Istiqbollari haqida fikr va mulohazalar



Yüklə 123,09 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/12
tarix02.12.2023
ölçüsü123,09 Kb.
#171154
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
ta-lim-sifati-islohotlar-muammolar-yechimlar-va-istiqbollari-haqida-fikr-va-mulohazalar

- to‘rtinchidan,
o‘quv dasturida
 
fanni o‘qitishda zamonaviy pedagogik va 
axborot texnologiyalaridan foydalanish deb: aqliy hujum, bumerang, sinkveyn
konseptual jadval kabi interfaol usullar yozilganini kuzatamiz. Axir ular pedagogik 
texnologiyalar emas-ku, ular pedagogik texnologiyalar asosida yaratilgan interfaol 
usullardir. Axborot texnologiyalari bo‘yicha esa biron bir texnologiya nomi 
yozilmagan. Demak, bu noto‘g‘ri yondashuv va talqin. Shuning uchun bunday 
kamchiliklarni bartaraf etish uchun quyidagilarga e’tiborni qaratish 
lozim:
fanni o‘qitishda foydalaniladigan zamonaviy pedagogik texnologiyalar deb: 
- ta’lim oluvchining ijtimoiy va bilish faolligini ta’minlashga yo‘naltirilgan - 
shaxsiy-insonparvarlik;
- o‘quv jarayonining texnologik darajasini to‘liq ifodalash, amalda joriy etishga 
yo‘naltirilgan – loyihalash;

mustaqillik, 
tashabbuskorlik, 
tadbirkorlik, 
hamkorlik, 
ijodkorlik 
kompetentligini shakllantirishga yo‘naltirilgan - muammoli o‘qitish; 


Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 8 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
528 
w
www.oriens.uz
September 
2021
 
- ta’lim oluvchida ijodkorlik, yangilik yaratish qobiliyatini rivojlantirishga 
yo‘naltirilgan - evristik o‘qitishni e’tiborga olish. 
Pedagogik texnologiyalar asosida yaratilan interfaol usullar deb,
bunda ta’lim 
oluvchining:
- mustaqil va ijodiy ishiga yo‘naltirilgan - kichik guruhlarda ijodiy izlanish;
- bilim doirasini, ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, ilmiy maqola, risola va 
kitoblar bilan tanishtirish orqali, bilim olish va fanga bo‘lgan qiziqishini orttirish, 
avval o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakasini yangi vaziyatlarda qo‘llash orqali 
yangi bilimlarni egallashiga yo‘naltirilgan - erkin fikrlash;
- tinglash va muloqot qilish ko‘nikmasini, turli nuqtai nazardan tushunish 
malakasini rivojlantirish, bahsli masalalarni hal qilish, tahliliy mushohada yuritish va 
fikrlash layoqatini oshirish, o‘z fikrini shakllantirish mahoratini mustahkamlashga 
yo‘naltirilgan - tanqidiy tafakkur;
- faoliyat, muloqat, hamkorlik, turli hayotiy hodisalarni boshdan kechirishga 
yo‘naltirilgan – diskussiya;
- fikrini hamda mavzuga bo‘lgan munosabatini aniqlash, mustaqil holda umumiy 
bir fikrga kelishiga va to‘g‘ri xulosa chiqarishiga yordam berish, erkin holda 
bahslashishga yo‘naltirilgan – muloqot;
- shaxsiy funksiyasini dolzarblashtirishga, uning muhim tanlashni amalga 
oshirish tajribasini to‘plashga, tanqidiy qabul qilishga, hayojonli muammolarni ijodiy 
yechishga refleksiyaga maxsus yo‘naltirilgan – dialog;
- mustaqil ishlash ko‘nikmasi, ijodiy fikrlash qobiliyati va jamoani boshqarish, 
yechim qabul qilish hamda uni bajarishni tashkil etish malakasini rivojlantirishga 
yo‘naltirilgan – o‘yinni e’tiborga olish.
Axborot texnologiyalari deb: dasturlashtirilgan, avtomatlashtirilgan, chiziqli 
texnologiyalarga e’tiborni qaratish;

Yüklə 123,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin