Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida


Iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə31/76
tarix29.11.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#169654
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   76
Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish-fayllar.org

Iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi
QOIDALARI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Qoidalar elektr energiyasi iste’molchilari (keyingi o‘rinlarda — iste’molchilar)elektr qurilmalarini
ekspluatatsiya qilish jarayonida ishlayotgan xodimlarning xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, ishlab
chiqarishdagi xavfli omillar ta’sirining oldini olish maqsadida ishlab chiqilgan.
2. Ushbu Qoidalarda quyidagi tushunchalar va atamalardan foydalanilgan:
elektr uzatish havo liniyasi (keyingi o‘rinlarda — HL) — simlari yer ustida izolyator va tayanchlar yordamida
ko‘tarilib turadigan elektr uzatish liniyasi;
elektr xavfsizligi bo‘yicha guruh — xodimning elektr qurilmalarida ishlarni xavfsiz bajarish uchun
tayyorgarlik saviyasini belgilovchi malaka darajasi. Xavfsizlik texnikasi qoidalari bo‘yicha bilimlari hajmi va ish
tajribasiga qarab, elektr xavfsizligi bo‘yicha guruhlar I, II, III, IV va V guruhlarga bo‘linadi. Xodimlarga malaka
guruhini berish uchun qo‘yiladigan talablar mazkur Qoidalarga
1-ilovada
belgilab berilgan;
kommutatsiya apparati — elektr zanjirining kommutatsiyasi va tok o‘tkazish uchun mo‘ljallangan elektr
apparat (o‘chirgich, yuklama o‘chirgichi, bo‘lgich, ajratkich, avtomat, rubilnik, paketli o‘chirgich va boshqalar);
mexanik qulf — kalit, olinadigan dastak va boshqalar bilan qulflanadigan qulf;
ish joyini tayyorlash — ish joyida ishning xavfsiz o‘tkazilishini ta’minlash bo‘yicha texnik tadbirlarni bajarish;
ulanma — elektrostansiya, podstansiya va boshqalar chegarasida joylashgan, taqsimlovchi qurilma(keyingi
o‘rinlarda — TQ), generator, shchitlar, yig‘malar shinalariga ulangan, kuchlanishi, nomi va maqsadi bir bo‘lgan
elektr zanjir (uskuna va shinalar). Bitta kuch transformatorining (cho‘lg‘amlar sonidan qat’iy nazar), ikki tezlikli
bitta elektrodvigatelning har xil kuchlanishli elektr zanjirlari bitta ulanma hisoblanadi. Ko‘p burchakli, bir yarim va
boshqa burchakli sxemalarda liniyani, transformatorni TQga bevosita ulaydigan barcha kommutatsion
apparatlar va shinalar ushbu liniya yoki transformator ulanmasiga tegishli;
ish joyi — xodimlar ishlarni bajarishi uchun ijozat beriladigan elektr qurilmasining qismi;
tok uzatuvchi qism — normal holatda kuchlanish ostida bo‘ladigan elektr qurilmasining qismi;
tok o‘tkazmaydigan qism — elektr qurilmasining ishniavariya rejimlarida kuchlanish ostida bo‘lishi mumkin
bo‘lgan qismi, masalan, elektr mashina korpusi;
elektr qurilmasi — elektr energiyasini ishlab chiqarish yoki energiyani boshqa turga aylantirish, uzatish,
taqsimlash yoki iste’mol qilish uchun mo‘ljallangan o‘zaro bog‘langan uskunalar va inshootlar majmuasi;
ishlab turgan elektr qurilmasi — kuchlanish ostida bo‘lgan yoki kommutatsion apparatlarni ulash bilan
kuchlanish berilishi mumkin bo‘lgan elektr qurilmasi yoki uning qismi.
3. Mazkur Qoidalarning talablari — mulkchilik shaklidan va idoraviy mansubligidan qat’iy nazar, barcha
elektr energiyasi iste’molchilari (axolidan tashqari), shuningdek, iste’molchilar elektr qurilmalarida ta’mirlash,
qurilish-montaj, sozlash va sinash ishlarini amalga oshiruvchi tashkilotlar uchun majburiy hisoblanadi. Ulardan
chetga chiqishga yo‘l qo‘yilmaydi. Har bir xodim, agar Qoidalarning talablari buzilishini o‘zi bartaraf qilish
chorasini ko‘ra olmasa, darhol o‘zining bevosita rahbariga, agar u bo‘lmasa, yuqori turuvchi rahbarlarga
aniqlangan, inson hayoti uchun xavfli bo‘lgan barcha Qoidalar buzilishlari, shuningdek, uskunalarning va ish
jarayonida ishlatilayotgan mashina, mexanizmlar, asbob-uskunalar hamda himoya vositalarining nosozligi
haqida xabar berishi shart.



Ma’muriy-texnik xodimlar mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan holda, ishlarning xavfsizligini oshiruvchi


qo‘shimcha chora-tadbirlarni ko‘zda tutishlari lozim. Ushbu chora-tadbirlar mazkur Qoidalarga zid bo‘lmasligi
kerak.
4. Mazkur Qoidalar iste’molchilarning ishlab turgan elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qiluvchi, ularda
tezkor almashlab ulash ishlarini amalga oshiruvchi, ta’mirlash, montaj, sozlash yoki sinash ishlarini bajaruvchi va
tashkil etuvchi xodimlarga taalluqlidir.
5. Ishlab turgan elektr qurilmalariga xizmat ko‘rsatish, ularda tezkor almashlab-ulashni o‘tkazish, ta’mirlash,
montaj qilish yoki sozlash ishlari va sinovlarni tashkil etish hamda bajarish mazkur Qoidalarga
1-ilovaga
muvofiq
elektr xavfsizligi bo‘yicha tegishli guruhga ega bo‘lgan, maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan elektrotexnik xodimlar
tomonidan amalga oshiriladi.
Har bir korxonada mazkur Qoidalar elektrotexnik xodimlar tomonidan bajarilishi uchun javobgarlik
o‘rnatilgan tartibda ushbu korxona rahbariyati yoki yuqori tashkiloti tomonidan tasdiqlangan lavozim
yo‘riqnomalari va nizomlari bilan belgilab beriladi.
6. Har bir xodimning bilimlar sinovi Energetika ishlab chiqarish korxonalarida xodimlar bilan ishlash
to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartibda o‘tkaziladi va rasmiylashtiriladi. Bilimlar sinovining natijalari mazkur
Qoidalarga
3-ilovada
o‘rnatilgan shakldagi jurnalga kiritiladi.
Bilimlar sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan har bir xodimga bilimlar sinovidan o‘tganligi, elektr xavfsizligi
bo‘yicha (II — V) guruh berilganligi haqida mazkur Qoidalarga
4-ilovada
o‘rnatilgan shakldagi guvohnoma
beriladi.
Guvohnoma u yoki bu elektr qurilmalari tezkor, ta’mirlovchi, tezkor ta’mirlovchi huquqiga ega bo‘lgan
ma’muriy-texnik xodim sifatida; tezkor, ta’mirlovchi, tezkorta’mirlovchi, shuningdek, elektr xavfsizligi bo‘yicha II va
undan yuqori guruhga ega bo‘lgan elektrotexnik xodim sifatida xizmat ko‘rsatish huquqini beradi.
Agar bilimlar sinovidan o‘tayotgan xodim bir vaqtning o‘zida maxsus ishlarni bajarish bo‘yicha bilim
sinovidan ham o‘tgan bo‘lsa, bu haqida bilim sinovidan o‘tish jurnalida hamda guvohnomaning “ Maxsus ishlarni
olib borish huquqi” ustunida yozib qo‘yiladi.
Elektr qurilmalarini nazarot qiluvchi xavfsizlik texnikasi bo‘yicha muhandislar, elektr xo‘jaligi uchun
javobgar shaxs o‘tadigan komissiyada elektr xavfsizligi bo‘yicha IV guruh hajmida bilimlar sinovidan o‘tishlari
kerak. Bunda ularga ushbu korxonani elektr qurilmalarini nazorat qilish huquqini beruvchi, mazkur Qoidalarga
5-
ilovada
o‘rnatilgan shakldagi guvohnoma beriladi.
Ushbu Qoidalar, Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari (keyingi o‘rinlarda —
TEQQ) va yo‘riqnomalar bo‘yicha bilimlar sinovidan o‘tmagan xavfsizlik texnikasi bo‘yicha muhandislarga
elektrotexnik xodimlarga hech qanday ko‘rsatma berishga ruxsat etilmaydi.
7. Noelektrotexnik xodimlarga elektr xavfsizligi bo‘yicha I guruh xizmat ko‘rsatilayotgan qurilmada xavfsiz
ishlash usullari bo‘yicha har yillik bilim sinovidan o‘tgandan so‘ng korxona, tashkilot, sex va uchastkaning elektr
xo‘jaligi uchun javobgar shaxs tomonidan yoki uning yozma ko‘rsatmasi bo‘yicha elektr xavfsizligi bo‘yicha III
guruhdan past bo‘lmagan shaxs tomonidan beriladi. I guruhni berilganligi mazkur Qoidalarga
2-ilovada
o‘rnatilgan shakldagi maxsus jurnalda tekshiruvchi va tekshiriluvchining imzolari bilan rasmiylashtiriladi.
Ish jarayonida I guruh xodimlari xar yilgi bilim sinovidan tashqari, belgilangan tartibda davriy yo‘riqlaroladi.
8. Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qiluvchi elektrotexnik xodimlarga qo‘yiladigan umumiy talablar
TEQQda bayon etilgan.
9. Mazkur Qoidalarga muvofiq qo‘llaniladigan himoya vositalari amaldagi Elektr qurilmalarida
foydalaniladigan himoya vositalarini qo‘llash va sinash qoidalari talablarini qanoatlantirishi lozim.
10. Odamlar bilan baxtsiz hodisalar ro‘y berganda, jarohatlanganni elektr toki ta’siridan qutqarish uchun
oldindan ruxsat olmasdan turib, darhol kuchlanishni olishni amalga oshirish zarur.
11. Mazkur Qoidalarning talablariga zid bo‘lgan farmoyish va topshiriqlarni bajarish man etiladi.

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin