Istiqbollari haqida fikr va mulohazalar


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 123,09 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/12
tarix02.12.2023
ölçüsü123,09 Kb.
#171154
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
ta-lim-sifati-islohotlar-muammolar-yechimlar-va-istiqbollari-haqida-fikr-va-mulohazalar

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 8 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
531 
w
www.oriens.uz
September 
2021
 
Ushbu muammolarni bartaraf etishda quyidagilarga ko‘proq e’tiborni qaratish 
lozim: 
- o‘quv dasturlarini ilg‘or xalqaro tajribalar asosida tajribali pedagog hamda 
mutaxassislar bilan kelishgan holda tubdan takomillashtirish, kerak bo‘lsa ularning 
variativ variantlarini ishlab chiqish; 
- ta’lim oluvchilarda tanqidiy, kreativ fikrlashni, yangicha yondashuv 
uslublarida qobiliyatlarini shakllantirish
- nazariy va amaliy bilimlarni yaxlitligini ta’minlashga yo‘naltirilgan ilg‘or 
tajribalarni tatbiq etgan holda yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratish; 
- o‘quv mashg‘ulotida ta’lim oluvchilar faolligini oshirishni nazarda tutuvchi 
muammoli savol va topshiriqlarni ishlab chiqish hamda debatlarni yo‘lga qo‘yish; 
- o‘quv-bilish kompetensiyalarini rivojlantirish maqsadida ta’lim oluvchilar 
uchun tajribalar o‘tkazish, modellar yasash, loyihalash, modellashtirish, muammoli 
vaziyatlarni yaratish va ularni bartaraf etish, o‘z g‘oyalarini hayotga joriy qilishga 
yo‘naltirilgan rag‘batlantirish tizimini yaratish; 
- respublika va xorijdagi yetakchi mutaxassis-olimlar ma’ruzalarini hamda 
vebinar mashg‘ulotlarini onlayn audio-, videotranslyatsiyalar ko‘rinishida tashkil 
qilish; 
- o‘quv qo‘llanmalarini sohalardan kelib chiqib yaratish. Masalan, fizika darsligi 
bo‘yicha: tibbiyot-fizikasi, transport fizikasi, yengil sanoat-fizikasi va b.q.; 
- har bir fan bo‘yicha o‘quv yili uchun “Fan yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish; 
- pedagoglarning “Tahlil – muammo – yechim - natija” klasteri asosida o‘quv 
mashg‘ulotini tashkil etishini yo‘lga qo‘yish. Ma’ruzalarning ushbu klaster asosida 
o‘tkazilishiga erishish; 
- ta’lim oluvchilarning referat yozishlaridan voz kechib, “Tahlil – muammo – 
yechim - natija” klasteri yo‘nalishidagi bitiruv malakaviy ishlarini yo‘lga qo‘yish; 
- ta’lim oluvchilarning bilimlarini baholashda barcha baholash tizimlaridan voz 
kechib “yaxshi o‘zlashtirgan, o‘rtacha o‘zlashtirgan, past o‘zlashtirgan” tizimni 
kiritish (Izoh: a’lo bu ideal tushuncha. O‘zlashtirmadi deb hisoblash noto‘g‘ri, chunki 
biz maktabgacha ta’limda, umumiy o‘rta ta’limda, profta’limda, qolaversa oliy 
ta’limda bolani shuncha yillar nimaga o‘qitdik); 
- ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirishda quyidagi punktlarga e’tiborni 
qaratish: tadqiqot ishining tahlili, tahlil asosida aniqlangan muammolar, muammoni 
yechishga qaratilan maqsad va vazifalar, ularni amalga oshirishga yo‘naltirilgan 
metod, texnologiya va vositalar, tadqiqotning ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati, 
olingan natijalar va ularning amaliyotga tadbig‘i, xulosar va takliflar. 



Yüklə 123,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin