shart.
5. Saqlagichlarning eruvchan kirgizmalari kalibrlangan bo‘lishi va eruvchan kirgizmaning nominal toki
ko‘rsatilgan ishlab chiqaruvchi zavod yoki korxona yorlig‘iga ega bo‘lishi shart.
Kalibrlanmagan eruvchan
kirgizmalarni qo‘llash man etiladi.
6. Loyihaviy qarorlar bilan elektr ta’minotining qisqa muddatli tanaffusida o‘zi ishlab ketish qurilmasi bilan
ta’minlanishi kerak bo‘lgan texnologik jarayon mashina va mexanizmlar elektr dvigatellarining ro‘yxati
aniqlangan bo‘lishi shart.
Agar loyihada elektr dvigatellarning o‘zi ishlab ketishi ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, u holda iste’molchilar
tarmog‘i barcha elementlarining himoyasi, shuningdek, tugunlarning texnologik blokirovkasi shunday
bajariladiki, bunda mas’ul mexanizmlar elektr dvigatellarini o‘zi ishlab ketish holatining oldi olinadi.
7. Agar iqtisod qilish va kabelni tejash shartlari bo‘yicha boshqacha joylashtirish talab qilinmagan bo‘lsa,
kommutatsiya apparatlari iloji boricha xizmat ko‘rsatish qulay bo‘lgan
joylarda, elektr dvigatellar yaqinida
joylashtirilishi lozim.
Texnologik mexanizmlarning elektr dvigatellari masofadan yoki avtomatik boshqariladigan bo‘lsa, oxirgi
mexanizm yaqinida, elektr dvigatelni masofadan yoki avtomatik ulashning oldini oladigan, dvigatelni avariyaviy
o‘chirish apparati o‘rnatilishi kerak.
8. Energetika tizimining maksimal yuklama soatlarida sinxron elektr dvigatellar quvvat koeffitsiyentining
optimal qiymatida reaktiv quvvatni generatsiya qilish rejimida ishlashi kerak.
Yirik (quvvati 1000 kVt dan ortiq) sinxron elektr dvigatellarning jadallashtirish qurilmalari va qo‘zg‘atishni
avtomatik rostlagichlari (keyingi o‘rinlarda ― QAR) doimo ishga ulangan bo‘lishlari shart. QARni o‘chirishga faqat
ta’mirlash yoki tekshirish uchun ruxsat beriladi. QAR energetika tizimining ishlash grafigiga muvofiq, energiya
bilan ta’minlovchi tashkilot tomonidan belgilanib o‘rnatiladi.
9. Zaxiradagi elektr dvigatellar zudlik bilan ishga
tushishga doimo tayyor turishi, korxonaning, sexning,
uchastkaning elektr xo‘jaligiga javobgar shaxsi tasdiqlagan ish jadvali bo‘yicha davriy ravishda ko‘rik va sinovdan
o‘tib turishi shart.
10. Texnologik jarayon stator toki bo‘yicha rostlanadigan mexanizmlar, shuningdek, texnologik jihatdan o‘ta
yuklanishga moyil mexanizmlar elektr dvigatellari ishga tushirish panelida yoki panelida o‘rnatiladigan
ampermetrlar bilan jihozlanishi shart. Ampermetrlar, shuningdek, sinxron dvigatellarning qo‘zg‘atish
zanjirida
ham ulangan bo‘lishi kerak. Ampermetr shkalasida stator (rotor) tokining uzoq muddat ruxsat etilgan yoki
nominal qiymatiga mos qizil chiziq bo‘lishi kerak.
11. Elektr dvigatellarning guruhli yig‘malarida va panellarida kuchlanish borligining nazorati voltmetrlar yoki
signal lampalari bilan ko‘zda tutilgan bo‘lishi shart.
12. TQ shinalaridagi kuchlanish nominalning 100 — 105 foizi chegarasida ushlab turilishi kerak. Elektr
dvigatellarning uzoq vaqt ishlatilishini ta’minlash uchun ularni kuchlanish nominaldan 110 foizdan ortiq va 95
foizdan kam bo‘lganda ishlatish tavsiya etilmaydi.
13. Har bir podshipnikda o‘lchangan elektr dvigatellarning titrashi, rotorning o‘q bo‘ylab
surilishi, havo
tirqishi oralig‘i o‘lchami Elektr uskunalarini SQ va Mda keltirilgan kattaliklardan oshmasligi kerak.
14. Elektr dvigatellarning yuklamasi, podshipniklarning harorati, yopiq ventilatsiya tizimiga ega elektr
dvigatellarda kiradigan va chiqadigan havo harorati
ustidan doimiy nazoratni, podshipniklarga qarash, ishga
tushirish, rostlash va to‘xtatish operatsiyalarini mexanizmga xizmat ko‘rsatuvchi elektr texnologik xodim amalga
oshiradi.
15. Quyidagi hollarda elektr dvigatel zudlik bilan (avariyaviy) tarmoqdan o‘chiriladi:
odamlar bilan baxtsiz hodisalar yuz berganda;
elektr dvigateldan, shuningdek, uning ishga tushirish-rostlash apparaturasidan va qo‘zg‘atish qurilmasidan
tutun yoki olov paydo bo‘lganda;
yuritmaning mexanizmi buzilganda, normal bo‘lmagan taqqillash paydo bo‘lganda;
agregat podshipniklarining titrashi keskin oshganda;
podshipniklar ishlab chiqaruvchi zavod yo‘riqnomasida belgilangan ruxsat etilgan haroratdan ortiq
qiziganda.
Mahalliy yo‘riqnomalarda elektr dvigatellar avariyaviy o‘chirilishi shart bo‘lgan
boshqa hollar ham
ko‘rsatilishi, shuningdek, avariya holatini bartaraf qilish va elektr dvigatellarni ishga tushirish tartibi belgilanishi
mumkin.
16. Elektr dvigatellarda profilaktik sinovlar va o‘lchashlar Elektr uskunalarini SQ va Mga muvofiq o‘tkazilishi
shart.
Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik
ekspluatatsiya qilish
qoidalariga
6-ILOVA
Dostları ilə paylaş: