HLlarda sxema bo‘ylab joyida kuzatish uning yo‘nalishini va tashqi belgilarini tekshirishdan, shuningdek,
tayanchdagi belgilarni liniyalarning dispetcherlik nomlariga muvofiqligini tekshirishdan iborat.
22. 6 — 20 kV kuchlanishli HLning yog‘och va temir beton tayanchlarida hamda teleskopik minora ustida
ishlanganda, sig‘im toki oqishi prinsipiga asoslangan kuchlanish ko‘rsatkichi bilan kuchlanish yo‘qligini
tekshirishda uning yetarlicha sezgirligi ta’minlanishi shart. Buning uchun ko‘rsatkichning ishchi qismining
ko‘ndalang kesimi 4 mm dan kam bo‘lmagan sim bilan yerga ulanishi kerak.
23. Simlari turli sathlarda osilgan HLlarda kuchlanish yo‘qligini kuchlanish ko‘rsatkichi
yoki shtanga bilan
tekshirish va yerga ulagichlarni o‘rnatish, eng pastki simdan boshlab, pastdan yuqoriga qaratib amalga oshirilishi
lozim. Gorizontal osilgan simlarda esa tekshirishni eng yaqin joylashgan simdan boshlash kerak.
24. 1000 V gacha kuchlanishli elektr qurilmalarida kuchlanish yo‘qligi ham fazalar orasida, ham har bir faza
bilan uskunaning yerga ulangan korpusi yoki yerga ulanadigan (nol simi) simi orasida tekshirilishi kerak.
Avvaldan tekshirilgan voltmetrni qo‘llashga ruxsat etiladi. Nazorat lampalarini qo‘llash taqiqlanadi.
25. Apparatlar, blokirovka qurilmalari, doimiy ulangan vol’tmetrlar va boshqa moslamalarning o‘chganlik
holati haqida signal beruvchi qurilmalar faqat qo‘shimcha vositalar bo‘lib hisoblanadi va ularning ko‘rsatkichlari
yoki harakatlariga asoslanib kuchlanish yo‘qligi haqida xulosa chiqarish mumkin emas.
Signal beruvchi qurilmalarning kuchlanish borligini ko‘rsatishi ushbu qurilmaga
yaqinlashish mumkin
emasligidan dalolat beradi.
26. Podstansiyalarning elektr qurilmalarida va TQda kuchlanish yo‘qligini kuchlanishi 1000 V dan yuqori
elektr qurilmalarida tezkor yoki tezkor ta’mirlovchi xodimlardan bo‘lgan elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida IV
guruhga, 1000 V gacha qurilmalarda kamida III guruhga ega bulgan shaxsning yakka o‘zi
tekshirishiga ruxsat
etiladi.
HLlarda kuchlanish yo‘qligini tekshirishni kuchlanishi 1000 V dan yuqori HLda kamida IV va III guruhga,
kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan HLda — III guruhga ega bo‘lgan ikki shaxslar amalga oshirishlari kerak.
Dostları ilə paylaş: