bo’lib xizmat qiladi.
Chargaff qoidasiga kora, A=Т, G=S, demak A+G=Т+S, ya’ni purinli nukleotidlar soni pirimidinli nukleo-
tidlar soniga teng. DNK nukleotid tarkibida shunday xususiyatga ega, bunday munosabatlar RNK ga xos emas.
Mana shu qoidaga asoslanib, 1953-yilda Uotson va Krik DNK ning tuzilishi modelini yaratdi. Bu modelning asosiy
xususiyatlari quyidagilardan iborat:
ISSN 2223-4047 Вестник магистратуры. 2021. № 2-1 (113)