Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida


-§. Tarmoqdan o‘chirish ishlarini bajarish



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə52/76
tarix29.11.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#169654
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   76
Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish-fayllar.org

1-§. Tarmoqdan o‘chirish ishlarini bajarish
2. Ishlash joyidan kuchlanish olinganda, kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan elektr qurilmalarida
quyidagilar o‘chirilishi shart:
a) ish bajarilishi kerak bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismlar;
b) tok o‘tkazuvchi qismlarga yuk ko‘tarish mashinalari va mexanizmlarini, odamlar va ular qo‘llaydigan
asbob va ta’mirlash jihozlarini mazkur Qoidalarga
7-ilovaning
1-jadvalida ko‘rsatilganidan kam masofaga



yaqinlashish ehtimoli bo‘lgan to‘silmagan tok o‘tkazuvchi qismlar.


3. Mazkur Qoidalarga 9-ilovaning 2-bandi
“b” kichik bandida
ko‘rsatilgan tok o‘tkazuvchi qismlarni uzish
mumkin bo‘lmasa, unda ular to‘sib qo‘yilishi kerak.
4. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan elektr qurilmalarida kommutatsiya apparati orqali ish joyiga
kuchlanish qaysi tomondan berilishi mumkin bo‘lsa, ularning har bir tomonida shina yoki simlarni uzish yoki
ajratish, ajratkichlarni uzish, saqlagichlarni olib qo‘yish, shuningdek, apparatlarning o‘ziga o‘rnatilgan prujina
orqali avtomatik ulanadiganlaridan tashqari, bo‘lgichlar va yuklama o‘chirgichlarini o‘chirish yo‘li bilan hosil
qilingan ko‘rinuvchan uzilish bo‘lishi shart.
Elektr qurilmasining ishlarni bajarish uchun ajratilgan uchastkasi bilan bog‘liq bo‘lgan kuchlanish
transformatorlari va kuch transformatorlari ham teskari transformatsiyaga yo‘l qo‘ymaslik uchun 1000 V gacha
bo‘lgan kuchlanish tomonidan uzib qo‘yilishi shart.
5. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori elektr qurilmalarida kommutatsiya apparatlarini yanglishib yoki o‘z-
o‘zidan ulanishini va ular orqali ish joyiga kuchlanish berilishi ehtimolini bartaraf etish uchun:
ajratkich, bo‘lgich, yuklama o‘chirgichlarinining qo‘lda bajariladigan uzatmalarni uzilgan holatida mexanik
qulf bilan qulflash;
operativ shtanga bilan boshqariladigan ajratkichlarning ko‘chmas to‘siqlarini mexanik qulf bilan qulflash;
masofadan boshqaruvga ega bo‘lgan, ko‘rsatib o‘tilgan kommutatsiya apparatlarining uzatmalarida kuch
va tezkor tok zanjirlarini uzish, pnevmatik uzatmalarda esa, bundan tashqari qisilgan havo berish yo‘lidagi
klapanni yopish va mexanik qulf bilan qulflash, hamda siqilgan havoni chiqarib yuborish, bunda havo
chiqaruvchi tiqinlarni (klapanlarni) ochiq holatda qoldirish;
yukli va prujinali uzatmalarda ulovchi yuk yoki ulovchi prujinalarni ishlamaydigan holatga keltirish.
Tortib chiqariladigan aravachali KTQ va TKTQdagi kommutatsiya apparatlarining yanglishib ulanishini
bartaraf etish choralari mazkur Qoidalarga 10-ilovaning
III bob
“Komplekt taqsimlash qurilmalariga xizmat
ko‘rsatish” talablariga muvofiq bajarilishi shart.
6. Bir qutbli ajratkichlar bilan jihozlangan 6 — 10 kV kuchlanishli elektr qurilmalarida ularni yanglishib
ulanishini barataraf etish uchun pichoqlariga maxsus rezina qalpoqlar kiydirishga ruxsat etiladi.
7. Kuchlanishi 1000 V gacha elektr qurilmalarida bajariladigan ishlar tok o‘tkazuvchi qismlardan qo‘lda
bajariladigan uzatmali kommutatsiya apparatlari yordamida hamma tomondan kuchlanish olinishi lozim,
sxemada saqlagichlar bo‘lganda esa ularni olib qo‘yish orqali amalga oshirilishi zarur.
Sxemada saqlagichlar bo‘lmagan taqdirda, kommutatsiya apparatlarini yanglishib ulanishini bartaraf etish
uchun shkaf eshiklarini yoki dastaklarini qulflash, tugmalarini berkitish, kontaktlar orasiga izolatsiyalovchi
qoplama qo‘yish va boshqa choralar ko‘rish orqali ta’minlanishi lozim. Shuningdek, ulovchi g‘altakning simlarini
uzib qo‘yish sharti bilan kuchlanishni masofadan boshqariladigan kommutatsiya apparatlari orqali olib
tashlashga ruxsat etiladi.
Agar apparatlarning konstruktiv ishlanishi va ish xususiyatlari bo‘yicha imkon bo‘lsa, yuqorida qayd etilgan
choralar, shinalarni ajratish yoki kabellar, simlar ishlar bajariladigan kommutatsiya apparatlaridan yoki
qurilmalardan ajratish bilan almashtirilishi mumkin.
Sim va kabel uchlarini ajratib olish yoki shinalarni ajratishni ta’mirlovchi xodimlar jumlasidan bo‘lgan elektr
xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhga ega shaxs ishga quyuvchi rahbarligi ostida bajarishi mumkin. Ish joyi
yaqinidagi bexosdan tegib ketish mumkin bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismlardan kuchlanish olinishi yoki ular
to‘silgan bo‘lishi kerak.
8. Kontaktlarini ko‘rish imkoni bo‘lmagan (tortib chiqarilmaydigan turdagi avtomatlar, paketli o‘chirgichlar,
yopiq ishlangan rubilniklar va boshqalar) 1000 V gacha kuchlanishli kommutatsiya apparatlarining o‘chirilgan
holati ularning qisqichlarida yoki chiquvchi shinalarda, simlarda yoxud ushbu kommutatsiya apparatlari
yordamida ulanadigan uskunalar qisqichlarida kuchlanish yo‘qligini tekshirish orqali aniqlanadi.

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin