Elektr markazlashtirilmagan ―Z‖ stansiyasida bir sutkada qabul qilinadigan 5 ta yuk
poyezdini yuk obyektlariga uzatish va olib chiqish operatsiyalariga o‗rtacha 4139 daqiqa
sarflanadigan bо‗lsa, 2 sutkada о‗rtacha 8278, 3 sutkada о‗rtacha 12417 va h.k vaqt sarflanadi.
Natijada, ―M‖ stansiyasidan qabul qilinayotgan poyezdlar tarkibidagi vagonlar guruhini ―Z‖
stansiyasidan yuk obyektlariga uzatish va olib chiqish operatsiyalarini bajaruvchi manyovr
lokomotivlaridan foydalanish samaradorligi elektr markazlashtirilgan stansiyaga nisbatan 2
Молодой специалист
Young specialist
Жас маман
Yosh mutaxassis
Volume 1 | Issue 1 |
April 2022
ISSN: XXXX-XXXX
- 22 -
barobar kamayib ketdi. Buning oqibatida manyovr lokomotivining yuk frontlariga xizmat
ko‗rsatish tezligi kamayishi hamda vagonlarning stansiyada turish vaqtlari ortishi kuzatiladi
Sutka mobaynida manyovr lokomotivining band bo‗lish davomiyligiga asoslanib ―Z‖ stansiyasi
manyovr lokomotivlaridan foydalanish masalalarini tadqiq etish va bunday turdagi stansiyalarni
elektr markazlashtirish dolzarb masala sanaladi.
Manyovr lokomotivining yuk obyektlariga xizmat ko‗rsatish texnologik amallarini
bajarishda band bo‗lish davomiyligini imitatsion modellashtirish asosida aniqlash muayyan
stansiyaning manyovr ishlari uchun jalb etiladigan lokomotivlarning ratsional sonini sutkalik ish
reja-grafini chizmasdan turib aniqlash imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: