__________________________________________________________________________________
12
DNK molekulasi antiparallel ravishda yo’nalgan va boshidan oxirigacha vodorod bog’lari bilan bir-biriga
bog’langan ikkita polinukleotid zanjirlaridan tuzilgan (mononukleotidlarning har biri vodorod bog’lari hosil qi-
lishda qatnashadi).
Zanjirlar orasidagi vodorod bog’lari bir zanjir adenin qoldig’ining ikkinchi zanjir timin qoldig’i bilan (AТ
jufti bilan) va bir zanjirning guanin qoldig’i ikkinchi zanjir sitozin qoldig’i (G…S jufti) ning o’ziga xos tarzda
o’zaro ta’sir qilishi hisobiga hosil bo’ladi. DNK molekulasi bir zanjirning 1-lamchi strukturani 2-lamchi zanjir 1-
lamchi strukturasiga komlementardir.
Ajratib olinib, tozalangan DNK va RNK maxsus sharoitda kislota (DNK) va ishqor (RNK) ta’sirida
gidrolizlanadi. Ko’pincha gidrolizlanish polinukleotidlardagi fosfodoefir bog’larini uzadigan maxsus fermentlar
nukleazalar ishtirokida bajariladi. Gidroliz natijasida nuklein kislotaning struktura monomerlari – azot asosi,
pentoza va fosfat kislota qoldiqlaridan iborat bo’ladi. Nuklein kislota tarkibiga kiruvchi har bir nukleotid uchta
birikmani o’z ichiga oladi: azot asoslari, monosaxarid pentoza, fosfat kislota qoldig’i. Nuklein kislotalarga ikkita
pentoza kiradi: riboza va dezeksiriboza. Nuklein kislotalar tarkibidagi nukleotidlarga qaysi karbon suv kirishiga
qarab ikki guruhga bo’linadi: dezoksiribonuklein kislotasi (DNK) va ribonuklein kislota (RNK).
Nuklein kislota tarkibida 5 ta azot asoslari aniqlangan bo’lib, shundan ikkitasi adenin va guanin barcha
nuklein kislotalar tarkibiga kiradi, hamda purin birikmasining geterosiklik hosilasi hisoblanadi, shuning uchun
ularni purin asoslari deb yuritiladi. Uchta azot asoslari uratsil, timin, sitozin pirimidin asoslari hisoblanib, olti
a’zoli geterosiklik halqasida ikkita atom azot bor va primidin asoslari deb yuritiladi.
Nuklein kislotalar tarkibida A, S, G, U, T dan tashqari boshqa azot asoslari ham uchraydi. Ularning miqdori
yuqorida ko’rsatilgan asoslarga nisbatan ancha kam. Shuning uchun ham ular kamdan-kam uchraydigan asoslar
yoki minor asoslar deb ataladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. R.A. Sobirova, O.A. Abrorov, F.X. Inoyatova, A.N.Aripov - biokimyo asoslari Toshkent – 2006
2. Abdullayeva Nasiba Xojaqulovna, “Biologik makromolekulalarni biofizik asoslari” Toshkent.
SAIDMURODOVA ZARIFA AZAMATOVNA –Samarqand tibbiyot institute, Assistent Biologik kimyo
kafedrasi.
TOSHMURODOV DOSTON ASATULLAYEVICH – Biokimyo fani o’qituvchisi.
Dostları ilə paylaş: |