155
mamlakatlarda musulmon huquqi o‘z mavqeini saqlab qolib, an’anaviy
shaklda keng qo‘llanib kelgan deyish mumkin. Yuksak rivojlangan arab
mamlakatlarining huquqiy tizimlarida ba’zi cheklanishlar bilan ikki
asosiy andoza: roman-german (fransuz) – Misr, Suriya, Livan, Mag‘rib
mamlakatlarida, ingliz-sakson tizimi esa Iroq va Sudanda urf bo‘ldi.
Mazkur mamlakatlarda musulmon huquqi oila-nikoh, vorislik va
musulmonlar (ba’zan nomusulmonlar) o‘rtasidagi ba’zi boshqa
munosabatlar sohasida saqlanib qoldi. Umuman musulmon huquqiy
tizimining kuchsizlanishini Eron huquqiy tizimida ko‘rish mumkin.
Eronda XX asrning 20–30-yillarida tijorat, jinoyat, fuqarolik va fuqarolik-
protsessual kodekslarning qabul qilinishi bilan bog‘liq jiddiy islohotlar
natijasida musulmon huquqining ta’sir doirasi ancha qisqardi. Ja’fariy
mazhabining qonun-qoidalari esa faqat shaxsiy maqom va vaqflarning
huquqiy holatini aniqlash borasida o‘z mavqeini saqlamoqda.
Dostları ilə paylaş: