115
Musulmon huquqida harom qilingan, musulmonlarni dindan qaytara-
digan va chalg‘itadigan narsalar, musulmonlarga tegishli buyumlar
quyidagi kategoriyalarga bo‘linadi:
Ko‘char (manqul) va
ko‘chmas (g‘ayri manqul) buyumlar. Ko‘char
buyumlar bir joydan ikkinchi joyga ko‘chishi oson bo‘lgan, tortish va
o‘lchash orqali aniqlash mumkin bo‘lgan buyumlar hisoblangan. Hanafiy
mazhabining faqihlari ko‘chmas buyumlar sirasiga bir joydan ikkinchi
joyga ko‘chirib bo‘lmaydigan, ko‘chirilganda o‘z xususiyatini
yo‘qotadigan narsalarni kiritganlar. Yerga ishlov beriladigan barcha
buyumlar ham ko‘chmas buyumlarga kiritilgan. Musulmon huquqiga
ko‘ra, ko‘chmas mulk quyidagicha toifalanadi:
a)
mamluka – xususiy shaxslarning qo‘lidagi mulk;
b)
amiriya – davlat mulki.
Davlat yerlari bevosita mahalliy hokimiyat nazoratida bo‘lib,
xizmatchilarga iqto’ hisobida berilgan, dehqonlarga ijaraga ham berib
turilgan. Umumjamoat foydalanadigan yo‘llar, ko‘chalar, davlat muassa-
salari davlat nazoratida bo‘lgan. Arab xalifaligi zaiflashgach, mahalliy
zodagonlarning hokimiyati, nufuzi ortib borgan. Asta-sekinlik bilan
ko‘pgina yerlar xususiylashtirilgan:
d)
matruka – tashlandiq yerlar bo‘lib, umum foydalanadigan yaylov,
o‘rmon maydonlaridir;
f)
amvot – o‘lik yerlar.
Qur’on ta’limotiga ko‘ra, bunday yerlar xohlovchilarga ishlov berib,
ularni jonlashtirish uchun evazsiz foydalanishga topshirilgan. Yuqorida
sanab o‘tilgan barcha buyumlar shartnomaviy munosabatlarning
predmeti bo‘lishi mumkin. Mulkning asosiy belgisi uning foyda keltira
olish xususiyatidir. Shialikda esa, inson mehnati ham mulk va boylik
manbai hisoblangan. Mulkka bo‘lgan huquqni egallash yoki huquqni
yo‘qotish qozilar tomonidan amalga oshirilgan.
Islomda ikki xil qaror mavjud:
birinchisi – vaz’iy, ya’ni shartli;
ikkinchisi – majburiy. Ushbu qarorlar orqali jamiyat manfaatlari
ko‘zlanib, biror xatti-harakat taqiqlangan yoki unga ruxsat berilgan.
Shartli qarorlar foydalanishdan olib qo‘yilgan narsalar xususida bo‘lgan.
Misol uchun, davlat nazoratida bo‘lgan yerlardan foydalanuvchilarga
ularni ijaraga berish yoki sotib yuborish taqiqlangan.
Dostları ilə paylaş: