Iste’molchilarning bozordagi xatti-harakati Bajardi: 4-7 Iqtisod 22 guruh talabasi Giyazova Parvina Tekshirdi



Yüklə 76,08 Kb.
səhifə1/6
tarix01.12.2022
ölçüsü76,08 Kb.
#71639
  1   2   3   4   5   6
Istemolchi xatti-harakati.DOKLAD




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TUROM ZARMED UNIVERSITETI
«Ish yurutish va xodimlarni boshqarish » fanidan

MUSTAQIL ISHI
Mavzu: Iste’molchilarning bozordagi xatti-harakati

Bajardi: 4-7 Iqtisod 22 guruh talabasi Giyazova Parvina
Tekshirdi:

Reja:




  1. Iste’molchilar xatti-harakatining tahlili.

  2. Naflilik funksiyasi. Yalpi va chekli naflilik.

  3. Befarqlik egri chizig‘i.

  4. Iste’molchining optimal tanlovi.


1. Iste’molchilar xatti-harakatining tahlili
Iste’molchi – bozor mexanizmining asosiy subyektlaridan biri bo‘­lib uning bozordagi iqtisodiy ahamiyati va roli juda muhim hisob­lanadi. Aynan iste’molchilarning u yoki bu tovarni sotib olishiga bo‘lgan talabi bozor talabini keltirib chiqaradi, narxlar muvozanatini, real sotuv xaj­mini belgilab beradi. Bozorga chiqishda iste’molchi o‘z oldiga yagona bir maqsadni ya’ni, maksimal ravishda o‘z ehtiyojlarini qondirish va bu iste’moldan yuqori naflilikka erishishni ko‘zda tutadi. Iste’molchi ishlab chiqaruvchi kabi o‘z tanlovida absolyut erkin emas. U nafaqat o‘z ho­xish istagiga, shuningdek daromadiga qarab xaridlarni amalga oshiradi.
Iste’molchilarning xatti-harakatini uch bosqichda ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Birinchi bosqichda iste’moldagi afzallik o‘r­gani­ladi. Bunda iste’molchi bir tovarni boshqasidan ortiq ko‘rishi me­zon­larini aniqlash mumkin. Ikkinchi bosqichda iste’molchilar byud­je­ti­ning chegaralanishiga, ya’ni iste’mol tovarlarini xarid etishda chega­rali daromadga duch kelishlari ko‘rib chiqiladi. Iste’molchilar daro­madi turli tovarlar narxiga qarab ularga ma’lum chegarali to‘plamdagi tovarlar sotib olish imkonini beradi. Uchinchi bosqichda iste’molchi nimani afzal ko‘rishini byudjetning chegaralanishi bilan birga qo‘shib iste’molchi tanlovi aniqlanadi. Hozirda iqtisodiyot nazariyasiga oid ko’plab darslik va o’quv qo’llanmalarda bozor talabining shakllanishi va namoyon bo’lishini iste`molchining hatti-harakati orqali tushuntirishga harakat qilinmoqda. Bunda oldindan g`arb adabiyotlarida mavjud bo’lib kelgan turli nazariyalardan foydalanib, iste`molchi hatti-harakati nazariyasi alohida yo’nalish sifatida bayon etilmoqda.

Yüklə 76,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin