135
Had, qasos va diya jinoyatlarining ta’zir jinoyatlaridan
farqi shuki,
ularga hukmlar aniq, yozma belgilangan bo‘lib, o‘zgartirmay ijro etiladi.
Ta’zir jinoyatlariga hukm chiqaruvchi qozidir. U jinoyat uchun jazo
belgilayotganda, jamiyatdagi ahvolni ham hisobga oladi. Jamiyatdagi
ahvol deganda, uning kechagi hayoti bilan bugungisi o‘rtasida farq bo‘lsa,
uni e’tiborga olish ko‘zda tutiladi.
Jinoyatlarning had, qasos, diya, ta’zir kabilarga bo‘lish quyidagi
sabablarga asoslangan:
–
birinchidan, afv etish masalasi bo‘lib, had jinoyatlari afv
etilmaydigan jinoyatlar hisoblanadi. Bunday jinoyatni sodir etgan kimsani
jabrlanuvchi ham, hakam ham jazodan ozod etolmaydi. Ulardan biri afv
etgan taqdirda ham, uning afv hech qanday kuchga ega bo‘lmaydi. Qasos
jinoyatlarida esa jinoyatchini
uqubatdan faqat jabrlanuvchi, agar u hayot
bo‘lmasa, uning qarindoshlari ozod etadilar. Ushbu jinoyatda jabrlanuvchi
olamdan o‘tsa-yu, uning yaqinlari bo‘lmasa, u holda davlat hokimi
jinoyatchini jazodan ozod etish huquqiga ega bo‘ladi. Ta’zir jinoyatlarida
afv etish huquqi qozi kalonga beriladi. Ammo undan jabrlanuvchining
haqiga to‘liq rioya etgan holda afv etish talab qilinadi;
– ikkinchidan, qozining hudud jinoyatlaridagi huquqi. Hudud
jinoyatlari sodir etilganda, jazolar qozi
tarafidan musulmon huquqida
belgilanganidek, nuqsonsiz berilishi lozim bo‘ladi. Qozining hudud
jinoyatlari jazolarini kechiktirishi mumkin emas. Uning hudud masala-
laridagi huquqi juda cheklangan bo‘ladi. Qasos jinoyatlari bo‘yicha ham
qozi cheklangan huquqqa ega bo‘ladi. Agar jinoyatchi jabrlanuvchi
tarafidan afv etilsa, qozi unga
diya jazosini belgilaydi. Jinoyatchi dildan
ham afv etilsa, qozi unga ta’zir jazosini belgilaydi.
Bunday jazoda esa
unga katta huquq berilgan bo‘ladi.
Ta’zir jinoyatlarida qoziga katta huquq berilgan. U o‘z hukmi bilan
jazo turlarini belgilaydi. Uning og‘ir yoki yengil bo‘lishini ham ko‘rsatib
beradi. Jinoyatchini ozod etish ham uning hukmida bo‘ladi;
–
uchinchidan, yengillashtiruvchi holatlarni inobatga olish. Hudud,
qasos, diya jinoyatlarida yengillashtiruvchi holatlar mavjud bo‘lmaydi.
Ularga beriladigan jazolar muqarrar bo‘lib, ko‘rsatilgan hech qanday
sabablar inobatga olinmaydi. Ammo ta’zir jinoyatlarida yengillashtiruvchi
holatlar mavjud bo‘lib, qozidan yengilroq jazoni tanlash talab qilinadi;
–
to‘rtinchidan, jinoyatning isboti masalasi. Musulmon huquqida
hudud, qasos jinoyatlarining isboti uchun muayyan guvohlar talab
qilinadi. Masalan, zino jinoyati uchun to‘rtta guvohni shahodat qilish
136
talab qilinadi. Boshqa turdagi jinoyatlar uchun ikkita guvoh talab etiladi.
Ta’zir jinoyatlarida esa bitta guvohning shahodati ham joiz, deb qaraladi.
Jinoyatlar maqsadiga ko‘ra,
qasddan va
ehtiyotsizlik natijasida sodir
etilgan jinoyatlarga bo‘linadi. Qasddan sodir etilgan
jinoyatlar deganda,
jinoyatchining bir amalni bajarish mumkin emasligini bila turib, uni
bajarishi tushuniladi. Ushbu nisbat jinoyatning umumiy sifati, deb
qaraladi. Endi uning xususiy jihatiga qaralsa, jinoyatchi bajaradigan
amalining natijasini oldindan belgilab olishidir. Bunday umumiy va
xususiy jihatlar e’tiborga olinadigan jinoyat qasddan sodir etilgan jinoyat,
deb ko‘rsatiladi.
Agar jinoyatchi jinoyatining natijasini oldindan belgilab olmagan
bo‘lsa,
shubhali qasd, deb yuritiladi.
Ehtiyotsizlik tufayli sodir etilgan jinoyatga uni sodir etgan shaxs
taqiqlangan amalni bajarishni niyat qilmagan, balki xatolik yuzasidan
sodir etgan, deb yuritiladi. Xatolik ikki turga bo‘linadi:
jinoyatchi bir ishni bajarayotgan bo‘lib, bu ish tufayli jinoyat sodir
etishi. Masalan, bir kishi yo‘lni toshlardan tozalayotib, ularni to‘g‘ri
kelgan tomonlarga otayotganda, bir
tosh bir odamga tegib, uni o‘ldirib
qo‘ysa yoki ovchi mo‘ljalni noto‘g‘ri olib, bir kishini nobud qilsa, mazkur
amallar xatolik yuzasidan sodir etilgan jinoyatlar, deb hisoblangan;
kishining hech bir ishni oxirigacha bajarmay, ehtiyotsizlik oqiba-
tida jinoyat sodir etishi. Masalan, bir kishi quduq qazib, uning yon-
atrofini to‘sib qo‘ymay, tashlab ketsa va boshqa kishining unga tushib,
cho‘kishi natijasida o‘lishi.
Ushbu bo‘linishdan maqsad jinoyatchiga jazo belgilash uchundir.
Agar jinoyatning qasddan bajarilganligini isbotlashga dalillar yetishmasa,
jinoyatchi jazodan ozod etiladi. Jinoyatchi jinoyatni
ehtiyotsizligi tufayli
sodir etgan bo‘lsa, u jazoni faqat ehtiyotsizlik qilgani uchun oladi.
Qasddan sodir etilgan jinoyat qasdsiz jinoyatdan tubdan farq qilib, ba’zi
vaqtda kishi qasdsiz jinoyat sodir etgan bo‘lsa, jazodan umuman xalos
qilinmasligi ham mumkin.
Jinoyatlar sodir etilgan vaqtiga qarab,
ochiq, noaniq va mujmal
jinoyatlarga bo‘linadi. Agarda jinoyat sodir etilganiga ko‘p vaqt
o‘tmagan, shuningdek uni aniq ko‘rgan guvohlar mavjud bo‘lsa, mazkur
hodisa ochiq, aniq jinoyat, deb yuritiladi.
Jinoyatlarning sodir etilgan vaqtlari aniq bo‘lmasa, noaniq jinoyatlar,
deyiladi. Ushbu ajratish musulmon huquqida ikki maqsadni ko‘zda tutadi:
Dostları ilə paylaş: