Isxakov S. A. Musulmon huquqi: IIV oliy ta’lim muassasalari uchun darslik / S. A. Isxakov, A. R. Raxmanov



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/70
tarix24.04.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#101857
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   70
islom huquqi

qasam, munaqida qasamlag‘v qasamga bo‘lganlar. 
G‘umus qasam – o‘tgan bir ish yuzasidan yolg‘onni qasd qilib 
ichilgan qasamdir. Musulmon huquqida bunday qasamni ichgan shaxs 
gunohkor hisoblanadi. Bu haqda Abu Umoma ibn Hubbon Muhammad 
(s.a.v.)dan: «Kimki yolg‘ondan qasam ichsa, Alloh uni do‘zaxga 
kirgizadi», – degan hadisni rivoyat qilgan. Musulmon huquqi bo‘yicha 
bunday qasam sohibiga kafforat yo‘q, balki tavba va istig‘for lozimdir. 
Imom Shofi’iy: «Bunday kimsaga ham kafforat vojib bo‘ladi, chunki 
kafforat Allohning ismiga hurmatsizlik tufayli sodir bo‘lgan gunohni 
o‘rtadan ko‘tarish uchun mashru’ qilingan. G‘umus qasam sohibi 
Allohning ismini aytib ichgan yolg‘on qasami bilan ushbu kafforatga 
mustahiq bo‘ldi, bu go‘yo munaqida qasamga o‘xshaydi»,– degan. Bunga 
javoban Hanafiy mazhabining ulamolari: «G‘umus qasam ayni kabira 
gunohning o‘zidir, kafforat esa niyat sharti bilan ro‘za tutishlik ila ado 
qilinadigan ibodatdir. Kabira gunohga esa hech evaz, badal yo‘qdir. 
Munaqida esa boshqa narsa bo‘lib, bu qasam asli muboh sanaladi. Kishi 
bu qasam bilan gunoh sodir etmaydi, balki uni buzishi bilan jarima lozim 
bo‘ladi. Shuning o‘zi ham munaqida qasamning g‘umusdan katta farqi 
borligini isbotlab turibdi», – deganlar. Munaqida qasami haqida aniqroq 
qilib aytganda, bu bir kimsaning kelajakda bir ishni albatta qilaman (yoki 
qilmayman), deb qasam ichishidir. Qachonki u ushbu qasamini buzsa, 
unga kafforat vojib bo‘ladi. 
Lag‘v qasami haqida qonunshunoslar: «Bu bir kishi o‘tgan ish haqida 
o‘z gumonicha fikrlab, «Allohga qasamki, bu shundoq, Allohga qasamki, 
bu shunaqa», deb aytsa-yu, lekin haqiqat u aytgandan o‘zgacha bo‘lib 
chiqsa, bu lag‘v (behuda) qasam, deyiladi. Ya’ni bir qasamki, «bu Zayd», 
desa, haqiqatda esa bu Amr bo‘lib chiqsa yoki «Allohga qasamki, mana 
bu tim qora», desa, haqiqatda esa u jigarrang bo‘lib chiqsa, ushbu qasam 
ichuvchining tiliga bu qasam kalimalari odat bo‘lib qolganligi e’tibori 
hamda boshqa maqsadni idora qilmaganligi e’tibori bilan, unga hech 
qanday jarima ham («Baqara» surasining 225-oyat), gunoh ham 
yozilmaydi», – deganlar. 
Musulmon huquqshunoslarining fikriga ko‘ra, qasam borasida 
qasddan aytgan ham, majburlangan holda qasam ichgan ham, esdan 
chiqqan holda qasam ichgan kishi ham barobardir. Ya’ni ushbu 
holatlarning barchasida ham kafforat vojib bo‘ladi. Faqihlar ushbu 
fikrlariga dalil sifatida Muhammad (s.a.v.)ning: «Uch narsaning hazili 


127
ham, jiddiysi ham jiddiy qabul qilinadi: taloq, nikoh, qasam», – degan 
ta’kidini keltirganlar. 
Qasam hisoblanadigan so‘zlar – Allohning ismlari, ya’ni Rahmon, 
Rahim hamda xalq orasida ma’lum bo‘lgan sifatlari («Allohning izzati 
bilan», deb) bilan aytilgan so‘zlardir. Bu iboralar xalq orasida odatda 
qasam ichishda qo‘llaniladigan so‘zlar bo‘lgani bois, qasam ichuvchilar 
uni aytish bilan o‘z so‘zining to‘g‘ri va e’tiborli ekanligini ta’kidlamoqchi 
bo‘ladi. Ammo «Allohning ilmi bilan», «Allohning g‘azabi yoki rahmati 
bilan», deb ichilgan qasam qasam o‘rniga o‘tmaydi. Chunki bunday 
iboralar bilan qasam ichish urf bo‘lmagan hamda gohida g‘azab deganda, 
uqubat, azob va rahmat deganda, yomg‘ir nazarda tutilishi tufaylidir. 
Qasam bobida e’tibor beriladigan asosiy shart – kimsaning qasam bo‘la 
oladigan so‘zlar bilan qasam ichishidir. Kimki Allohdan o‘zganing ismi 
bilan qasam ichsa, garchi nabiy yoxud Ka’ba nomi bilan qasam ichsa 
ham, qasami o‘timsiz va e’tiborsizdir. Chunki Muhammad (s.a.v.) bu 
haqda: «Kimki qasam ichmoqchi bo‘lsa, Allohning nomi ila qasam ichsin 
yoki hech qasam ichmasin»,– deganlar (imom Muslim). Qur’on nomi 
bilan qasam ichish ham shu kabidir, chunki Qur’on nomi bilan qasam 
ichish ham odat emas. Burhoniddin Marg‘inoniy: «Agar kimki 
payg‘ambarlar va Qur’on nomi bilan qasam», desa, bu qasamga o‘tmaydi, 
ammo «Men payg‘ambardan ham, Qur’ondan ham kechdim», desa, bu 
qasamga o‘tadi va sohibi kofir bo‘ladi», – deydi. 
Qasam lafzlari faqat insonlar iboralarida joriy bo‘lmay, balki Qur’on, 
sunna matnlarida ham mavjud. Ta’kidlash kerakki, qasam lafzlari arab tili 
grammatikasida yaxshiroq, tushunarliroq ifodalangan. Arab tilida 
qasamning ma’nosi harflar bilan ham ifodalanadi, ya’ni «vallohi»da, 
«vov» «billahi»da «bo», «tallahi»da «to» harflari Qur’oni karimda 
qasamni ifodalovchi harflar hisoblanadi va bu qoida keng xalq ommasiga 
tanish. Arablar ba’zida ushbu harflarni ochiq talaffuz qilmay, qasamni 
aytib qo‘yaveradilar. Masalan, «Allohga qasamki, men bu ishni 
qilmayman» deyiladi, ya’ni «Allohga qasamki», degan so‘zni ifodalovchi 
birgina «vov» harfi tushirib qoldirilgan holat bayon qilindi, bu yerda bu 
harflarni xazf qilish (qisqartirish) arablarning odatidir. 

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin