128
Faqatgina uning tasarrufi tufayli o‘zgalarning mulkiga yoki shaxsiga
ziyon yetayotgan bo‘lsa, uning
faoliyatiga aralashish, tartibga chaqirish
mumkin bo‘ladi. Musulmon huquqida xususiy mulkni himoya qiluvchi
ko‘plab normalar mavjud. Payg‘ambar alayhissalom:
«Insonning obro‘si,
izzat-nafsini to‘kish harom, mulkiga tajovuz qilish jinoyatdir», – deganlar.
Yana bir hadisida dinidan qat’i nazar, shaxsning xususiy mulkiga ko‘z
olaytirishdan, unga tama qilishdan qaytarib, bunday salbiy holatlar
islomdan emas, deganlar
1
. Xususiy mulk egaligi to‘g‘risida ko‘plab
fikrlar mavjud. Hanafiy mazhabining namoyandalari mulkka 15 yil egalik
qilish bilan bu mulk xususiy mulkka aylanadi, degan fikrni bildirganlar.
Shunga ko‘ra, 15 yil biror mulkka egalik qilgan fuqarolar o‘sha mulkka
tamoman ega bo‘lib qoladilar. Molikiy mazhabi fikricha, ko‘chmas
mulkka o‘n yil, ko‘char mulkka nisbatan ikki-uch yil egalik qilgan shaxs,
agar o‘sha mulk egasi e’tiroz
bildirmas ekan, uning tamoman egasi bo‘lib
qoladi. Molikiy mazhabi tarafdorlari o‘z so‘zlariga Muhammad
(s.a.v)ning:
«O‘n yil davomida buyumga egalik qilgan shaxs uning egasi
bo‘lib qoladi»,– degan hadisini dalil sifatida keltirganlar. Mazkur fikrga
e’tiroz bildiruvchilar:
«Vaqt o‘tishi bilan ham mo‘minning huquqi bekor
bo‘lmaydi», – degan hadisni dalil o‘rnida keltirganlar.
Da’vo muddatining vaqti haqida ham ulamolar orasida ixtiloflar (turli
fikrlar) mavjud bo‘lgan. Ba’zilar uni 15 yil, deb belgilasalar, ba’zilar 30
yil, deb belgilaganlar. Keyinchalik
bu muddatlar turli islom
mamlakatlarida o‘z mahalliy sharoitlaridan kelib chiqib, qisqartirilgan.
Agar narsaning o‘zi va uning mevasi ham xususiy mulk obyekti
hisoblansa, bunday egalikka tamomila egalik huquqi deyiladi. Ammo,
xususiy mulk obyektiga mulkdan olingan foyda yoki uning mevalari
kirsa, bunday egalik shakliga «irtifoq», ya’ni uzufrukt deyiladi.
Musulmon huquqiga ko‘ra, egalik fuqarolik bitimlari, meros olish va
g‘animatlarga ega bo‘lish orqali qo‘lga kiritiladi. Mulkni xususiylash-
tirishning boshqa shakllari ham bor. Agar biror odamning mulki boshqa
bir shaxsning mulki bilan qo‘shilib ketib, so‘ng ularni ajratib olishning
iloji bo‘lmasa, unday holda yangi buyum va egalikning yangi bir shakli
kelib chiqadi. Abu Hanifaning fikriga ko‘ra, bu holatda
xususiy mulk
egasi o‘z mulkiga qo‘shilib ketgan molning pulini to‘lashi shart. Imom
Shofi’iyning fikricha, mazkur mulkning egalari uning bo‘linishini talab
qilish huquqiga egadirlar, agar o‘sha mulkni bo‘lishning imkoniyati
1
Ԕɚɪɚɧɝ:
Ⱥɛɭ Ɇɭɫɨ Ⱥɲɴɚɪɢɣ. Ⱥɥ-ɦɚɜɫɭɚɬɭ ɮɢɥ ɢɫɥɨɦ (ɂɫɥɨɦɞɚɝɢ ɤɟɧɝɱɢ-
ɥɢɤ). – Ȼɚɣɪɭɬ, 1986. – 88 ɛ.
129
bo‘lmasa, ikkala shaxs ham o‘sha mulkka ega hisoblanadilar.
Musulmon
huquqi o‘zaro urushlarda egasiz sochilib yotgan ashyo-buyumlarga
g‘animat sifatida ega bo‘lishga, tabiat resurslariga ega bo‘lishga,
hayvonlarni ov qilishga, daryodagi ne’matlardan foydalanishga ruxsat
bergan. Qur’oni karim ta’limotiga ko‘ra, o‘lja olingan mol-mulklar uch
toifaga bo‘linadi:
1) anfol – asosan dushmanlardan urushlar natijasida
tortib olingan yer
maydonlari. Bunday yerlar hech kimning xususiy mulki bo‘la olmaydi.
Davlat boshlig‘i ushbu yerlarni tasarruf qiladi. U o‘z xohishi bilan bu
yerlarni xohlagan odamiga bera oladi. Bunday yerlar kimlargadir hadya
qilinadigan, vaqf uchun beriladigan xususiy mulk obyekti bo‘la olmaydi.
Mazkur yerlardan olingan foyda chegaralarni mustahkamlash, yo‘l,
ko‘prik
qurilishlari uchun ishlatilgan;
Dostları ilə paylaş: