Istiqbollari haqida fikr va mulohazalar



Yüklə 123,09 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/12
tarix02.12.2023
ölçüsü123,09 Kb.
#171154
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
ta-lim-sifati-islohotlar-muammolar-yechimlar-va-istiqbollari-haqida-fikr-va-mulohazalar

- beshinchidan,
loyihalashni o‘quv dasturlariga kiritish. Bu juda muhim. 
Ma’lumki, pedagogik texnologiyalarning asosiy vazifalardan biri bu, faoliyatni, 
jarayonni loyihalash hisoblanadi. Shuning uchun ham bu fan dasturida o‘z aksini 
topishi kerak. Jarayonni loyihalashda:
- mavjud ma’lumotlarni tahlil qilish hamda o‘quv maqsadlari (ta’limiy, 
tarbiyaviy, rivojlantiruvchi)ni aniqlashtirishni;
- o‘qitishning texnologik usullari variantlarini tuzishni; 
- har bir variantni baholash va optimalini tanlash ya’ni, loyihalanayotgan 
jarayonning umumiy modelini yaratish va modellashtirishni;


Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 8 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
529 
w
www.oriens.uz
September 
2021
 
- tanlangan texnologik usulni amalga oshirish yo‘llarini, ya’ni pedagogning 
ta’lim oluvchilar o‘quv-bilish faoliyatini boshqarish bo‘yicha didaktik faoliyati 
tizimlarini ishlab chiqishni;
- jarayonni moddiy-texnik ta’minlashni tanlash kabilarga alohida e’tibor qaratish 
lozim; 
- oltinchidan,
mustaqil ta’lim, mustaqil ishni to‘g‘ri talqin etish. Ko‘pchilik 
o‘quv dasturida laboratoriya ishlari, mustaqil ishlar, seminar mashg‘ulotlari alohida-
alohida yoritilgan. Axir, bularning barchasi mustaqil ta’lim shakllariga kiradi-ku. 
Shuning uchun ham ularni fan dasturida “mustaqil ta’lim” nomi bilan alohida 
paragraf qilib yoritish lozim.
Shu bilan bir qatorda, ayrim fan dasturlarida barcha mustaqil ta’lim 
topshiriqlarini bajarish shakli sifatida faqat “referat yozish” berilganligini kuzatish 
mumkin. Bu hozir modadan qoldi-ku. Bugungi kunda t’lim oluvchilarga referat 
yozish kerak desangiz, ular ARMdagi yoki Internetdagi tayyor ma’lumotlarni 
ko‘chirib yozib kelishadi. Shuning chun ham hozirda ularga kasbiy sifatlarni 
rivojlantirishga yo‘naltirilgan muammoli vaziyatlarni yaratishga oid, shuningdek
muammoli savol va topshiriqlarga javob topishga qaratilgan vazifalarni ko‘proq 
berishimiz maqsadga muvofiq. Bu o‘z navbatida ularning o‘z ustlarida mustaqil 
ishlashlariga, ARM va Internet tarmoqlarida izlanishlariga, tajribali pedagoglar bilan 
hamkorlik qilishlariga, ularning u yoki bu manbalardan ma’lumotlarning ko‘chirib 
olishlari oldini olishga yordam beradi; 
- yettinchidan,
oxirgi 10-15 yil ichida foydalangan adabiyotlar bo‘lishi kerak 
deyilgan. Bu ayniqsa, pedagogika yo‘nalishida mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi. Chunki, 
bugungi 
kunda 
ajdodlarimiz, 
avlodlarimiz, 
bobolarimiz 
tuzuklaridan 
foydalanmaslikning iloji yo‘q. Shuning uchun foydalaniladigan adabiyotlar 
ro‘yxatiga yillar bo‘yicha chegara qo‘ymaslik kerak.
Ta’lim sifati, uning maqsad va vazifalarini, mazmunini, shakl, metod, 
texnologiya va vositalarini to‘g‘ri tanlash muhim. Har bir mashg‘uloti ta’lim 
oluvchilarda o‘quv-bilish kompetensiyalarini shakllantirishga, o‘quv adabiyotlaridan 
kerakli axborotlarni mustaqil topishga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim. Mashg‘ulot sifati 
o‘qilayotgan, tahlil qilinayotgan mavzuga pedagogning mas’uliyat bilan yondashishi, 
uning mazmunini ta’lim oluvchilarga yetkazishga qaratilgan mahorati, mashg‘ulotni 
bugungi kun talabi asosida tashkil etish va boshqarish uslubiy faoliyati bilan 
belgilanadi. Pedagog mavzuni yoritish uchun uning muhim bo‘lgan nazariya bilan 
asoslanganligi, fikrlarni mantiqan bog‘langanligini tushuntira olsa, ma’lum maqsadga 



Yüklə 123,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin