6.2. Davlat boshqaruvi shakllari: imomlik va xalifalik
Dastlab birinchi xalifani saylash chog‘ida Alining xalifalikka bo‘lgan
huquqini faqat uch nafar sahoba – Abu Zarr al-G‘afforiy, Mihdad ibn al-
Asvad va fors Salmon al-Forsiy yoqlab chiqdilar. Biroq ularning
gaplariga hech kim quloq solmadi. Xalifa Usmon davrida jamiyatning
quyi tabaqalari o‘rtasidagi norozilikning kuchayishi bois Alining dovrug‘i
oshdi. Abu Zarr (653-y. v.e.) «Ali firqasi» shialik harakatining faol
85
tashkilotchisiga aylandi. Abu Zarr Damashqda, xalifa noibi Muoviya
huzurida hukmdor tabaqaning dabdababozligi va ochko‘zligini qoralab,
va’z aytdi. U payg‘ambarning oilasi, ya’ni Ali va uning Fotimadan
tug‘ilgan o‘g‘illari – Hasan va Husayn imomlik huquqiga egalar, deb
e’lon qildi.
Milodiy 653–655-yillarda xalifa Usmon hokimiyatiga qarshi
norozilik tobora kuchayib bordi. 656-yil may oyining boshlarida
Madinaga misrliklardan elchilar keldi. Usmon Alining vositachiligida ular
bilan muzokaraga kirishdi va qo‘yilgan talablarni qondirishga va’da berdi.
Ammo shundan keyin xalifa Misrdagi noibi ibn Abu Sarhuga elchilar
vataniga qaytgach, ularni qatl etishni buyurib, maktub yubordi. Biroq
yo‘lda misrliklar maktubni qo‘lga kiritdilar va Madinaga qaytib kelib,
boshqa norozilar bilan birga Usmonning uyini qamal qildilar. Ular
Usmondan xalifalikdan voz kechishni talab qildilar. Usmon rozi
bo‘lmadi. Shunda isyonchilar uni o‘ldirdilar.
Misrliklarning taklifiga ko‘ra (ularga kufaliklar va basraliklar ham
qo‘shildi) Ali ibn Abu Tolib xalifa deb e’lon qilindi. Ammo sahobalardan
Talha va az-Zubayr, shuningdek Aliga nisbatan adovatda bo‘lgan
payg‘ambarning bevasi Oyshaning tarafdorlari unga qarshi bosh
ko‘tardilar. Ular Alining qat’iyatsizligi va sustkashligidan foydalanib,
Basrani egallab oldilar. Ayni vaqtda qatl etilgan Usmonning qarindoshi,
Suriya hokimi Muoviya ham Aliga qarshi urush e’lon qildi. 656-yilning
dekabrida Basra shahri yaqinida bo‘lgan «tuyalar jangi»da Ali Talha va
az-Zubayrning kam sonli qo‘shinini tor-mor keltirdi. Oysha asir olindi.
Lekin Ali unga izzat-ikrom ko‘rsatib, qo‘yib yubordi. Shunday qilib, eski
muhojirlarning bir qismiga suyangan guruh tor-mor etildi. Payg‘am-
barning kuyoviga qarshi faqat birgina raqib – Muoviya qoldi. Ali o‘z
qarorgohini Iroqning Kufa shahriga ko‘chirib, suriyaliklarga qarshi urush
boshladi. 657-yilning iyulida Furot daryosining o‘ng qirg‘og‘idagi Siffin
degan joyda yuz bergan jangda Alining qo‘li baland kelgan bo‘lsa-da, u
raqiblari bilan kelishishga ko‘ndi. Alining harakatidan norozi bo‘lgan
askarlaridan 12 ming kishi jang maydonini tark etib, «xorijiylar» deb
atalgan diniy-siyosiy oqimni tashkil qildilar.
«Shialar» singari «xorijiylar» ham dastlab sof siyosiy firqa bo‘lgan va
keyinchalik alohida diniy oqimga aylangan. Alining tarafdorlari shundan
buyon «shialar» deb ataladi. Ular Ali va uning avlodlariga, shuningdek
avloddan avlodga o‘tuvchi xalifalik – imomat g‘oyasiga sodiqdirlar.
Ali bilan Muoviya o‘rtasidagi urush 658-yilda yana avj oldi. Biroq
Ali maslahatchilarining so‘ziga kirib, avaal «xorijiylar»ga qarshi yurish
86
qildi, ularning qo‘shinini Nahravon yaqinidagi jangda tor-mor keltirdi.
Lekin «xorijiylar» oqimi yo‘q qilib tashlanmadi. Shundan beri «shialar»
va «xorijiylar» o‘rtasidagi ixtilof murosasizlik tusini oldi.
Hazrat Ali 661-yil 19-yanvarda Kufa masjididan chiqayotganda
Abdurahmon ibn Muljam as-Sorimiy degan xorijiy tomonidan jaro-
hatlandi va ikki kundan so‘ng vafot etdi. Bundan avval (660-yilda)
Muoviya Quddusda xalifa deb e’lon qilingan edi. Oxirgi ikki yilda
ustunlik Muoviya tarafida bo‘lgan fuqarolar urushi Alining o‘limidan
so‘ng barham topdi. Shialar ikkinchi imom deb hisoblagan Alining katta
o‘g‘li Hasan Muoviya bilan tuzilgan bitimga ko‘ra, o‘z huquqlaridan voz
kechdi, buning evaziga ko‘p miqdorda pul va boy mulklar olib, Madinada
yashay boshladi. Muoviya o‘zining barcha raqiblarini afv etdi. U
xalifalikning barcha viloyatlarida xalifa deb tan olindi (uning xalifalik
davri 661–680-yillar). Muoviya davrida poytaxt Damashqqa ko‘chirildi,
chunki unga asosiy tayanch bo‘luvchilar Suriyada yashaydigan arab
qabilalari edi.
Ummaviylar sulolasining hukmronlik davrida (661–750) xalifalik ilk
feodal jamiyatga aylandi. Ummaviylar dunyoviy davlat qurdilar. Bu
muhojirlar va ansorlardan iborat diniy davlat tarafdorlarining noroziligini
kuchaytirdi. Madina muxolifat markazi bo‘lib qoldi. Lekin
Ummaviylarning eng xavfli raqiblari shialar va xorijiylar edi. Xorijiylar
qo‘zg‘olonlar ko‘tarishda doim quyi tabaqalar – dehqonlar, qashshoq
badaviylar, shahar hunarmandlari va qullarga tayanardilar. Xorijiylar
o‘tgan xalifalardan faqat Abu Bakr va Umarni tan olardilar, xolos. Ular
o‘z oralaridan «xalifalar» tayinlar edilar, lekin ularni xorijiylarning
o‘zlaridan boshqa hech kim tan olmasdi. Bularning barchasida ilk
xorijiylikning demokratik xususiyati namoyon bo‘ladi. Amalda ushbu
oqimning tarafdorlari musulmonlar jamoasini davlatning oliy organi, deb
hisoblaganlar, xalifalarga bu jamoaning xizmatkorlari sifatida qaraganlar.
Xorijiylar ta’limotiga ko‘ra, xalifa diniy jamoa tomonidan saylanadi
va jamoaga bo‘ysunadi. Har qanday taqvodor musulmon (hatto u qul yoki
qora tanli bo‘lsa ham) xalifa etib saylanishi mumkin. Agarda xalifa jamoa
manfaatlarini himoya qilmasa, vazifasidan bo‘shatiladi va hatto qatl
etiladi. Xorijiylar fikricha, e’tiqod amaliy faoliyat bilan mustahkamlanishi
shart.
VII asrning oxirida xorijiylar ko‘targan ko‘plab qo‘zg‘olonlar
ummaviylardan bo‘lgan xalifalar tomonidan shafqatsizlik bilan bostirildi.
Oxirgi qo‘zg‘olonlar xalifa Marvon II (744–750)ning davrida Mesopo-
tamiya va Arabistonda ko‘tarildi. Bu mashhur sarkarda qo‘zg‘olonni
87
bostirish uchun juda ko‘p harbiy kuch sarflashiga to‘g‘ri keldi.
Ummaviylar bilan shialar ham murosaga kela olmaganlar. Ummaviylar
bilan Alining avlodlari o‘rtasidagi xalifalik uchun kurashlar jarayonida
islom dini ikki asosiy yo‘nalish – sunniylik va shialikka bo‘linganini biz
yuqorida aytib o‘tdik.
Ilk shialar faqat arablar edi. Biroq, Ummaviylar davrida bu harakat
Iroq va Eronda ham keng tarqaldi. Shialar bu davlatlarning aholisiga
arablar bilan teng huquqlarni berishni va’da qildilar.
Xalifalik hokimiyatini avval Aliga, uning vafotidan keyin esa
avlodlariga berish masalasi shialar bilan ummaviylar o‘rtasidagi kurash-
ning siyosiy maqsadiga aylandi. Bu shialarning avloddan avlodga o‘tish
tamoyiliga asoslangan xalifalik hokimiyatini tan olishlarini anglatar edi.
Shialarga ummaviylarga qarshi kurashning g‘oyaviy asoslari zarur
edi. Ali Muhammad (s.a.v.) payg‘ambarning oilasidan chiqqanligi,
Alining o‘g‘illari – Hasan va Husayn payg‘ambarning nabiralari ekanligi
shialar uchun shunday asos bo‘lib xizmat qildi. Bundan tashqari, ular
ummaviylarni Qur’on qoidalaridan chetga chiqishda va dahriylikda
aybladilar. Yuzaga kelgan sharoitda shialar marhum Alining shaxsini o‘ta
ilohiylashtirib yubordilar. Shialarning hadislarida u nafaqat Muhammad
(s.a.v.) payg‘ambarga teng, balki ba’zan undan ham yuqori qo‘yiladi.
Ular o‘rtasida Allohning Muhammad (s.a.v.)ga aytgan quyidagi
«so‘zlari» keng tarqalgan: «...agar sen bo‘lmasang, men osmonni yarat-
magan bo‘lardim, lekin Ali bo‘lmasa, men seni yaratmagan bo‘lardim»
1
.
Usmon to‘plab kitob shakliga keltirgan Qur’onning 114-surasiga
shialar «Ikki ziyo» deb nomlangan yana bir surani qo‘shganlar. Bunda
«ziyo»lardan birinchisi Muhammad (s.a.v.) payg‘ambar, ikkinchisi Ali,
deya tan olingan. Shialar Qur’onning to‘plovchilarini uning mazmunida
Alining ilk islom tarixidagi rolini pasaytirib ko‘rsatganlikda ayblaganlar.
Sunna hadislari to‘planib, qayd etilishi jarayonida Qur’on matni va
diniy ta’limotning mazmuni ko‘proq ummaviylarning manfaatlariga
moslangan. Tabiiyki, shialar bu bilan kelisha olmaganlar, ular sunnani
inkor etib, Ali va uning tarafdorlari manfaatlari bilan bog‘liq hadislardan
iborat mustaqil to‘plamlar tuzganlar. Bunday to‘plamlar «Axbor» deb
atalgan.
Ko‘pgina islomshunoslar hadislarning bu ikki to‘plamini qarama-
qarshi qo‘ymaslik kerak, deb hisoblaydilar. Masalan, taniqli fransuz
sharqshunosi A. Masse: «Matnlarning aksariyati umumiy bo‘lib, roviylar-
1
Ԕɚɪɚɧɝ: Ʉɥɢɦɨɜɢɱ Ʌ.ɂ. ɂɫɥɚɦ: ɨɱɟɪɤɢ. – Ɇ., 1962. – ɋ. 113.
88
ning ismiga ko‘ra farq qiladi»
1
, – deb yozadi. Shunga qaramay, islom-
dagi asosiy yo‘nalish – sunniylik degan nom sunniylik ta’limotini tan
olishdan kelib chiqqan.
Muhammad (s.a.v.) payg‘ambar nabiralari – Hasan va Husayn
(Hazrat Alining o‘g‘illari)ning xalifalik siyosiy maydoniga chiqishga
urinishlari muvaffaqiyatsiz tugadi. Ularning mavqei va imomlik unvoni
ularga hokimiyatni egallash imkonini bermadi.
Xalifa Muoviya I ning o‘limi (680-yil) Ummaviylarga qarshi
muxolifatning bosh ko‘tarishiga turtki bo‘ldi. Kufa shialari Makkaga,
Alining ikkinchi o‘g‘li Husaynga vakillar yuborib, uni Kufaga taklif
qildilar va undan xalifa Yazidga qarshi qo‘zg‘olonga bosh bo‘lishini
so‘radilar. Shialar Alining katta o‘g‘li, ikkinchi imom Hasan 669-yilda
vafot etgach, Husaynni uchinchi imom deb e’lon qilgan edilar. Husayn
kichik lashkar bilan Makkadan Kufaga jo‘nadi. U jiyani Muslim ibn
Oqilni Kufaga o‘zidan ilgariroq yubordi. Biroq Kufa noibi Ubaydulloh
ibn Ziyod shialarning qo‘zg‘olonini avj olmasdan turib bostirdi, Muslim
Kufaga yetmasdan halok bo‘ldi. Husayn yo‘lda bundan xabar topdi, lekin
orqaga qaytishni xohlamadi. U yetmish nafar jangchisi, shu jumladan 18
yoshli jiyani, ularning xotinlari va bola-chaqalari bilan Kufa yaqinidagi
Karbalo dashtiga yetib kelganida, xalifa Yazidning sarkarda Umar ibn Said
ibn Abu Vaqqos boshliq bo‘lgan to‘rt ming kishilik qo‘shini ularni qurshovga
oldi. Husayn Umarning xalifaga taslim bo‘lish haqidagi talabini rad etdi,
uning odamlari bir hafta mobaynida tashnalikdan azob chekdilar. 680-yil 9-
oktabr tunida Husayn o‘z yaqinlariga vasiyat qoldirib, so‘nggi ko‘rsat-
malarini berdi. 10-oktabr kuni ertalabki namozdan keyin Husayn va uning
odamlari jangga kirdilar. Husayn jangda tengsiz mardlik ko‘rsatib,
tanasining 67 joyidan jarohatlanib, shahid bo‘ldi. Uning jangchilari ham
halok bo‘ldilar. Ularning tanasidan judo qilingan boshlari Damashqqa, xalifa
Yazidga yuborildi. Xalifa Husaynning asir olingan xotinlari, bolalari va
qarindoshlarini ozod qilib, Madinaga qaytishlariga ruxsat berdi. Karbalodagi
fojia shialarga juda kuchli ta’sir ko‘rsatdi. Ular uchinchi imom Husaynni
shahid, deb e’lon qildilar, Husaynning jasadi dafn etilgan Karbalo dashti
shialarning asosiy ziyoratgohlaridan biriga aylandi. Shialar hozirgacha imom
Husaynga motam tutadilar, «Shaxsey-vaxsey» deb nomlangan motam
yurishlari o‘tkazadilar. Bu ibora «Shoh Husayn, voh Husayn», degan
ma’noni anglatadi
2
.
1
Dostları ilə paylaş: |