ΔS b = --------- 100 Δ Yd Demak, iste’mol hajmi avtonom iste’molga, tasarrufidagi daromad hajmiga va iste’mol hajmining tasarrufidagi daromad o’zgarishiga ta’sirchanligiga bog’liq.
Jamg’arish grafigini ham iste’mol grafigiga o’xshab algebraik ifodalash mumkin, ya’ni jamg’arish funktsiyasi quyidagi ko’rinishga ega:
S = -a + (1 -b) Yd Iste’mol va jamg’arish hajmiga tasarrufidagi daromad dinamikasidan tashqari quyidagi omillar, to’g’rirog’i bu omillardagi o’zgarishlar ham ta’sir ko’rsatadi:
1. Uy xo’jaliklari daromadlari.
2. Uy xo’jaliklarida to’plangan mulk hajmi.
3. Baholar darajasi.
4. Iqtisodiy kutish.
5. Iste’molchilar qarzlari hajmi.
6. Soliqqa tortish hajmi.
Dastlabki besh omil ta’sirida iste’mol va jamg’arish grafiklari o’zaro teskari tomonga siljiydi. Bu besh omil ta’sirida joriy tasarrufidagi daromad tarkibida iste’mol va jamg’arish ulushi nisbatlari o’zgaradi. Soliqqa tortish darajasining o’zgarishi ixtiyordagi daromad hajmini o’zgartirgani tufayli uning ta’sirida iste’mol va jamg’arish grafiklari bir tomonga qarab siljiydi. Iste’mol funktsiyasini aniqlash borsidagi tadqiqotlar, uning hajmi shuningdek 6)aholining daromadlari hajmi va to’plagan mulki ko’lamiga ko’ra tabaqalanishi darajasi hamda 7) aholining soni va yoshiga ko’ra tarkibiga ham bog’liqligini ko’rsatdi.
7.2. Iste’mol va jamg’arishga o’rtacha hamda chegaralangan moyillik. Makroiqtisodiy tahlil jarayonida iste’mol va jamg’arish funktsiyalarini yanada to’laroq bilish uchun iste’mol va jamg’arishga o’rtacha moyillik va chegaralangan moyillik tushunchalarini mohiyatini anglab olishimiz lozim.
Iste’molga o’rtacha moyillik deganda tasarrufidagi daromaddagi iste’mol xarajatlarining ulushi tushuniladi, ya’ni:
S
APC = ------------- 100 Yd bunda: APC – (average propensity to consume) iste’molga o’rtacha moyillik.
Tasarrufidagi daromaddagi jamg’arish ulushini jamg’arishga o’rtacha moyillik deb ataladi, ya’ni: