123
hisoblangan. Garov obyektiga yetkazilgan har
qanday zarar uni keltirgan
shaxsdan undirilgan. Garovga aloqador nizo yuzasidan murtahin quyidagi
hollarda guvohlarni keltirishi shart:
1) garovga qo‘yilgan ashyoning soni va miqdori borasida nizo
chiqqanda;
2) obyekt garov yoki vadi’a (ya’ni qarzi bo‘lmasa ham birovga
omonatga tashlab ketish) uchunligini tasdiqlash lozim bo‘lganda.
Qarzdor quyidagi hollarda guvohlarni keltirishi kerak:
1) murtahinni garov obyektiga shikast yetkazganlikda ayblasa;
2) murtahin: «Garov obyektini sotishga ruxsat bermagan edim», –
deb tongan holatda.
Garov quyidagi hollarda tugatiladi:
1) garov qarzdorning o‘z qarzini uzishi yoki murtahin qarzdorning
qarzidan kechib yuborishi bilan;
2) tomonlardan birining vafoti tufayli. Garovga beruvchi vafot etsa,
uning vorislari merosdan qarzni to‘lab, garov predmetini
qaytarib olishlari
shart. Garovga oluvchi vafot etganda, garov moli meros moliga qo‘shib
yuborilmay, balki qozi orqali hal qilinadi.
Musulmon huquqida
vadi’a (monat instituti) sababli majburiyatning
kelib chiqishi quyidagicha:
omonat qoldirish, omonat berish qadimdan xalqlar orasida o‘zaro
ishonchga asoslanib joriy bo‘lib kelgan odat hisoblangan. Omonat
huquqning turli manbalari asosida tartibga solingan. Islom dinida ham
omonat instituti Qur’oni karim oyatlari, payg‘ambar hadislari asosida va
mujtahid olimlarning qonun ijodkorligi faoliyati
natijasida muayyan
tartibga keltirilgan. Musulmon huquqiga ko‘ra,
vadi’a omonatning bir turi
bo‘lib
, biror shaxsning vaqtincha qoldirib ketgan mol-mulki, ashyosini
saqlab turish majburiyatidir.
Musulmon huquqining asosiy manbai bo‘lgan Qur’oni karimning
«Niso» surasi 57-oyatida, «Anfol» surasining 77-oyatida omonatni o‘z
egalariga topshirish majburiyati ta’kidlagan.
Ikkinchi manba bo‘lgan payg‘ambar hadislarida omonat to‘g‘risida
juda ko‘p ko‘rsatmalar mavjud. Abu Hurayra payg‘ambarning quyidagi
hadisini keltirgan: «
Sizga omonat topshirgan kishining omonatini to‘kis
Dostları ilə paylaş: