89
Dastlabki imomlarning barchalari o‘ldirilgani shialarning
bu barcha
imomlarning qismati, deb hisoblashlariga asos bo‘ldi. Ilk islom davrida
musulmon jamoasida oliy hokimiyatga bo‘lgan huquq haqidagi fikrga
yakun
yasar ekanmiz, quyidagi xulosalarga keldik. Dastlab siyosiy
harakat sifatida vujudga kelgan shialik Husaynning o‘limidan (680-yil)
keyin o‘tgan 70 yil mobaynida, ya’ni xalifalik Abbosiylar sulolasining
qo‘liga o‘tgunga qadar (750-yil) diniy yo‘nalishga aylandi. Shialikning
diniy oqimga aylanishi zamirida shahid ketgan imomlar Ali va
Husaynning ruhlariga sig‘inish yotadi.
Shialik ta’limotida imomlarning mavqei sunniylik tizimidagidan
ancha yuqori qo‘yiladi. Shialik ta’limotiga ko‘ra, imomlar o‘z
hokimiyatini Allohning hukmiga asosan oladi, chunki Alining avlodlari,
sulolasida har qaysi imomning tug‘ilishi
Alloh tomonidan belgilab
qo‘yilgan. Imomlarning diniy yoki siyosiy masala yuzasidan chiqargan
har qanday hukmi qat’iy hisoblanadi. Aynan shu jihatdan shialik
sunniylikdan keskin farq qiladi. Zotan, sunniylikda uzil-kesil qaror
ulamolar va faqihlarning umumiy kelishuvi (ijmo) asosida
chiqariladi,
shialikda esa bunday qarorni imomning o‘zi chiqaradi.
Xalifalik o‘rta asrdagi davlat sifatida Arabiston yarim orolining
markaziy qismida yashagan arab qabilalarining birlashishi natijasida
vujudga keldi. VII asrda arab davlatchiligi yuzaga kelishining o‘ziga xos
xususiyati shundaki, mazkur jarayon diniy tusga ega bo‘lib,
yangi jahon
dini – islomning shakllanishi bilan bog‘liq holda yuz bergan. Majusiylik
va mushriklikdan voz kechish g‘oyasi ostida amalga oshirilib, qabilalarni
birlashtirishni bosh maqsad qilib qo‘ygan siyosiy harakat
–
«Hanafiylik
harakati» deb nomlangan.
Hanif – yakkaxudolikka e’tiqod qiluvchi, haqqa moyil, taqvodor
odam. Musulmonlarning rivoyatiga ko‘ra, islomgacha Arabistondagi
qabila xudolariga sig‘inishni rad etib, zohid, yakka xudoga astoydil
ishongan, ammo xristianlikka ham, yahudiylikka ham qo‘shilmagan va
Ibrohim (s.a.v.) dinida bo‘lgan odam «hanif» deb atalgan. Qur’onda
Ibrohim alayhissalom ham hanif deb atalgan, uning chinakam yakka
xudolikka asoslangan dinini Muhammad (s.a.v.) tiklagan, deb
hisoblanadi. Ibn Mas’udning naql qilishicha, Qur’onda «hanaf» atamasi
mavjud1, matnning boshqa variantlarida u «islom» atamasi bilan
almashtirilgan:
«Albatta, Alloh nazdida maqbul bo‘ladigan din faqat
islom dinidir. Ahli kitoblar (yahudiy va nasroniylar) ularga (islom va
Muhammadning haq payg‘ambarligi haqida) hujjat kelganidan keyin
90
faqat o‘zaro hasad-adovat qilganlari sababligina talashib-tortishdilar...»
(Qur’oni karimning «Ol-i Imron» surasi, 19-oyat).
VII asrning 20–30-yillarida, ya’ni o‘n
yil vaqt mobaynida
Madinadagi musulmonlarning davlat tuzilmasida tashkiliy qayta qurish
jarayoni tugallandi. Muhammad (s.a.v.)ning o‘zi bu jarayonda diniy
rahnamo va hakam vazifasini bajardi. Islom dini va jamoaning harbiy
kuchi yordamida yangi ijtimoiy-siyosiy tuzilmaning dushmanlariga qarshi
kurash boshlandi. Muhammad (s.a.v.) payg‘ambarning yaqin qarindosh-
lari va safdoshlari hokimiyatga bo‘lgan mutlaq huquqni qo‘lga kiritgan
imtiyozli guruh bo‘lib birlashdilar. Bu haqda biz yuqorida to‘xtalib o‘tdik.
Shuni qo‘shimcha
qilish mumkinki, VII asr va VIII asrning birinchi
yarmida Vizantiya va Eronning sobiq mulklaridan aksariyati, jumladan
Yaqin Sharq, O‘rta Osiyo, Kavkazorti, Shimoliy Afrika va Ispaniya fath
etildi. Arablarning qo‘shini Fransiya hududiga ham kirib keldi.
Shuni
ta’kidlash kerakki, arab jamiyatining rivojlanishi Sharq o‘rta asr
jamiyatlari tadrijiy rivojlanishining asosiy qonuniyatlariga bo‘ysungan,
diniy va milliy-madaniy omillardagina muayyan farqlar mavjud bo‘lgan.
Musulmon ijtimoiy tuzumiga xos xususiyatlar: yerga nisbatan davlat
mulk huquqining ustuvorligida, davlat xo‘jaligi (sug‘orish, konlar,
ustaxonalar)da qullar mehnatidan keng foydalanganida, dehqonlarga
davlat foydasiga ishlab berish shaklida soliq solinishida, jamiyat
hayotining barcha jabhalari davlat tomonidan
diniy qoidalar orqali
tartibga solinishida, shaharlarning alohida maqomga ega emasligida,
to‘laqonli tabaqalar, hech qanday erkinlik va imtiyozlarning yo‘qligida
namoyon bo‘ladi. Shaxsning yuridik holati diniy e’tiqod bilan
belgilanganligi sababli, musulmonlar va g‘ayridinlar (zimmiylar)ning
huquqiy maqomidagi farqlar asosiy o‘ringa chiqqan.
Rivojlanishning dastlabki bosqichida xalifalik nisbatan markazlash-
gan teokratik monarxiya bo‘lgan. Diniy hokimiyat (imomat) va dunyoviy
hokimiyat (amirlik) xalifa qo‘li ostida jamlangan. Bu ikki hokimiyat
uzviy va cheksiz hisoblangan. Dastlabki xalifalar ulamolar tomonidan
saylangan, ammo oradan ko‘p muddat o‘tmay xalifa hokimiyati uning
vasiyatiga ko‘ra, avloddan avlodga o‘tadigan bo‘lgan
1
. Keyinchalik vazir
xalifaning bosh maslahatchisi va uning huzuridagi oliy mansabdor
shaxsga aylangan. Musulmon huquqiga ko‘ra, vazirlarning
ikki toifasi
farqlangan:
keng vakolatga ega bo‘lgan vazirlar va vakolati cheklan-
Dostları ilə paylaş: