197. Elektr tarmog‘ini ta’minlovchi elementlarning releli himoyani sozlash shartlari bo‘yicha va mumkin
bo‘lgan ekspluatatsiya rejimlarini hisobga olingan va ruxsat etilgan chegaraviy yuklamalari korxona tomonidan
energiya bilan ta’minlovchi tashkilotning dispetcherlik xizmati bilan kelishilishi va davriy ravishda qayta ko‘rib
chiqilishi kerak.
198. Tezkor xodim quyidagilarni amalga oshirishi shart:
RHA va T va boshqaruv panellarida (shkaflarida) almashlab ulash qurilmalari va sinash bloklari qopqoqlari
holatining to‘g‘riligi nazoratini, shuningdek, RHA va T va boshqaruv zanjirlarida avtomatik o‘chirgichlar hamda
saqlagichlarning yaroqliligi nazoratini;
RHA va T qurilmalari holatini mavjud panellar (shkaflar) va apparatlardagi tashqi signalizatsiya qurilmalari
bazasida nazorat qilishni;
yuqori voltli o‘chirgich va boshqa apparatlarni, shuningdek, avtomatik qayta ulash qurilmalarini, zahirani
avtomatik ulash va qayd qiluvchi asboblarni (indikatorlarni) ishlatib ko‘rishni;
yuqori chastotali himoya signallari bilan almashuvni va yuqori chastotali teleo‘chirish qurilmalari va
avtomatika kanallarining past chastotali apparatlarini, avariyaga qarshi avtomatikaning yuqori chastotali
apparatlarining nazorat qilinayotgan parametrlarini o‘lchashni;
shinalar himoyasida nobalans tokni va kuchlanish transformatorining uzilgan uchburchagida nobalans
kuchlanishni o‘lchashni;
avtomatik ossillograflarning avariyaviy yozuv soatlarini yuritib qo‘yishni va boshqalarni.
199. RHA va T qurilmalariga texnik xizmat ko‘rsatishni amalga oshiruvchi korxona xizmati xodimlari asosiy
e’tiborni almashlab ulash qurilmalari (kontaktli qoplamalar, boshqaruv kaliti, rubilniklar va boshqalar) va sinash
bloklari qopqoqlari holatining to‘g‘riligiga, shuningdek, ularning holati elektr uskunalarining sxemalariga hamda
ishlash rejimlariga mosligiga qaratgan holda, davriy ravishda barcha boshqaruv panellari va pultlarini, releli
himoya panellarini (shkaflarini), elektroavtomatikani, telemexanikani, signalizatsiyani ko‘rikdan o‘tkazishlari shart.
RHA va T xizmati xodimlari tomonidan davriy ko‘riklaridan o‘tkazilishidan qat’iy nazar, tezkor xodimlar
bajarishi ruxsat etilgan operatsiyalarga tegishli RHA va T elementlarining holati to‘g‘riligiga javob beradi.
200. Releli himoya, elektroavtomatika, telemexanika va ikkilamchi zanjirlarni ekspluatatsiya qilish mazkur
Qoidalarga
11-ilova
talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: