Issn: XXXX-XXXX


ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/10
tarix10.05.2022
ölçüsü0,82 Mb.
#57479
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2..

 

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR 

Temir  yо‗l  stansiyalarida  strelkali  о‗tkazgichlarni  elektr  markazlashtirish,  ularning 

ishlash  ishonchliligi  va  samaradorligini  oshirish  masalalarini  yechishga  kо‗p  ilmiy  ishlar 

bag‗ishlangan  [1-2  va  h.k].  Ushbu  tadqiqot  tahlillari  shuni  kо‗rsatadiki,  elektr 

markazlashtirilmagan  stansiyalarda  manyovr  ishlarini  tashkil  etish  bо‗yicha  mavjud 

texnologiyalar  murakkab  va  kutilishi  mumkin  bо‗lgan  zararlarni  nazarda  tutmaydi,  elektr 

markazlashtirilmagan  stansiyalarda  manyovr  ishlarini  bajarish  jarayonini  avtomatlashtirishga 

qaratilgan taklif va tavsiyalar yetarlicha ishlab chiqilmagan. 

Magistral  va  sanoat  temir  yо‗l  stansiyalarida  yuk  obyektlariga  xizmat  ko‗rsatish 

texnologik  operatsiyalarini  bilan  manyovr  lokomotivlarining  band  bo‗lish  davomiyligini 

aniqlashga doir bir qator ilmiy ishlar bajarilgan [3-12]. Ammo elektr markazlashtirilgan va elektr 

markazlashtirilmagan  stansiyalarda  yuk  ob‘yektlari  talablari  bo‗yicha  jamlangan  vagonlar 

guruhlarini  yuk  obyektlariga  xizmat  ko‗rsatish  texnologik  operatsiyalarini  bajarishda  manyovr 

lokomotivining  band  bo‗lish  davomiyligini  imitatsion  modellashtirish  asosida  aniqlash  usuli 

yetarlicha yoritilmagan. 

Yuk  ob‘yektlariga  vagonlar  guruhini  uzatish  va  olib  chiqish  texnologik  amallarini 

bajarish  mobaynida  manyovr  lokomotivining  harakatda  bo‗lgan  vaqti  hamda  qo‗shimcha 

amallarning har biri uchun sarflanadigan vaqt miqdori ―Z‖ stansiyasi misolida aniqlab, qiyosiy 

tahlil qilаmiz. Ushbu stansiyaga qabul qilingan yuk poyezdini yuk obyektlariga uzatishdan avval 

ularning  joylashuvidan  kelib  chiqib  stansiya  yo‗llariga  vagonlar  guruhini  jamlash  talab  etiladi. 

Stansiya  yo‗llariga jamlangan vagonlarni belgilangan  yuk ob‘yektlariga uzatish va olib chiqish 

amallarini  jadallashtirish  stansiyada  vagonlarning  ortiqcha  turib  qolish  vaqtini  qishqartiradi. 

Ushbu  jarayonni  tezkor  va  samarali  bajarish  uchun  stansiyadagi  manyovr  lokomotivi  ish 

unumdorligini oshirish va ortiqcha band bo‗lib turish vaqtini qisqartirish talab etiladi [13-17]. 

Manyovr  lokomotivining  vagonlar  guruhini  belgilangan  yuk  obyekti  yo‗liga  uzatish  va 

olib  chiqish  operatsiyalarini  bajarishga  sarflanadigan  harakatlanish  vaqti  uning  yurish 

masofasiga  va  meyoriy  hujjatlar  talablariga  muvofiq  [19]  ilmiy  ishda  keltirilgan  usulda 

aniqlanadi.  [19]  ilmiy  ishdagi  elektr  markazlashtirish  tizimi  bilan  jihozlangan  temir  yo‗l 

stansiyasida  har  bir  strelkali  o‗tkazgichni  kerakli  marshrut  bo‗yicha  o‗tkazish  0,05  daqiqa  va 

elektr  markazlashtirish  tizimi  bilan  jihozlanmagan  temir  yo‗l  stansiyasida  har  bir  strelkali 

o‗tkazgichni kerakli marshrut bo‗yicha o‗tkazish 0,65 daqiqani tashkil etadi. Mazkur maqolada 

stansiyadagi barcha strelkali о‗tkazgichlar qо‗lda о‗tkazilishi hisobiga manyovr ishlarini bajarish 

tezliklari [18] talablaridan kelib chiqqan holda nisbatan kamaytirilgan holda belgilangan. Aynan,  



Молодой специалист 

Young specialist 

Жас маман 

Yosh mutaxassis

 

 

Volume 1 | Issue 1 | 



April 2022 

ISSN: XXXX-XXXX

 

 

- 18 - 



 

 

[18]  ning  388-bandida  keltirilgan  talabardan  kelib  chiqib,  jumladan,  1  va  2-sinf  xavfli  yuklari 



bo‗lgan  vagonlar  maxsus  ajratilgan  yo‗llarda  birlashtirilishi,  tormoz  boshmoqlari  bilan 

mahkamlanishi  va  ko‗chma  to‗xtash  signallari  bilan  himoyalangan  bo‗lishi  kerak.  Bunday 

vagonlar  bilan  manyovrlarni  amalga  oshirilganda  manyovr  marshruti  yo‗nalishidagi  strelkali 

o‗tkazgichlar manyovr marshrut yo‗nalishi bilan bir xil bo‗lmasligi kerak. Bunday turdagi xavfli 

yuklari bo‗lgan vagonlar bilan manyovrlar amalga oshirilayotganda manyovr lokomotivi har bir 

strelkali  o‗tkazgichga  yaqinlashganda  to‗xtashi  kerak  hamda  poyezd  tuzuvchisi  tomonidan 

strelkali  o‗tkazgichni  harakat  yo‗nalishiga  mos  ravishda  o‗tkazishi  kerak.  Yuk  turidan  va  qo‗l 

bilan  o‗tkaziladigan  strelkali  o‗tkazgichlar  oraliq  masifasi  qisqaekanligini  hisobga  olgan  holda 

manyovr ishlarini bajarish tezliklari nisbatan kamaytirilgan holda belgilangan. 


Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin