Buni biz san’atkor ijodida rangli haykaltaroshlik san’atining yuzaga kelganligi orqali guvohi bo’lishimiz mumkin. Ro’ziboev haykallaridagi shakl va hajmlarga bo’yoq berish bilan ularning sehrli olamini yanada mo’’jizali qila oladi. San’atkor bu bilan qoniqmasdan haykalda aks ettirilayotgan voqeani rangin sirlarini matolarda yanada to’ldiradi. Yana bir muhim tomoni D.Ro’ziboevning izlanishlari kelajak muammolarini talqin qilishga qaratilgan. San’atkor ko’tarinki ruh bilan musiqa, rangtasvir asarlarini o’rganib, o’z haykallarida mujassamlashga intiladi. Haykaltaroshning ajoyib fazilatlaridan yana biri uning asarlarida hissiy mazmundorlik boyib borayotganligidadir

Ana shunday mazmundorlik orqali u inson ma’naviyatini tobora to’laroq qamrab ifodalashga harakat qiladi. O’zbekiston tasviriy san’ati tarixi - jahon tasviriy san’ati tarixining ajralmas qismidir. O’zbekiston san’ati boy merosga ega. Hozirgi zamonda esa bizning rassomlarimiz va haykaltaroshlar butun dunyoga taniqli bo’lib qolgan. Dekorativ-amaliy san’atimiz esa qadim zamonlardan odamlarni zavqlantirib kelgan. Ustalarimiz ijodi nafaqatgina mustaqil O’zbekistonda, balki boshqa mamlakatlarda ham o’z obro’- e’tiboriga ega.

Madaniyat sohasidagi tub о‘zgarishlar, avvalo, teatr san’ata, milliy musiqa, me’morchilik, adabiyot sohalarida yaqqol kо‘zga tashlanadi.
Mustaqillik yillarida “Turkiston” saroyi, «Milliy teatr», Davlat konservatoriyasining yangi binolarining ochilishi, «О‘zbekiston xalqlari tarixi muzeyi», «Xalq amaliy san’ati muzeyi»ning qayta jihozlanishi bu sohaga bо‘lgan e’tiborning oshganidan dalolatdir.
Ayni paytda о‘zbek milliy teatr san’ati rivojlanish va takomillashish jarayonni boshdan kechirmoqda.
Respublikada musiqa va raqs san’atini rivojlantirish maqsadida «О‘zbekiston — Vatanim manim», «Ofarin», «Nihol» qо‘rik tanlovlari, an’anaviy «Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivallarining tashkil etilishi ayni muddao bо‘ldi. Bu sohada kо‘plab yosh ijodiy guruhlarning tuzilishi va ular faoliyatini istiqlol sharofatidan deb bilish darkor. Bugun milliy-an’anaviy qо‘shiqchiligimiz bilan milliy estrada san’ati ham tabora rivojlanmoqda.