145
Ijmoga ko‘ra dalil. Islom olimlari
sahobalar davridan tortib, to shu
kungacha qazoning hukm jihatdan ham, taqlid jihatdan ham qonuniyligiga
ijmo qilganlar
1
.
Muhammad ibn Abdulloh (payg‘ambarimiz) Madinaga hijrat
qilganidan so‘ng, u yerda islom jamoasiga (ummaga) asos soldi.
Keyinchalik uning mazkur jamoa a’zolariga diniy-huquqiy masalalar
yuzasidan ko‘rsatmalar bergani, nizoli masalalarda hakamlik qilgani tarix
kitoblarida bayon qilingan.
Islom tarixida birinchi qozi, albatta Muham-
mad (s.a.v.) hisoblanib, hayotlik vaqtida bir qancha ishlar yuzasidan
qozilik qilgani, sud jarayonida ishtirok etib, ayblanuvchilarning
iqrorlariga o‘zlari shohid bo‘lgani manbalarda bayon qilingan.
Payg‘ambar vafotidan so‘ng, bu vazifani davlat boshliqlari – Xulafoi
roshidinlar amalga oshirganlari. Hazrati
Umar ibn Hattob Madina, Basra,
Kufa shaharlarining dastlabki qozilarni tayinlagan. Shundan keyin qozilar
yirik shaharlar va viloyatlarda, harbiy yurishlar vaqtida esa qo‘shinlarda
ham tayinlana boshlagan.
Ummaviylar xalifaligi davrida bosh sudya bu xalifa hisoblangan.
Xalifa olim, faqih musulmonlar ichidan tanlab olib, qozilik lavozimiga
qo‘ygan. Islom mamlakatlarida sudning uchta turi mavjud edi:
a)
mazolim sudlar, ya’ni joylarda xalifaning buyrug‘iga ko‘ra tashkil
etiladigan sudlar;
b) musulmon normalari bo‘yicha
tashkil etilgan oddiy sud;
d)
zimmiylik sudlari. Musulmon bo‘lmagan fuqarolarning ishlari bilan
shug‘ullanuvchi davlat sudlari.
Abbosiylar xalifaligi davrida davlat sud organlarida bir qancha
o‘zgarishlar qilingan. Fuqarolik ishlari bilan shug‘ullanuvchi sud jinoyat
sudidan ajratilgan. Eng yuqori sud –
Devon un-nasr-al mazolim (ya’ni
mazlumlarga yordam beruvchi vazirlik, sud), deb nomlangan. Sudning
raisi xalifa yoki adliya vaziri bo‘lgan. Mazlumlar sudining raisi barcha
sudlar ustidan nazorat olib borgan. Zarurat tug‘ilganda, xalifa tomonidan
favqulodda sud (oliy sud) chaqirtirilishi ham mumkin bo‘lgan. Mazkur
sud tarkibiga xalifa, (bosh sudya) kotib, bosh qozi va faqihlar kiritilgan.
Oliy sudning qarorlari qatyiy bo‘lib, shikoyatga yo‘l qo‘yilmagan. Barcha
viloyat sudlari bosh qoziga hisobot topshirganlar. O‘z davrida
Abu Yusuf
ham bosh qozi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. Ko‘pchilik olimlar Abu
Yusufning «Xiroj» nomli qo‘llanmasini butun imperiya hududida yagona
qo‘llanma sifatida tarqatilganini va u birinchi manbaligini e’tirof etganlar.
1
Ԕɚɪɚɧɝ: ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ ɆȾȺ, Ɋ-38-ɠɚɦԑɚɪɦɚ, 1-ɪʆɣɯɚɬ, 46-ɢɲ, 97-ɜɚɪɚԕ.
146
Dastlab qozi mayda xizmatchi bo‘lib, hokim unga sudlov
majburiyatlarini bajarishni buyurardi. Ma’lumki, jinoyat yoki ma’muriy
sudlar amaliy zarurat, ya’ni xalifalarning dunyoviy (diniy emas)
hokimiyatlari yo‘qolayotgan shart-sharoitlar ta’sirida shakllangan.
Fuqarolik ishlariga oid vazifalar musulmon bo‘lmaganlar (yahudiylar va
xristianlar)ga ham topshirilishi mumkin bo‘lgan, qozilik vazifasini faqat
musulmonlargina bajargan. Boshqa din vakillari uchun maxsus sud
muassasalari bo‘lgan. Ammo ular o‘z nizo va tortishuvlarini musulmon
qozisining hukmiga havola qilishlari zarur bo‘lgan. Qozining mahka-
masida qozilar kengashi (mashura) faoliyat ko‘rsatgan. Idoraning
asosiy
vazifasi maslahat berish bo‘lgan, muhokamada qatnashmaydigan, biroq
rasmiy shohidlik vazifasini bajarib, sud jarayoni amalga oshganini
tasdiqlaydigan, notariusga o‘xshash ikki
adul – uning ijrosini ta’min-
lagan.
Dostları ilə paylaş: