7. Tezkor chiqish brigadaga bir necha podstansiyalarda, har bir podstansiyaning bir yoki bir necha
ulanmalarida, bir xil turdagi ekspluatatsiya ishlarini navbati bilan bajarish uchun bitta naryad berishga ruxsat
etiladi.
Bunday ishlarga quyidagilar kiradi: izolatsiyani tozalash, qisqichlarni tortib mahkamlash, moyni tahlilga
olish va moy quyib to‘ldirish, transformatorlarning shoxobchalarini qayta ulash, releli himoya, avtomatika, o‘lchov
asboblari qurilmalarini tekshirish, chet manbadan yuqori kuchlanish bilan sinash, izolyatorlarni o‘lchov shtangasi
bilan tekshirib ko‘rish va shunga o‘xshash ishlar. Bunday naryadlarni amal qilish muddati 1 sutka.
Har bir podstansiya va har bir ulanmada ishga ijozat berish mazkur Qoidalarga
6-ilovada
keltirilgan
naryadning “Kundalik ishlashga ijozat berish va uning tugashi” 3-jadvalida rasmiylashtirilishi lozim. Ishlar mazkur
Qoidalarga 8-ilovaning
3-bandiga
muvofiq bajariladigan podstansiyalard ishga ijozat berish barcha ulanmalar
uchun bir vaqtda amalga oshirilishi mumkin, lekin ushbu podstansiyadagi barcha ishlar to‘liq tugallanmaguncha
ularni birontasini ham ulashga tayyorlash taqiqlanadi. Podstansiyalarning har birini mazkur naryad bo‘yicha
ishlar to‘liq tugallanganidan so‘ng ulashga ruxsat beriladi.
8. TQ ichida joylashgan aloqa qurilmalaridagi ishlar TQga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar tomonidan
beriladigan naryadlar bo‘yicha amalga oshirilishi shart. Ishga ijozat berish ushbu xodimlar tomonidan amalga
oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: