Ochiq o‘tkazilgan kabellar, shuningdek, barcha kabel muftalari yorliqlar bilan ta’minlangan bo‘lishi shart.
Tarmoq boshidagi va oxiridagi kabel yorliqlarida tarmoqning markasi, kuchlanishi, kesimi, raqami yoki nomi
ko‘rsatilgan bo‘lishi, ulash muftasi yorlig‘ida esa mufta raqami, montaj sanasi ko‘rsatilishi shart.
Yorliqlar atrof-muhit ta’siriga chidamli bo‘lishi shart. Yorliqlar ochiq o‘tkazilgan kabellarda tarmoqning
uzunligi bo‘yicha har 50 metr oraliqda, shuningdek, trassa burilishlarida va olovga chidamli to‘siqlardan hamda
yopmalardan kabellarning o‘tish joylarida (har ikkala tomonida) joylashtirilishi shart.
5. Har bir KT uchun ishga tushirishda ruxsat etilgan eng katta tok yuklamalari belgilanishi shart. Yuklamalar
eng yomon issiqlik sharoitidagi, uzunligi 10 metrdan kam bo‘lmagan trassa uchastkasi bo‘yicha belgilanishi
kerak. Ushbu yuklamalarni oshirishga issiqlik sinovlari asosida kabel tolalarining harorati davlat standartlarida
yoki texnik shartlarda davomiy ruxsat etilgan haroratdan ortmaganda ruxsat etiladi. Bunda kabellarni qizishi,
trassaning eng yomon sovitish sharoitiga ega bo‘lgan uchastkada tekshirilishi kerak.
Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan kabelning o‘rniga kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan kabeldan
foydalanish man etiladi.
6. Avariyani bartaraf qilish davrida kuchlanishi 10 kV gacha bo‘lgan shimdirilgan qog‘oz izolatsiyali
kabellarni tok bo‘yicha 30 foizga, 5 sutka mobaynida, sutkada 6 soatdan ko‘p bo‘lmagan, lekin bir yilda 100
soatdan ortiq bo‘lmagan davrda o‘ta yuklanishiga ruxsat beriladi. Agar sutkaning qolgan davrida yuklama ruxsat
etilganidan oshmagan bo‘lsa, 15 yildan ortiq ekspluatatsiyada bo‘lgan kabellar uchun o‘ta yuklanish 10 foizgacha
kamaytirilishi kerak.
Kuchlanishi 35 kV bo‘lgan qog‘oz izolatsiyali KT o‘ta yuklanishiga ruxsat berilmaydi.
7. Kuchlanishi 110 — 220 kV bo‘lgan moy to‘ldirilgan kabellar uchun tolalarning haroratini 80 S dan
oshirmay o‘ta yuklanishga ruxsat beriladi. Bunda uzluksiz yuklamaning davomiyligi 100 soatdan oshmasligi,
davomiylikining yig‘indisi esa yilda 500 soatdan, o‘ta yuklanishlar orasidagi tanaffus — 10 sutkadan kam
bo‘lmasdigi kerak. Havoda o‘tkazilgan, kuchlanishi 110 kV bo‘lgan KL uchun tolalarini 80 S harorat bilan ishlash
davomiyligi cheklanmagan.
8. Moy to‘ldirilgan kuchlanishi 110 — 220 kV bo‘lgan har bir KT yoki uning seksiyalari uchun tarmoqning
profiliga bog‘liq ravishda mahalliy yo‘riqnomalar bilan moy bosimining ruxsat etilgan chegaraviy qiymatlari
belgilangan bo‘lishi shart. Ulardan chetga chiqqanda, KT o‘chirilishi va faqat buzilish sabablari aniqlangandan va
bartaraf etilgandan keyin ulanishi shart. Past bosimli KT uchun kabeldagi moy bosimining ruxsat etilgan bosimi
100 — 300 kPa (1 — 3 kgs/sm ) chegarasida bo‘lishi kerak.
9. Moy to‘ldirilgan kuchlanishi 110 kV va undan yuqori bo‘lgan kabellardan moy va plastmassa izolatsiyali
kabellarning tugallovchi muftalaridan suyuqlik sinash uchun yangi tarmoq ulanishi oldidan, ulangandan keyin 1
yildan so‘ng, keyin 3 yildan so‘ng va keyinchalik har 6 yilda olinishi shart. Moy va suyuqlikning tekshirilayotgan
qiymatlari Elektr uskunalarini SQ va M talablariga mos kelishi shart.
10. Neytrali izolatsiyalangan yoki kompensatsiyalangan tarmoqlarda yerga bir fazali tutashuv sodir
bo‘lganda, xodim bu haqida zudlik bilan ta’minlovchi podstansiya navbatchisiga yoki elektr bilan ta’minlovchi
tashkilotning tarmoq bo‘yicha navbatchisiga xabar berishi va keyinchalik ularning ko‘rsatmasi bo‘yicha harakat
qilishi shart.
Generator kuchlanishi tarmoqlarda, shuningdek, kuchlanishi 35 kV bo‘lgan KTda ko‘rsatilgan rejimda
ishlashga 2 soatdan ko‘p bo‘lmagan vaqtga ruxsat beriladi. Alohida hollarda energiya bilan ta’minlovchi tashkilot
ruxsati bilan bu muddat 6 soatgacha uzaytirilishi mumkin.
11. KTdagi yuklamalar Elektr uskunalarini SQ va M talablariga mos ravishda belgilangan muddatlarda davriy
o‘lchanishi shart. Ushbu o‘lchovlar asosida KL rejimlari va ishlash sxemalari belgilanishi kerak.
12. Kuchlanishi 35 kV gacha bo‘lgan KTni ko‘zdan kechirish quyidagi muddatlarda o‘tkazilishi kerak:
erda, estakadalar, tunnellar, bloklar, kanallar, galereyalar va binolar devorlari bo‘ylab o‘tkazilgan kabel
trassalari — mahalliy yo‘riqnoma bo‘yicha, lekin kamida 3 oyda 1-marta;
kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan KTning tugallovchi muftalari 6 oyda 1-marta, 1000 V va undan past
kuchlanishli KTning tugallovchi muftalari 1 yilda1-marta;
transformator xonalarida, taqsimlovchi punktlarda va podstansiyalarda joylashgan kabel muftalari boshqa
uskunalar bilan bir vaqtda ko‘rikdan o‘tkaziladi:
kabel quduqlari 1 yilda 2-marta;
suv osti kabellari mahalliy yo‘riqnomalarga muvofiq.
Muhandis-texnik xodimlar KT tanlab, davriy ravishda, lekin kamida 6 oyda 1-marta ko‘rikdan o‘tkazilishlari
shart.
Podstansiyadagi kollektorlar, shaxtalar va kanallar mahalliy yo‘riqnomalar bo‘yicha ko‘rikdan o‘tkaziladi
(doimiy tezkor xizmat ko‘rsatuvda oyda kamida 1-marta ko‘rik o‘tkazilishi shart). Ko‘rikda aniqlangan nosozliklar
haqidagi ma’lumot nuqsonlar jurnaliga qisqa muddatda bartaraf qilish uchun kiritilishi shart.
Navbatdan tashqari ko‘riklar toshqin davrlarida va seldan keyin o‘tkaziladi.
Kabel inshootlarida va boshqa xonalarda doimiy ravishda kabelning issiqlik rejimi, havo harorati va
ventilatsiya qurilmalari ishlashining nazorati tashkil qilinishi shart.
Yozgi vaqtlarda kabel tunnellari, kanallari va shaxtalari ichidagi havo harorati tashqi havo haroratidan 10 S
dan ortiq bo‘lmasligi shart.
13. Kuchlanishi 110 — 220 kV bo‘lgan KTlar quyidagi muddatlarda ko‘rikdan o‘tkazilishlari shart:
erda o‘tkazilgan kabel trassalari 1 oyda kamida 1-marta;
kollektorlarda va tunnellarda o‘tkazilgan kabel trassalari kamida 3 oyda 1-marta;
stoporlaydigan va yarim stoporlaydigan muftali kabel quduqlari 3 oyda 1-marta;
moy (suyuqlik) bosimi signalizatsiyasi mavjud bo‘lgan qo‘shimcha moy bilan ta’minlovchi punktlar kamida
1 oyda 1-marta;
kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan kabel muftalarining ko‘rigi elektr uskunaning har bir ko‘rigida
o‘tkazilishi shart.
14. Mahalliy yo‘riqnomalar bilan kabel inshootlaridagi mavjud yong‘inni avtomatik ravishda o‘chirish va
xabar berish qurilmalarining ishga yaroqliligini tekshirish muddatlari belgilanishi shart.
15. Tunnellar, kollektorlar va boshqa kabel inshootlari toza saqlanishi shart. Kabel inshootlarida o‘tkazilgan
kabellarning ruxlanmagan metall zirxlari va kabellar o‘tkazilgan nometall qoplamali metall konstruksiyalar davriy
ravishda yonmaydigan zanglashga qarshi tarkib bilan qoplanishi shart.
Kabel inshootlarida biron-bir materiallarni saqlash man etiladi.
o
o
2
o
Suv tushadigan kabel inshootlari yer osti va yomg‘ir suvlarini chiqarib tashlash vositalari bilan jihozlangan
bo‘lishi shart.
16. Doimiy navbatchi xodimlari bo‘lgan podstansiyalarda tunnellar (kollektorlar), shaxtalar va kanallarning
ko‘riklari 1 oyda kamida bir marta o‘tkazilishi shart. Doimiy navbatchi xodimlari bo‘lmagan podstansiyalarda bu
inshootlarning ko‘riklari mahalliy yo‘riqnomalarga muvofiq, korxonaning elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs
belgilagan muddatlarda o‘tkaziladi.
17. KTda metall qobiqning elektr, tuproq yoki kimyoviy zanglash tufayli buzilish xavfi payqalganda, uni
bartaraf qilish choralari ko‘rilishi shart.
KLning himoya qurilmalari ustidan mahalliy yo‘riqnomalarga muvofiq kuzatish o‘rnatish shart.
18. Yerda handaqlarni qazish vaqtida sxemada ko‘rsatilmagan quvurlar, noma’lum kabellar va boshqa
kommunikatsiyalar aniqlanganda, ishlarni to‘xtatish va bu haqida elektr xo‘jaligiga javobgar shaxsga xabar berish
zarur. Kabellar bor joydagi xandaqlar, chuqurliklar va yer osti inshootlarini o‘ta ehtiyotkorlik bilan 0,4 metr va
undan ortiq chuqurlikda esa faqat belkurak bilan qazish kerak.
19. Qishda kabellar o‘tgan joylarda 0,4 metrdan ortiq chuqurlik tuproqni qizdirish orqali qazilishi shart.
Bunda qizdirilayotgan qatlam yuzasidan kabelgacha 0,3 metrdan kam bo‘lmagan qalinlikda tuproq qatlami
saqlanishini kuzatish zarur. Erigan tuproqni belkurak bilan olib tashlash kerak.
Lom va shunga o‘xshagan asboblarni qo‘llash man etiladi.
20. Kabeldan 1 metrdan yaqin masofada yer kovlovchi mashinalar bilan qazishni amalga oshirish,
shuningdek, normal chuqurlikdagi kabellar ustidagi tuproqni yumshatish uchun uruvchi bolg‘alardan, lomlar va
cho‘kichlardan 0,3 metrdan ortiq chuqurlikda foydalanish man qilinadi.
Uruvchi va titrab-ortuvchi mexanizmlarni qo‘llashga kabellardan 5 metrdan kam bo‘lmagan masofada
ruxsat beriladi.
Ishlar boshlanmasdan oldin KTni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotning elektrotexnik xodimlari nazorati
ostida trassada kabellar joylashishi va chuqurligini aniqlash uchun nazorat ochishlari o‘tkazilishi kerak.
Portlash ishlarini o‘tkazish uchun qo‘shimcha texnik shartlar berilishi shart.
21. Kuchlanishi 20 — 35 kV bo‘lgan kabellarning vertikal uchastkalarida izolatsiyaning qurishi natijasida
elektrdan teshilishning oldini olish uchun ularni vaqti-vaqti bilan almashtirib turish yoki stoporlovchi muftalar
o‘rnatish zarur.
Oqmaydigan shimuvchi massa va plastmassa izolatsiyasiga ega bo‘lgan yoki gaz bilan to‘ldirilgan 20 — 35
kV kuchlanishli KT vertikal uchastkalarining izolatsiya holatini qo‘shimcha tekshirish va ularni davriy almashtirish
talab qilinmaydi.
22. Ishlashda izolatsiyaning elektrdan teshilishi yoki profilaktik sinashlarda shkastlangan kabel namunalari
va shikastlangan kabel muftalari laboratoriya tadqiqotlariga shikastlanish sabablarini o‘rganish va ularni bartaraf
qilish bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqish uchun berilishi shart. Ishlab chiqaruvchi zavodga e’tiroz bildirilganda,
zavod nuqsonlari borligi natijasida shikastlangan namunalar ekspertlar ko‘rigi uchun saqlanishi shart.
23. Xonalarda, tunellarda, kollektorlarda, estakadalar bo‘yicha galereyalarda, kanallarda joylashgan
shikastlangan KTlarni kuydirishda, kabel inshootlaridagi kabellarni kuzatish — xavfsizlik texnikasi qoidalariga
rioya etilgan holda olib boriladi.
24. Kuchlanish ostidagi ekskavator va shlang kabellarini xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar tomonidan rezinali
qo‘lqoplar va etiklarda yoki dielektrik dastakli tutqichlar bilan olib yurishga ruxsat beriladi.
Bu holda kuchlanishi 10 kV gacha bo‘lgan tarmoqlar shikastlangan KTni bir fazali yerga tutatish holatida
o‘chirib qo‘yadigan himoya bilan jihozlangan bo‘lishlari shart.
Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik
ekspluatatsiya qilish
qoidalariga
4-ILOVA
Dostları ilə paylaş: