Isxakov S. A. Musulmon huquqi: IIV oliy ta’lim muassasalari uchun darslik / S. A. Isxakov, A. R. Raxmanov



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/70
tarix24.04.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#101857
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   70
islom huquqi

Savol va topshiriqlar 
1. O‘zbekistonlik allomalarning musulmon fuqarolik huquqi rivojiga hissa 
qo‘shgan asarlarini bilasizmi? 
2. Markaziy Osiyo xalqlari hayotiga musulmon fuqarolik huquqining 
ta’siri haqida gapiring. 
3. «Mulk huquqi» tushunchasini yoriting. 
4. Burhoniddin Marg‘inoniyning «Hidoya» asarining fuqarolik huquqini 
o‘rganishdagi ahamiyatini tushuntiring. 
9-BOB. MUSULMON JINOYAT HUQUQI 
9.1. Islomda «jinoyat» tushunchasi va turlari 
Musulmon jinoyat huquqining asosi «jamiyat va shaxs huquqi» 
tushunchalari bo‘lib, ular orqali jamiyatdagi barcha huquqiy qoidalar 
belgilanadi. Islom fiqhshunoslari jinoyat huquqini – jamiyatning umumiy 
nizomini va maslahatini muhofaza etuvchi huquq, deya izohlaganlar. 
Ushbu huquqni ular Allohning haqi bilan bog‘laganlar. Musulmon 
huquqida Alloh haqi muqaddas bo‘lib, uni bajarish, unga rioya qilish 
majburiy, deb belgilangan. Bu qoidadan tashqari biror shaxs manfaatini 
ko‘zlash va uni jazodan ozod qilishning imkoniyati umuman berilmagan. 
Musulmon huquqida ibodatlar ham, jazo berish ham Alloh haqini berish 


132
deb qaralgan. Demak, jinoyat huquqini buzganlik uchun jazo berish 
ibodatdek qabul qilingan
1
.
«Shaxs haqi» tushunchasiga kelsak, har qanday jabrlangan shaxs 
o‘ziga tegishli haqni to‘liq qaytarib olish huquqiga ega bo‘lgan. 
Jinoyatchiga jabrlanuvchiga ko‘rsatgan zarariga qarab jazo belgilangan, 
shuningdek jabrlanuvchining talablarini to‘liq qondirish ta’minlangan. 
Jamiyat va shaxs huquqlarini buzadigan zararli amallar Qur’on ahkom-
larida keltirilgan, hadislarda esa sharhlanib to‘ldirilgan. Fiqh olimlari 
ularni tartibga keltirib, o‘ziga xos huquqiy qoidalar majmuini tuzganlar. 
Musulmon jinoyat huquqida jinoyat va uqubat masalalari asosiy 
o‘rinlarni egallagan. Bu masalalar bir-biri bilan uzviy bog‘langan bo‘lib, 
hatto jinoyatlarga beriladigan jazolarning nomlari bilan bog‘lab 
yuritilgan. Masalan: had uqubatlari – had jinoyatlari yoki qasos uqubatlari 
qasos jinoyatlari, ta’zir uqubatlari – ta’zir jinoyatlari. 
Had uqubatiga mansub jinoyatlar jamiyatga xilof bo‘lib, og‘ir jazoga 
mustahiq ko‘rilgan. Bunday jinoyatlar isbotlangan taqdirda, afv etilmay, 
ularga jazolar ko‘paytirilmay yoki kamaytirilmay belgilangan. Qasos 
uqubatiga loyiq qasos jinoyatlari esa shaxs huquqiga tegishli bo‘lib, qasos 
jazosi bilan jazolangan. Bunda jinoyatchi qilgan jinoyatiga mos ravishda 
jazolangan. Agarda jinoyatchi biror shaxsni o‘ldirgan bo‘lsa, o‘ldirilgan. 
Qo‘lini kesgan bo‘lsa, qo‘li kesilgan. Bunday jinoyat sodir etilgandan 
so‘ng, jabrlanuvchining qarindoshlari xohlasalar, jinoyatchini afv etish 
huquqiga ham ega bo‘lganlar. Ta’zir uqubatiga mansub jinoyatlar esa bir 
vaqtning o‘zida jamiyat va shaxs maslahatiga xilof bo‘lgan. Bunday 
jinoyat uchun og‘ir jazo belgilanmay, ayrim hollarda odobga chaqirish 
bilan cheklanilgan. Bu jinoyatlar uchun jazolarni qozilar belgilaganlar. 
Kishi qilmishining jinoyat, deb hisoblanishi uchun avval ma’lum 
hukm, so‘ng ma’lum jazo belgilanishi kerak bo‘lgan. Biror qilmishga jazo 
belgilanishi uchun hukm talab qilingan, hukmsiz jazo rad etilgan. 
Musulmon jinoyat huquqidagi shar’iy hukmlar asosan to‘rt manba, ya’ni 
Qur’on, sunna, ijmo va qiyosdan olingan. Bulardan tashqari ikkinchi 
darajali manbalar ham mavjud bo‘lib, bular istihson, istisloh, urf-odat 
hisoblangan. Yuqorida ko‘rsatilgan to‘rt manbadan olingan hukmlar vojib 
hukmlar, deb yuritilgan. 
Islom jamiyatida jinoyat huquqi ma’lum jamiyat maslahatlarining 
(arab jamiyati uchun foydali ijtimoiy munosabat) muhofazasini ta’minlab 
1
Ԕɚɪɚɧɝ: ȺɛɞɭɥΙɨɞɢɪ ȸɞɚ. ɂɫɥɨɦ ԟɭԕɭԕɢɞɚ ɠɢɧɨɹɬ ԕɨɧɭɧɥɚɪɢɧɢ ɞɭɧɺɜɢɣ
ԕɨɧɭɧɥɚɪ ɛɢɥɚɧ ԕɢɺɫɢɣ ʆɪɝɚɧɢɲ. ɀ. 1. – Ȼɚɣɪɭɬ, 1985.


133
turadi. Jamiyat maslahatlari beshta tarkibdan iborat. Bular: din, nafs, mol, 
aql, nasl. 
Din – insonga insoniy xususiyatlarni belgilab beruvchi nizom bo‘lib 
xizmat qiladi. Uning himoyasi uchun ibodatning hamma turlari 
qonunlashtirilgan. Unga rioya qilish jinoyat huquqi tomonidan nazorat 
qilinadi. Islom dinida ibodatga inson ruhini poklovchi, salomatligini 
saqlovchi va uni tarbiyalovchi omil sifatida qaraladi. Musulmon huquqi 
esa ibodat hukmlarining bajarilishini ta’minlaydi va u dinning himoyasida 
turadi. 
Nafs – inson hayoti hisoblanib, inson uchun berilgan eng katta ne’mat 
sanaladi. Inson hayotiga uning shaxsiyati ham taalluqli bo‘lib, tuhmat va 
haqorat kabi illatlardan inson hayotini himoya qilish ham huquqning 
vazifasiga kiradi. Shuningdek, jinoyat huquqi erkin fikrlilikni va erkin 
diniy qarashlarni ham himoya qiladi. Unga «qatl» va «jarohat» 
tushunchalari zid bo‘lib, jinoyat huquqi inson hayotini ulardan himoya 
qilib turadi. 
Aql himoyasi – aqlni har xil zararli illatlardan to‘sish, jamiyatning 
osoyishtaligi va rivojlanishini ta’minlash kabi vazifalar bilan bog‘liq. 
Islom jamiyatining har qaysi a’zosi aqlan salomat bo‘lishi, jamiyatga 
yaxshilik va naf keltirib turishi lozim. Chunki aql faqat uning egasiga 
emas, balki jamiyatga ham tegishli hisoblanadi. Shuning uchun ham 
jamiyat insonning sog‘lomligi uchun mas’uldir. 
Nasl muhofazasi – insoniyatning davom etishini ta’minlashdir. Katta 
avlod, ya’ni ota-ona yosh avlodga g‘amxo‘rlik ko‘rsatib, tarbiya berishi, 
uni himoya qilishi nasl muhofazasining asosi hisoblanadi. Huquq esa 
oilaning yuzaga kelishini, uning buzilmasligini himoya qilib turadi, 
oilaning buzilishiga olib keladigan illatlar, zino, tuhmatchilik, fohishalik 
kabilarga qarshi kurashadi. Buni ularga belgilanadigan og‘ir jazolar ham 
tasdiqlaydi. 
Mol muhofazasi – mol-mulkni o‘g‘riliklar, talon-toroj va turli 
tajovuzlardan himoya qilishdir. Jinoyat huquqi kishilar o‘rtasidagi mol 
oldi-berdilarining adolat bilan olib borilishini ta’minlaydi. Uni muhofaza 
qilib, tartib bilan tasarruf etadigan kishilar qo‘liga o‘tishini 
rag‘batlantiradi. 
Jinoyatlar taqiqlangan amallar hisoblanib, belgilangan jazoga 
mustahiq hisoblanadi. Ular bir qancha turga bo‘linadi. Jinoyatlar qaysi 
jihatdan ko‘rilishicha qarab, quyidagi turlarga bo‘linadi: agar jinoyatlarga 
beriladigan jazo nuqtai nazaridan qaralsa, hudud, qasos yoki diya va
ta’zir jinoyatlariga; jinoyatchining maqsadi nuqtai nazaridan qaralsa


134
qasddan va qasdsiz sodir etilgan jinoyatlarga; jinoyat vaqti nuqtai 
nazaridan qaralsa: aniq va noaniq hisoblangan jinoyatlarga; agar 
jinoyatlarning oqibatlari nisbatiga qaralsa, ijobiy va salbiyqayta 
takrorlanuvchivaqtinchalik va davom etuvchi jinoyatlarga, jinoyat 
tarkibi bo‘yicha, uni: toifaga qarshima’lum shaxsga qarshioddiy va
siyosiy jinoyatlarga ajratish mumkin. 

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin